Yorug’likning to’lqin tabiati

XVII asrning oxirida yorug’likning tabiati haqida ikkita o’zaro qarama-qarshi nazariya maydonga keldi: bulardan birinchisi, Npyuton yaratgan korpuskulyar nazariya va ikkinchisi, Gyuygensning to’lqin nazariyasidir. Yorug’likning korpuskulyar nazariyasiga binoan, yorug’lik juda katta tezlik bilan tarqaluvchi juda kichik moddiy zarrachalar (korpuskulalar) oqimidan iboratdir. Yorug’likning rang taosiri korpuskulalarning o’lchami bilan tushuntirilgan: eng yirik korpuskulalar qizil rangli nurni, eng maydalari esa binafsha rangli nurni hosil qiladi.