O’zbekistonda 1917-1924-yillarda maktab va maorif

1917-yil to’ntarishidan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy ma’naviy-mafkuraviy va xalq maorifi soxalarida keskin o’zgarish yuz berdi. Bu davrda milliy ziyolilar faoliyati keng tus oldi, jumladan: jadidchi ziyolilar Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G’ozi yunus, Xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usul maktablarining keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko’rsatdilar