O’zgarmas tok bilan davolovchi galvanizatsiya va dori elektroforezi apparatlari

Odam organizmi to’qimalari murakkab tuzilishga ega bo’lib tokni yaxshi o’tkazmaydigan oqsil kolloidlari, tokni yaxshi o’tkazadigan kaliy, natriy, kaltsiy, magniyning anorganik tuzlaridan iborat. Bu to’qimalar suyuqlik bilan mo’l ta’minlanganligi sababli, to’qima suyuqligi ham organik va anogranik tuz eritmalaridan iborat. Uning umumiy konsentratsiyasi 0,89—0,90% li osh tuzi eritmasiga to’g’ri keladi. Odam organizmi turli qismlarining 37°C haroratda o’zgarmas tokni o’tkazuvchanligi quyidagi jadvalda ko’rsatilgan