Antropomterik asboblar.

Оглавление/Munadarija

Antropomterik asboblar.

Antropomterik asboblar.

Hozirgi vaqtda ommaviy ravishda antropometrik o’lchashlar o’tkazishda maxsus asbob va moslamalardan foydalaniladi. O’lchov belgilarini to’g’ri aniqlash uchun antropometrik nuqta-larga belgi qo’yib chiqiladi va o’lchov olinadi.

Antropometrik asboblar — o’lchov belgilarini olishda ishlatiladigan maxsus asboblar bo’lib, ulardan:

bo’y o’lchagich — uzunlik o’lchovlarini oladi, turgan, o’tir-gan, yotgan

(emiziklik yoshda) bo’ylarni o’lchaydi; antropometr — bo’ylama va kenglik o’lchovlarini olishda ish-latiladi; antropometrik nuqtalarning yerdan balandligini o’lchash uchun Martin

sistemasidagi metall portativ antropometrlar ishlatiladi.

R.B.Martin (1840—1925) — shvetsariyalik antropolog, antropometrik o’lchov asboblarining bir qator turlarini yaratgan.

Metall portativ antropometr (42-rasm) uzunligi 2 metr boigan, bir tomoni yassi qilingan, ko’ndalang kesimi doirasimon Aylanalarni, yoysimon, ko’ndalang hamda bo’ylama o’lchovlarini olish uchun santimetrli tasma qo’llaniladi. To’g’ri diametrlar katta yo’g’on sirkul yordamida o’lchanadi.

Umurtqa pog’onasining egriligini va bel chuqurligini ifodalaydigan proyeksion o’lchovlar shtangensirkul yordamida o’lchanadi.

O`lchash tartibi.

Tаnа o`lchоv hаrаktеristikаsi. O`lchоvlаrni оlish uslubi

Аyollаrning o`lchоvini pоyаfzаlsiz,trusi vа ko`krаk pеchdа оlinаdi.O`lchоv оlish vаqtidа gаvdа muаyyan vаziyatni egаllаshi,ya`ni kishi erkin,tug`ri turishi хаmdа qоmаti оdаtdаgi vаziyatni egаllаshi оdаtdаgi хоlаtidа sаklаshi lоzim:

Qo`llаr pаstgа tushirilgаn,tоvоnlаr juftlаgаn,оyoqlаrning uchini оrаligi 15-20 sm.Nuqtаlаrning bаlаndlik o`lchоvini оlish vаqtidа bоsh shundаy хоlаtni egаllаsh kеrаkki,o`ng ko`zini pаstki burchаgi bilаn qo`lоk kеsmаsi gоrizоntаldаn chеtgа chikmаsligi lоzim.

Nuqtаlаrning bаlаndligi mаrtin sistеmаsidаgi iхchаm mеtаl аntrоpоmеtr bilаn o`lchаnаdi.Аylаnаlаrni,yoysimоn,kundаlаng хаmdа bo`ylаmа o`lchоvlаrini оlish uchun sаntimеtrli tаsmа qo`llаnilаdi.Tug`ri diаmеtrli kаttа yo`g`оnligi tsirqo`li yordаmidа o`lchаnаdi.Umurtqа pоgоnаsining egriligini vа bеl chizig`inichuqurligini hаrаktеrlаydigаn prоеktsiya o`lchоvlаri shtаngеntsirqo`l yordаmidа o`lchаnаdi.Jussа o`lchоvlаri qo`yidаgi bоsh hаrflаr bilаn bеlgilаnаdi:

B-bаlаndliklаr

U-o`zunliklаr,mаsоfаlаr

А-аylаnаlаr

B-bo`y

S-yarim аylаnа

K-kеngliklаr

M-mаrkаz nuqtаlаri оrаsidаgi mаsоfа

D-diаmеtrlаr.

O’lchashlar dasturi

 

Har bir tekshiruv o’lchashlar dasturi bo’yicha o’tkaziladi. Dasturga qo’yilgan masalani yechishda zarur bo’lgan belgilar kirgiziladi. Masalan: gavdaning umumiy o’lchamlarini o’rganish uchun uzunlik, ko’krak aylanasi va vaznni o’lchash kifoya qiladi, yana ham to’laroq ma’lumot olish uchun esa dasturga gavdaning alohida qismlari oichovi kirgiziladi. Masalan, mushaklarning rivojlanganligi, yog’ qatlamining mutanosibligi va h.k.

Jismoniy rivojlanishni to’laroq tasvirlash uchun dasturga tananing alohida segmentlari, qator morfologik xususiyatlarni ta’riflovchi belgilar (mushak tizimining rivojlanganligi, yog’ qatlamlari va hokazolar) o’lchovlari kiritiladi.

Gavdaning mutanosibligini aniqlash uchun gavda uzunligini, qo’1-oyoqlar, tana uzunliklari, yelka va chanoqning ko’ndalang diametrlarini bilish zarur, ya’ni bu dasturni amalga oshirish uchun quyidagi antropometrik nuqtalarning balandligini o’lchash zurur bo’ladi: cho’qqi nuqtasi, to’sh suyagi yuqori nuqtasi, qirra nuq-tasi, yonbosh suyagi nuqtasi, yelka akromial va barmoq uchi nuqtalari.

Amaliy ishlarni bajarishda ko’pincha oyoq uzunligi yonbosh suyagi balandligidan polgacha bo’lgan masofa bilan aniqlanadi.

Klassik antropometriyada tana uzunligi ko’krak yuqori nuqtasi va yonbosh suyagi nuqtasi balandliklarining ayirmasi bilan aniqlanadi. Qo’l uzunligi oichangan yelka akromial nuqtasi va barmoq uchi nuqtalarining ayirmasi bilan aniqlanadi. Amaliy antropologiyada qo’l uzunligini santimetrli lenta yordamida o’lchash qabul qilingan.

Yelkaning ko’ndalang diametrini aniqlash uchun ikkala yelka akromial nuqtalari orasidagi masofa o’lchanadi. Chanoq diametrini aniqlash uchun esa chanoq ikkala nuqtalarining orasi o’lchanadi. Yanada murakkabroq dastur bo’yicha o’lchovlarga, qo’l va oyoqlarning uchala segmentlari uzunligi ham kiritilgan.

Son uzunligini aniqlash uchun oyoq uzunligi va yuqori boldir nuqtasi balandliklarining farqini topish kerak bo’ladi, boldir uzunligini aniqlash uchun esa yuqori boldir nuqtasi va boldirning pastki nuqtalari orasidagi ayirma topiladi. Tikuvchilik sanoatida amaliy ishlarni bajarishda boldirning pastki nuqtasi balandligi oichanmaydi. Bu holda boldir uzunligi yuqori nuqtasi balandligi bilan aniqlanadi.

Qo’l segmentlari (yelka, bilak, panja) o’lchamlari nuqtalarning yerdan balandligi bilan yoki qo’l segmentlarini bevosita (antropometrning yuqori shtangasi yordamida) o’lchash yordamida aniqlanadi. Bunda ikkinchi usul nisbatan aniqroq hisoblanadi.

Aylana o’lchovlardan, oddiyroq dasturlar bo’yicha, tana aylanalari o’lchanadi, murakkabroq dastur bo’yicha esa qo’shimcha ravishda qo’l va oyoq aylanalari ham o’lchanadi.

Gavda tuzilishi turlarini o’rganish uchun o’lchov dasturlariga gavdaning total o’lchamlari miqdorini aniqlovchi (chiziqli va yoyli) belgilar, mutanosibliklarni aniqlovchi belgilar va gavda tuzilish turlarini tavsiflovchi ta’rifiy belgilar kiritiladi.          Qad-qomatni o’rganish uchun o’lchov dasturlariga gavdaning total o’lchamlarini aniqlovchi belgilar bilan bir qatorda umurtqa pog’onasining egiklik darajasini va miqdorini bildiruvchi belgilar ham kiritiladi.

Aholining o’lcham tipologiyasini tuzishda asos qilib olinadi-gan katta yoshdagi odamlarni o’lchash dasturi — kompleks o’lchash dasturi hisoblanadi. Bu dasturga gavdaning total belgilarini aniqlovchi belgilar, gavda mutanosibliklarini bildiruvchi belgilar, aylana o’lchovlarning katta qismi va gavda yuzasi bo’yicha olinadigan bir qator maxsus belgilar kiritilgan. Masalan, qo’l uzunligi, bel chizig’idan yergacha bo’lgan masofalar, ko’krak balandligi, belgacha bo’lgan uzunliklar va boshqalar.

Agar gavdaning total o’lchamlari qomatlarning aholi orasida uchraydigan turlarini ajratishga xizmat qilsa, qolgan hamma o’lchovlar bu turlarning morfologik xarakteristikalarini to’ldiradi. Bu xarakteristikalar kiyim loyihalashda zarurdir.

O’lchov olish ma’lumotlari asosida turli qomatlarning o’lchamlari va shakllarini grafik ravishda tasvirlash mumkin. Buning uchun o’lchash dasturlariga qad-qomatni aniqlashda zarur bo’lgan barcha aylana o’lchovlari darajasidagi ko’ndalang va old-orqa diametrlar, proyeksion kenglik belgilari, chuqurliklar hisob-ga olinadi.

Bolalar o’lcham tipologiyasini tuzishda birmuncha qisqartirilgan sonli o’lchov belgilari ishlatiladi. O’lchash texnikasi qisqartirilgan dastur bir yoshgacha bo’lgan bolalarni o’rganishda qo’llaniladi. Masalan, tana uzunligi bolani millimetrlarga bo’lingan shkalali gorizontal taxtaga yotqizgan holda o’lchanadi, ularni o’lchashda maxsus sirkullardan foydalaniladi, ko’pgina o’lchovlar antropometr bilan etnas, balki santimetrli lenta bilan o’lchanadi.

Ba’zi bir maxsus va ishlab chiqarish kiyimlarini tayyorlash uchun ayritn o’lchovlarni turli holatlarda (masalan, qo’l ko’tarilganda, yon tomonlarga uzatilganda, o’tirilganda, gavdani oldinga egilganda va hokazo) o’lchanadi. Shu maqsadda maxsus o’lchash dasturi ishlab chiqilgan. Bu dasturga kiritilgan belgilar tananing statik hamda dinamik holatlarida o’lchanadi. Gavdaning statik holatidagi belgilarni o’lchash uchun o’lchanayotgan odam tanasida barcha boshlang’ich nuqtalar belgilanadi. Statika va dinamikadagi o’lchovlar bir xil boshlang’ich nuqtalar orasida o’lchanadi. Har qanday o’lchov dasturidagi har bir belgi o’z raqamiga ega. Ba’zi belgilarning raqamlanishi, ularni o’lchash tex-nikasi kabi barcha dasturlarda o’zgarmas bo’ladi.

Har bir odamni o’lchashdan olingan ma’lumotlar blankka qayd etiladi.

Belgilarning raqamlari o’lchash dasturidagi belgilarning raqamlariga mos keladi. O’lchov ma’lumotlaridan tashqari blank-da ba’zi bir anketa ma’lumotlari: o’lchanayotgan odamning jinsi, tug’ilgan yili (bolalarda tug’ilgan kuni ham), tug’ilgan joyi, mil-lati, kasbi va boshqalar qayd etiladi. Ma’lumot to’plash jarayonida anketalashtirishning mufassalligi, guruhlar bo’yicha odamlarning yoshi, kasbi, ijtimoiy va milliy mansubligi haqida to’liq tasawur hosil qilish zarur bo’ladi.            Kattalarning o’lcham tipologiyasini tuzishda oichamlarning kompleks dasturi ishlatiladi (17916-72, 17917-72, 17916-86, 17917-86 DTS lar). Bularga total o’lchamlar, proporsiyalar, ay-lana o’lchamlari va maxsus belgilar bo’yicha olingan o’lchamlar kiradi (poldan yongacha balandlik, ko’krak chizig’imng balandli-gi, qo’l uzunligi va h. k.).

Bolalarning o’lcham tipologiyasini tuzishda qisqartirilgan sonli o’lchov dasturi ishlatiladi (17916-72, 17917-72 DTS lar). Qisqartirilgan dastur bir yoshgacha bo’lgan bolalarni tekshirishda ham ishlatiladi.

 

O’lchov olish uchun antropometrik blank namunasi

Mamlakat Jinsi                        Sana  
I   Familiyasi  
II   Tug’ilgan yili  
III   Yoshi  
IV   Yosh guruhi  
V   Turar joyi:   A — shahar B — qishloq
VI   Millati:   Otasi Onasi
VII   Mutaxassisligi:   Otasining Onasining
VIII   Oilada farzandlar soni  
  13       1    
  14       2    
  15       3    
  16       4    
  17       5    
  18       6    
  19       7    
  20       8    
  21       9    
  22       10    
  23       11    
  24       12    

Ba’zi kiyimlarni tayyorlashda turli harakatlarda oicham belgilarining o’zgarishini bilish zarur. Bu dasturga kiritilgan belgilar statikada va dinamikada o’lchanadi.

Yoshiga qarab o’lcham belgilarini o’zgartirish. Oxirgi yillar davomida akseleratsiya jarayoni kuzatilmoqdaki, bu aholining turli guruhlari gavdalari o’rtacha o’lchamlarining doimiy ravish-da o’zgarib turishiga olib kelmoqda. Ilmiy tekshirish ishlari natijasiga ko’ra, ayollarning o’rtacha bo’y uzunligi 1967-yildan 1975-yilgacha 1 smga, ko’krak aylanasi 2,5 smga, bo’ksa ayla-nasi 1,5 smga ortgan, bel aylanasi esa 1,5 sm ga kamaygan.

O’lchov belgilarining yoshga qarab o’zgarishi aylana o’lchovlarining (bel, ko’krak, bo’ksa, yelka, bo’yin) ortishi, yog’ qat-lamlarining qalinlashishi, tana vaznining ko’payishi, uzunlik o’lchovlarining (tana uzunligi va yelka diametrining kamayi-shida) kuzatiladi.

Yosh o’tishi bilan aylana o’lchovlari orasida eng ko’p miqdordagi o’zgarish bel aylanasiga (14—19,5 sm), eng kam miqdordagi o’zgarishlar qoi-oyoqlarning aylanalariga to’g’ri keladi (son aylanasi 1,5—5 smga, yelka aylanasi 3—5 smga ko’payadi).

Aholining yosh bo’yicha turli guruhlari gavda tuzilishining xususiyatlari nafaqat yosh o’tishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarga, balki turmush tarzining, hayot shart-sharoitlarining doimiy ravishda o’zgarib turishiga ham bog’liq bo’ladi.            Ayollar gavdasi o’lchamlaridan bo’yi, ko’krak yarim aylanasi va to’laligining o’zgarishi natijasida ayollar gavdasi o’lchovlariga ko’pgina o’zgartirishlar kiritilgan.             Turli bo’y o’lchovlari orasida o’zgarishlar ayollar tipik gav-dasining bir nomli o’lchov belgilari uchun to’lalik guruhidan qat’iy nazar bir xil boiadi (masalan, orqa kengligi — Shs bo’yi o’zgarishi bilan o’zgarmaydi, ko’krak kengligi — Shg ning o’zgarishi esa 0,2 sm ni tashkil qiladi).

Gavda uzunligining ortishi bilan barcha uzunlik o’lchovlari belgilari ortadi: uzunliklar, masofalar, yoylar, balandliklar; yetakchi o’lcham belgisi — bo’y uzunligi esa maksimal o’zga-rishga (6 sm) ega bo’ladi.

Balandlik o’lchovlaridan Bbvn (5,3 sm) va Bsn (5,1 sm) o’lchov belgilarining ortishi uzun bo’yli gavdalar uchun kiyim loyihalashda yelka qiyaligi burchagi va yon tomon balansining ham ortishiga olib keladi.

Gavda uzunligining ortishi bilan Uorbd va Uolbd o’lchovlari orasidagi farq bilan aniqlangan konstruksiyaning old-orqa balan-si miqdori ham 0,1 sm ga kamayadi.

Ko’krak balandligi V (0,1 sm) va bo’yin nuqtasidan bo’yin aylanasi bo’ylab bo’yin asosi nuqtasigacha bo’lgan masofa Ubnbl (0,1 sm) o’lchov belgilarining bir xil miqdorda ko’payishi bilan ko’krak uchlari nuqtalarining bo’yin asosiga nisbatan joylashishi o’zgarmaydi. Ko’krak aylanalari O „ (0 sm) va O T (0,2 sm) orasidagi farq bilan aniqlanadigan ko’krak burmasi miqdori, shuningdek, ko’krak burmasi joyini belgilovchi ko’krak balandligi V   (0,1 sm) va B„n ,   (0,3 sm) o’lchov belgilarining bo’y uzunligini ortishi bilan kamayadi. Bo’y o’zgarishi bilan gavdaning qad-qomatini aniqlovchi o’lchov belgilari ham o’zgaradi.

Bo’yin asosi nuqtasi balandligi Vsht va yelka nuqtasi balandligi V t o’lchov belgilari orasidagi farq bilan aniqlanadigan yelka qiyaligi balandligi Byq 0,4 sm ga ko’payadi.

Korpus holati — Kh va bel chuqurligi Gt, o’lchov belgilari ko’payishi bilan (ZKhq0,l sm, ZGtlq0,l sm) umurtqa po-g’onasi egikligi ham ortadi. Shu bilan birga dumba nuqtalarining bo’rtib turish darajasi (ko’krak nuqtalariga urinma bo’lgan vertikal tekislikka nisbatan) kamayadi.

Bir o’lchamdagi va bir to’lalik guruhidagi turli gavda tuzili-shiga ega bo’lgan ayollar gavdalari uchun bir nomli o’lchov belgilarining o’zgarishi ham bir xil bo’ladi, ya’ni 84—104 o’l-chamlariga ega bo’lgan gavdalarning hamma to’lalik guruhlarida o’lchamlar bir xil miqdorda o’zgaradi.

Gavda o’lchami kattalashishi bilan barcha aylana o’lchovlar ham kattalashadi, ayniqsa, ko’krak bezlari nuqtalari bo’rtib tu-rishlik darajasi va shunga mos ravishda ko’krak burmasi miqdori ko’payadi, chunki O , ning miqdori 84-104 o’lchamlar orasida 1,5 smdan boshlab ko’payishi mumkin va 108-120 hamda 124136 o’lchamlar orasida 1,4 sm gacha ko’payadi, natijada ko’krak aylanasi (II) — Og[[ ning 2 sm ga doimiy ko’payib borishi bilan OgH va Og[ orasidagi farq ham ortib boradi, lekin ko’krak burmasi joyini aniqlovchi belgilar — ko’krak balandligi Bk va

B en.o’. o’lchov belgilarining o’lchamlar orasidagi farqlari o’zgarmay qolaveradi. 108-120 va 124-136 o’lcham guruhlarida bel aylanasi B,a va bo’ksa aylanasi Bka o’lchov belgilarining o’lchamlar orasidagi farqi sezilarli darajada ko’payib boradi. Bu katta o’lcham va to’la gavdalarda bel va bo’ksa qismida yog’ qat-lamlarining ortishi natijasida sodir bo’ladi.

Ko’krak bezlarining kattalashishi, old va orqada qo’ltiq atrofida yog’ qatlamlarining ko’payishi natijasida ko’krak nuqtalari bo’rtib turishi darajasining va qo’ltiq nuqtalarining pasayishiga olib keladi.

Orqa tomonning yuqori qismida yog’ qatlamlarining ko’payishi Uorbl o’lchovining o’lchamlari orasidagi farqi ortishiga olib keladi (84-104 o’lchamlarda 0,2 sm ga va 100-120 va 124-136 o’lcham guruhlarida 0,3 sm gacha).

Qo’lning tirsakkacha bo’lgan uzunligi Uq(ir va bilakkacha bo’lgan uzunlik Uqba o’lchov belgilarida o’lchamlar orasidagi farq kamayishi qo’lni kalta bo’lib ko’rinishiga olib keladi, natijada kostum proporsiyalari ham o’zgaradi. Bundan tashqari, katta o’lchamli gavdalarda yog’ qatlamlari ko’pligi hisobiga yelka aylanasining ortishi qo’lning gavdaga nisbatan qiyalik burchagining kattalashishiga olib keladi va buni kiyim yengini loyihalashda e’tiborga olish kerak.

Gavdaning to’lalik darajasi ortishi bilan barcha aylana o’lchov belgilari (Bna, OgI, OgII, B,a, Bka, Y,a, Ba) va kenglik o’lchov belgilari (Kk, OJc) ham ortib boradi, lekin uzunliklar, masofalar, yoylar sezilarli darajada o’zgarmaydi.

Shuningdek, balandlik o’lchovlari B, Bban, Bbnn Uqtir (qo’lning tirsakkachauzunligi), Uqb|k (qo’lning bilakkacha uzunligi) va yelka kam parametrlari V,p (yelka kengligi), dp (yelka diametri), db (bo’; ko’ndalang diametri) o’lchovlari o’zgarmaydi. Gavda to’laligi ortishi bilan oldinda bo’yin asosidan belgac oraliq — Uo]bel va orqada bo’yin asosidan belgacha oraliq U, balansi 84-104 o’lchamlar guruhida 0,2 smga va 10or.bel 120 o’lchamlar guruhida 0,1 sm ga kamayadi.

Tahlillar shuni ko’rsatadiki, gavdaning to’laligi ortgani bi] ko’krak burmasi miqdori o’zgarmaydi, shuningdek, yei balandligi ham toialikka bog’liq emas. To’lalik ortishi bilan KF korpus holati kamayadi, dumba nuqtalarining kurak nuqtalar vertikal o’tkazilgan urinmaga nisbatan bo’rtib turishi sezilarli darajada (0,7 sm ga) ortadi.

Bundan tashqari, o’lcham belgilarining to’lalik miqdori orasidagi farqlarni solishtirish natijasi shuni ko’rsatadiki, 10! 120 o’lcham guruhlari orasida bu farqlar miqdori 88-1 o’lcham guruhlarinikidan kam. Shunday qilib, gavda o’lcha ortib borishi bilan to’lalik darajasi o’lchov belgilarining ortishi kamroq ta’sir qilar ekan.

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba