Tavakkalchilikni boshqarish

Tavakkalchilikni boshqarishdan maqsad-bu korxonani faqat bankrotlikdan saqlab qolish emas, balki qanday sharoitda bo’lsa ham foydani minimal darajadan past bo’lishiga yo’l qo’ymaslikdir ● Boshqarishdagi xato va yanglishishlar, bankrot bo’lishning asosiy sabablaridan bo’lib hisoblanadi. Buni xalqaro biznes tajribasi tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham menejer va tadbirkor tavakkalchilikni boshqarish samaradorligiga juda katta ahamiyat bermoqlari lozim.