O’zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti.

1993 – 1997 – yillrada BMTning Toshkentdagi vakolatxonasiga boshchilik qilgan Xolid Malikning faol ishtirokida O’zbekistonda ko’plab xalqaro tadbirlar o’tkazildi. Chunonchi, Toshkentdagi BMTning qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mitasi komissarining vakili tojik qochoqlarni yurtiga qaytarish, ularga BMTning insonparvarlik yordamini yetkazish bo’yicha katta tadbirlar amalga oshirildi. 1995 – yil 20 – yanvarda Toshkentada BMT vakolatxonasi bilan hamkorlikda seminar – kengash bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston tarqqiyotining strategik muommolari, o’zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo’llari muhokama etildi