Munadarija
Arxeologiya fani va uning vazifalari.
Kishilik jamiyatining vujudga kelish jarayoni uzoq o‘tmishga borib taqaladi. O‘z navbatida o‘tmishni o‘rganish har bir davrning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Arxeologiya fani ham tarixning tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy fanlar orasida alohida o‘rin tutadi.
“Arxeologiya”- “arxayos”-qadimgi, “logos”-fan so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, qadimiyat haqidagi fandir. Uni dastlab miloddan avvalgi IV asrda Aflotun o‘zining “Gippiy” dialogida, qadimgi zamon haqidagi fanni nazarda tutib ishlatgan. Shu tariqa bu so‘z qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan va o‘tmish masalalari muxokamasi ma’nosini anglatgan. Vaqt o‘tgach uning ma’no doirasi ancha o‘zgarib, kengayib borgan va tarix fanining muxim tarmoqlaridan biriga aylangan.
Arxeologiya—tarixiy, moddiy manbalar asosida insoniyatning o‘tmishini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. M.E.Masson unga quyidagicha ta’rif bergan: arxeologiya tarixning bir sohasi bo‘lib, kishilik jamiyati o‘tmishi va faoliyatini xilma-xil izlarga, aksariyat hollarda moddiy yodgorliklariga, yozma manbalarga, til, etnografiya, geologiya, antropologiya, zoologiya va boshqa fanlarning yutuqlariga tayanib, o‘rganuvchi fandir. Tarix va arxeologiya birbiri bilan chambarchas bog’liq bo‘lib, bir birini to‘ldiradi. Ular aslida bitta fanning 2 sohasidir. Tarixning asosiy manbai – yozuv va uning manbalari bo‘lsa, arxeologiyaning manbalari unga nisbatan qadimiydir. Uning ilk davri 2.5-3 million yilga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati tarixini 24 soat deb faraz qilsak, uning 23 soat-u 56 minuti yozma manbalarsiz davrga, 4 minuti yozma tarixga to‘g’ri keladi. Demak kishilik jamiyatining juda katta davrini o‘rganish arxeologik manbalarga tayanib olib boriladi. Yerning paydo bo‘lishi 4,5 milliard yil oldin, yerda hayotning ilk namunalari 3,8 milliard yil oldin paydo bo‘la boshlangan.
Yerning paydo bo‘lishi 4,5 milliard yil oldin, yerda hayotning ilk namunalari 3,8 milliard yil oldin paydo bo‘la boshlangan. Thatthe earth appeared about 4.5 billion years ago, and that theearliest life forms began to exist about 3.8 billion years ago.
Eng qadimgi davr ajdodlarimiz hayotida eng uzoq davom etgan davr sanaladi. U bundan taxminan 2–2,5 million yil oldin boshlanib, to ilk davlatlar paydo bo‘lgunga qadar, ya’ni miloddan avvalgi 6-5 asrlargacha davom etgan.
Ilk ajdodlarimiz dastlab tabiatda mavjud imkoniyatlardan foydalanib hayot kechirganlar. O‘rmon va tog’larda mevalarni terib yeb, hayvon ovlab, vodiylarda daryo, boylarida yashab kun ko‘rganlar. Keyinchalik tabiatda o‘zgarishlar boshlanishi, ularning hayot tarzlarini o‘zgartirishga olib kelgan. Hayvon terisidan kiyim kiyganlar, g’orlardan issiq boshpana qilganlar, toshdan nayza yasab, to‘da bo‘lib yirik hayvonlarni ovlay boshlaganlar. Vaqt o‘tishi bilan xo‘jalik va ov uchun turli qurollar, zeb—ziynatlar yasay boshlaganlar. Tabiatdagi ko‘pgina voqea va hodisalarni tuchuna olmay, ularga butunlay qaram ajdodlarimiz orasida diniy tuchunchalar paydo bo‘la boshlagan. Muzlik chekinib kunlar isiy boshlagach, ajdodlarimizning hayot tarzi yana o‘zgargan. Endilikda sovuq iqlimda yashaydigan hayvonlar yo‘qolib, issiq iqlimga moslashgan hayvonlar paydo bo‘lgan. Ularni insonlar to‘da bo‘lib emas, o‘q – yoy yordami orqaligina qo‘lga tushira olganlar. Vaqt o‘tgan sayin insoniyat dehqonchilik va chorvachilikni kashf etib, tabiatga qaramlikdan ozod bo‘ladi. U endilikda o‘zi yashash uchun zarur bo‘lgan ekinni eka oladigan va chorva boqadigan bo‘ladi. Bu insoniyat tarixida eng buyuk voqea bo‘lib, ko‘pchilik olimlar bu hodisani
inqilobga tenglaydilar. Chorvachilik, dehqonchilik ketidan kulolchilik, to‘quvchilik, tikuvchilik kabi hunarmandchilik tarmoqlari vujudga keladi. Endilikda bu kasblarning alohida shug’ullanuvchi kishilari paydo bo‘ladi. Dehqon hunarmand yoki chorvador bilan o‘zi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni ayirboshlay boshlaydi. Vaqt o‘tgan sayin ba’zi bir odamlar qo‘lida boyliklar to‘planib, mulkiy tabaqalanish jarayoni boshlanadi, bu esa davlatlarning vujudga kelishiga olib keladi.Arxeologiya fani va uning vazifalari
Ko‘rib turibmizki, insoniyatning shakllanishi murakkab jarayon bo‘lib, uzoq davrni o‘zida qamragani uchun ham uni o‘rganishni osonlashtirish uslublarini topish juda muhimdir. Tarix fanida har bir davrning jadval tarzida berilishi shu masalani yechishda yordam beradi, ikkinchi tomondan oldin belgilangan sanalarda bo‘lgan o‘zgarishlarni tez anglashda, boshqa xalqlar hayoti bilan taqqoslab baho berishda, ayniqsa bir xil tarixiy voqealarni turlicha talqin qilinishining oldi olingan bo‘lardi.
O‘zbekiston arxeologiyasida keyingi davrlarda tarixni davrlashtirish masalasiga oydinlik kiritildi. Bunda O‘.I. Islomov va K.A. Kraxmallarning ilmiy tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Ular O‘rta Osiyo hududining geotektonik va geomagnit hodisalarini hisobga olib, paleolit davri yodgorliklari yoshini 500-600 ming yilga qadimiylashtirdilar. Shuningdek, keyingi davrlarda qilingan tadqiqotlar, ya’ni olduvay davriga oid manzilgohlarning ko‘plab topilishi paleolit davrini Shellgacha, shell, ashel davrlariga ajratmay, olduvay va ashell davrlariga bo‘lish maqsadga muvofiq deb topildi, chunki shell va ashel davri mexnat qurollarining ishlanish texnikasi bir xil bo‘lib, ular faqat vazn jihatdangina farq qilar edi. Olduvay davri makonlaridan ko‘plab qum toshlardan yasalgan qurollarning topilishi esa, uni davr sifatida ajratishga imkon tug’dirdi.
Eng qadimgi davr tarixini davrlashtirish masalalari bilan arxeolog olimlar ko‘proq shug’ullanishadi. Ular insonlar turmush tarzining o‘zgarishiga olib kelgan voqealar asosida insoniyat taraqqiyotini turli bosqichlarga bo‘ladilar va tarixiy taraqqiyotning asosiy xususiyatlarini ko‘rsatib beradilar. Eng qadimgi davr insonlar tomonidan yaratilgan mehnat qurollaridagi o‘zgarishlar asosida davrlarga bo‘lingan. Arxeologiya fani va uning vazifalari
Eng qadimgi davr tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: “ibtidoiy to‘da” va “urug’chilik jamoasi davri”ga bo‘lingan. O‘z navbatida urug’chilik jamoasi matriarxat (ona urug’i hukmronligi davri) va patriarxat (ota urug’i hukmronligi davri)davrlariga bo‘linadi. Mazkur yirik tarixiy bosqichlar arxeologik jihatdan mehnat qurollari tarkibiga qarab – paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va temir davrlariga bo‘linadi. O‘z navbatida bu davrlar ham rivojlanishi jihatidan bir necha bosqichlarga bo‘linadi.
Tarixda eng qadimgi davr tarixiy va arxeologik jihatdan davrlarga ajratilib o‘rganiladi. Tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: “ibtidoiy to‘da” va “urug’chilik jamoasi davri”ga bo‘lingan. O‘z navbatida urug’chilik jamoasi matriarxat (ona urug’i hukmronligi davri) va patriarxat (ota urug’i hukmronligi davri)davrlariga bo‘linadi. Mazkur yirik tarixiy bosqich arxeologik jihatdan mehnat qurollari tarkibiga qarab – paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va temir davrlariga bo‘linadi.
Qadimgi davr miloddan oldingi VI asrdan milodiy IV asrgacha bo‘lgan davrni tashkil qilib, 2 bosqichga bo‘linadi; 1– arxaik davr bo‘lib, u miloddan oldingi VI–IV asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqich axamoniylar hukmronligi bilan bog’liq. 2–antik davr deb atalib, miloddan oldingi IV asrdan to milodiy IV asrgacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi. Bu bosqich yunon–makedoniyaliklar xukmronligidan boshlanib to kushonlar saltanati inqrozigacha davom qiladi.
O‘rta asrlar ham o‘z rivojlanishi jihatidan 3 ta bosqichga bo‘linadi. 1–bosqich ilk o‘rta asrlar davri bo‘lib u milodiy Y–IX asrgachalarni tashkil qiladi, bu davr ijtimoiy taraqqiyotda yangi yer egaligining tashkil topishi, ya’ni eftalitlar xumronligidan boshlanib, turk hoqonligi inqrozigacha davom qiladi. 2–bosqich rivojlangan o‘rta asrlar davri bo‘lib, milodiy IX– XYI asrlarni tashkil qilib, u arablar istilosi davridan to O‘zbekiston xududida xonliklar tashkil topgan davrgacha davom qiladi. 3–bosqich so‘nggi o‘rta asrlar davri bo‘lib, u milodiy XYI– XIX asrlarni tashkil qiladi. U O‘zbekiston xududida xonliklar tashkil topgan davrdan to Rossiya xumronligi davrlarini o‘z ichiga oladi.Arxeologiya fani va uning vazifalari
Arxeologiya fani vazifalari. Qadimiy yodgorliklar o‘zbek xalqi ma’naviyati, qadriyatlari tarixidan darak beruvchi ashyoviy dalillar hisoblanadi. Shu o‘rinda ajdodlarimizning tarixini arxeologik yodgorliklar misolida targ’ib etish va uning tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatish juda muhimdir. Shu bilan birga, mamlakatimiz xududida joylashgan arxeologik yodgorliklar va ulardagi topilmalar yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda, ularning qalbida ko‘hna tarix va madaniyatga hurmat–ehtirom ruhini uyg’otishda katta ahamiyatga egadir. Arxeologik yodgorliklar O‘zbekiston madaniy hayotini o‘zida aks ettiruvchi juda muxim omil hisoblanadi.
Bugungi kunda arxeologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan biri ajdodlarimizning yo‘qolib borayotgan izlarini izlab topish, moddiy ashyolar va tarixiy yodgorliklar yoshini aniqlash, taxlil qilish va ilmiy sistemalashtirish asosida haqqoniy tariximizni tiklash, uning ochilmagan sahifalarini o‘rganib, tarixdagi oq dog’larni yo‘qotishdir.
Sobiq sho‘rolar tuzumi davrida arxeologik yodgorliklarni o‘rganish ish keng yo‘lga qoyilgan bo‘lsada, keyinchalik ularni saqlash va ta’mirlash ishlariga e’tibor kam bo‘lgan. O‘zFA Arxeologiya institutining ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamiz hududida 1960 yilgacha 30 mingtaga yaqin arxeologik yodgorliklar bo‘lgan. Ularning buzilishi va yemirilishi, ekin maydonlariga qo‘shilib ketishi oqibatida 80—yillarga kelib, ularning soni 9 mingtaga tushib qolgan va 90 – yillarning o‘rtalariga kelib, bu obidalarning soni boryo‘g’i 5391 tani tashkil etgan.
Keyingi yillarda tarixiy va arxeologik yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash boyicha anchagina ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda albatta o‘zbek arxeologlarining chet ellik hamkasabalari bilan birgalikda olib boryotgan ishlari ahamiyatga molikdir.
O‘zbekistonda arxeologiyaning fan sifatida shakllanishi uzoq tarixiy jarayonni o‘zida qamraydi. O‘zbek millati qadimiy tarixga ega bo‘lsada, uning eng qadimgi davr tarixini o‘rganish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan va bugungi kungacha bu sohada ilmiy izlanishlar davom qilib kelmoqda. O‘zbekistonning o‘rta asrlar tarixi esa, yozma manbalarda saqlanib qolgan bo‘lsada, uzoq davrlargacha mavjud qadimiy qal’alar tarixi faqat odamlar orasidagi rivoyatlarda saqlanib qolgan edi. Ularni saqlash va ilmiy jihatdan o‘rganish esa XIX asr oxirlarigacha odamlarning e’tiborida emas edi. Sovetlar humronligi davrida o‘tmish tarixiga e’tibor kuchayib, ularni ilmiy jihatdan o‘rganish boshlangan bo‘lsada, O‘zbekiston miqyosida tarixiy yodgorliklarning nihoyatda ko‘pligi olimlarga chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishga imkon bermagan. Ular yodgorliklar to‘g’risida deyarli umumiy bo‘lgan ma’mumotlarningina to‘plashgan. Misol tariqasida Selungir, Teshiktosh, Ko‘lbuloq makonlarida olib borilgan tadqiqotlarni keltirish mumkin. Shuningdek, yodgorlik o‘rganilgach, u qarovsiz qoldirilgan. Bu esa, ko‘pgina yodgorliklarning yo‘qolib ketishiga olib kelgan. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, o‘tmish tarixiga yangicha nazar bilan qarala boshladi. Har bir yodgorlikni o‘rganishda chuqur ilmiy jihatdan yondoshilib, uning mahalliy xususiyatlarini e’tiborga olib, olamshumul yangiliklar ochildi va ochilmoqda.
O‘zbekistonda arxeologiyaning o‘rganilish bosqichlari M.Jo‘raqulovning “Ibtidoyi arxeologiya” kitobida to‘liq ochib berilgan. Arxeolog O‘zbekistonning arxeologik jixatdan o‘rganilishini 3 davrga bo‘ladi: 1.Rossiya mustamlakasi davri.
2.Sovetlar xukmronligi davri. 3. O‘zbekiston mustaqilligi davri va har bir davrga to‘liq ta’rif berib o‘tadi.
Mustaqillikning dastlabki davrlarida arxeologik tadqiqot ishlari birmuncha to‘xtaganday bo‘ldi. Lekin Vazirlar Mahkamasining 1998 yilda Tarix instituti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ishlari natijasida va Buyuk ipak yo‘li tarixining keng tadqiq qilinishi yuzasidan olib borilgan ishlar natijasida yana arxeologik tadqiqot ishlari jonlanib ketdi. Ayniqsa xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan hamkorlik yanada samarali bo‘lmoqda. Ular arxeologik ekspeditsiyalarni nafaqat moddiy, balki texnikaning keyingi davr yutuqlari bilan ham qurollantirib, mashaqqatli arxeologik tadqiqot ishlarini yengillashtirib, qadimiy moddiy buyumlarning analiz jarayonlariga ham yanada aniqliq kiritishiga ko‘p imkoniyatlar yaratishda yaqindan yordam ko‘rsatib kelishmoqda. Jumladan, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Avstraliya, Rossiyadan kelgan olimlarning xizmatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorligida keyingi davrlarda O‘zbek–Olmon Baqtriya ekspeditsiyasi tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Jarqo‘ton yodgorligining yoshini aniqlashda 23 radiokarbon analizi o‘tkazdilar. Radiokarbon analizlar Germaniya arxeologiya instituti Yevroosiyo bo‘limi qoshidagi laboratoriyada amalga oshirildi. Mazkur otryad a’zolaridan Mayk Toyfer va Kay Kanyutlar Sopollitepa madaniyatining yoshini kadimiylashtirish boyicha yangi fikrlarni bildirganlar.
Hozirda O‘zbekiston arxeologiyasini o‘rganish ancha yaxshi yo‘lga qoyilgan. Bu ish bilan maxsus institutlar, universitetlar, pedagogikainstitutlari va turli bo‘limlar shug’ullanmoqdalar. Ular qoshida ko‘plab arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etilgan.
So‘nggi o‘n yillikda madaniyat va tarixiy yodgorliklarni qayta royxatga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa yodgorliklarni muhofaza qilish ishlariga ancha samarali ta’sir qo‘rsatmoqda. XX asrning 90- yillarining oxirlarida yodgorliklarning 7216 tasi hisobga olingan bo‘lsa, shulardan 1595 tasi me’moriy yodgorliklar, 3106 tasi mahobatli san’at asarlari, 2115 tasini arxeologik yodgorliklar tashkil etdi. Ulardan 1831 tasi respublika miqyosidagi davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, 513 tasi me’moriy obidalar, 98 tasi mahobatli san’at asarlari, 1213 tasi arxeologik va 27 tasi tarixiy yodgorliklardir. Bunday yodgorliklar ayniqsa, Samarqand ( 997), Buxoro (804), Qashqadaryo (592), Toshkent (562), Farg’ona (512) viloyatlarida ko‘p.
Bu mamlakatimiz butun hududi qadimiy madaniyat va tsivilizatsiya o‘chog’i bo‘lganligidan dalolat beradi.
Muallif: N.A. Egamberdieva.