Proektsion chizmachilik

1. Uch o‘lchamli shakllar yasash 1-rasmda ko‘rsatilgan detal­ning fazoviy ko‘rinishini chizish usulini keltiramiz. 1. Bunday detalni chizish uchun avval uning old ko‘rini­shini chizib olish kerak. Buning uchun – Спереди tugmasi yordamida chizish maydoni frontal tekis­lika o‘tkaziladi. 2. Detalning old ko‘rinishida ikki xil oddiy elementlar – 11 ta kesma va 1 ta yoydan tashkil topgan. Avval kesmalarni so‘ngra yoyni chizib olamiz. – отрезок tugmasi yordamida sichqoncha bi­lan ekranning ixtiyoriy joyida kesmaning birinchi nuqtasi (1) ko‘rsatiladi, vertikal yo‘nalish bo‘yicha pastga qarab sichqoncha yurgizilib klaviaturadan kesma uzunligi 30 raqamini yozib Enter bosiladi. Bu bilan sichqoncha (2) nuqtaga o‘tib oladi, ya’ni 1-2 nuqtalar orasidagi kesma chiziladi. Sichqoncha bilan chap­ga tomon yuriladi, gori­zontal yo‘nalish topilgach klaviaturadan kesma uzun­ligi 20 raqami kiritilib, Enter bosiladi (2-3 kesma chizi­ladi). So‘ngra sichqon­cha bilan pastga qarab ver­tikal yo‘nalish tanlanib kesma uzunligi 15 raqami kiritilib 3-4 nuqtalar orasidagi kesma chizib olinadi. Va hokazo ketma-ket sichqoncha yorda­mida kesma yo‘nalishi va klaviaturadan uning uzunligi kiritilib qolgan kesmalar ham chizib olinadi.

Kechirasiz, bu mumkin emas.