Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari.

Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari. 

Abdulla 1908 yilda kambag’allarning farzandlari uchun maktab ochadi. Uning o‘zi shu maktabda yangi ta’lim usullarini qo‘llagan holda ona tilidan dars beradi. Avloniyning Maktabgacha ta’lim vazirligisohasidagi faoliyati uning yozuvchi va shoir, iqtidorli yoshlar teatrining tarbiyachisi hamda sahnalashtiruvchi rejissyori sifatidagi faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. 

1916 yilda Rossiyada va Turkistonda milliy ozodlik harakatlari avj ola boshlaydi. A. Avloniy bunda harakat rahbarlaridan biri sifatida faol ishtirok etadi. 1917 yilning yozidan boshlab Avloniy «Turon» gazetasini chiqara boshlaydi. Ushbu gazeta sahifalarida Avloniyning xalq maktabini tashkil etish, o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash va darsliklar chop etish masalalariga bag’ishlangan ko‘plab maqolalari bosiladi. Ayniqsa, u o‘zbek qizlariga ta’lim-tarbiya berish va ular uchun maxsus maktablar tashkil etish muammosiga alohida e’tibor beradi. Ushbu yillarda Avloniy «Adabiyot» (I-IV-kitoblar), «Turkiy guliston», «Maktab gulistoni» kabi kitoblarini yozadi va chop etadi.

A.Avloniy dunyoqarashining shakllanishida ilg’or rus adabiyoti va madaniyati muhim rol o‘ynaydi. U A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, M.Gorkiyning ijodiy meroslariga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lgan va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosini yuqori baholagan. U muayyan muddat mobaynida Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining matbuot bo‘limini boshqargan, so‘ngra Maktabgacha ta’lim vazirligibo‘limlari ishini boshqarishga o‘tib, ko‘plab yangi maktablar qurilishiga rahbarlik qiladi, o‘qituvchilarni savodsizlikni bartaraf etish ishlariga jalb qiladi.

Avloniy pedagogika bilim yurti, O‘zbekiston O‘lka ma’rifat instituti, Toshkent harbiy bilim yurti, O‘rta Osiyo davlat universitetida ishlagan kezlari ham ma’rifat tarqatish ishiga butun kuch-g’ayratini sarfladi.

Tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, shogirdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o‘rgatmoqlari lozim. Bu ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir qilib, ular ilmli, odobli bo‘ladilar. Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo‘lib, amalsiz bo‘lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbek olimi, shoiri, professor, jamoat arbobi Abdulla Avloniy – o‘gitlaridan namunalar: «Hayo, nomus omonat dalildur, Hayosiz doimo xoru zalildir».Avloniyning  tarbiya berish haqidagi qarashlari 

«Ko‘paygan so‘zni bo‘lg’ay to‘g’risi oz, Shakarning ko‘pidan ozi bo‘lur soz».

«Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt ko‘rgan, qilgan va bilganlarining haqiqatini va to‘g’risini so‘zlaydilar»…

«G’azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir».

«Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo xalokat, Yo saodat – yo falokat masalasidir».

«Dars ila tarbiya faslida bir oz farq bo‘lsa ham, Ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi Biriga boylangan jon ila tan kabidur».

   «Turkiy guliston yoki axloq», «Maktab guliston» va boshqa asarlar muallifi.Avloniyning  tarbiya berish haqidagi qarashlari 

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

manba