Mosh o‘simligini takroriy ekin sifatida yetishtirishning Mosh o‘simligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida qishloq xo‘jaligiga alohida to‘xtalib: “mamlakatimizda 2013 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000 yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘paydi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 foizga, jumladan, dehqonchilik – 6,4 foizga, chorvachilik – 7,4 foizga o‘sdi. Aytish kerakki, izchil yuqori o‘sish sur’atlari bilan birga, yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushining kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, 2000 yilda bu boradagi ko‘rsatkich 30,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda faqatgina 16,8 foizni tashkil etdi.