O’zbekiston Respublikasining Janubiy Koreya bilan iqtisodiy, madaniy aloqalarini o’rganish uslubi

Hozirda yurtimizda koreyalik hamkorlar bilan tashkil etilgan 360 qo’shma korxona faoliyat yuritmoqda, Janubiy Koreyaning 80 dan ziyod kompaniyasi yurtimizda o’z vakolatxonasini tashkil etdi. Ular asosan, savdo, to’qimachilik va yengil sanoat, tog’-kon metallurgiyasi, kimyo va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, sayyohlik, sog’liqni saqlash, transport xizmati ko’rsatish kabi sohalarda ish yuritadi.