Asimmetriyaning namoyon bo’lishi.

Оглавление/Munadarija

Asimmetriyaning namoyon bo'lishi.

Asimmetriyaning namoyon bo’lishi.

Odam gavdasining o’rtasidan o’tadigan sagittal tekislik uni ikki boiakka o’ng va chap boiaklarga boiadi. Hatto juda yaxshi tuzilishdagi, kelishgan gavdali kishilarda ham o’ng va chap to-mon oichamlari va shakllarida farqlarni sezish mumkin.Antropologiya maiumotlariga ko’ra, aholining 75% ida o’ng qoi chap qoiga nisbatan uzunroq, hamda mushaklarning bir-muncha rivojlanganligi hisobiga ham o’ng qoi aylanasi chap qoi aylanasiga qaraganda kattaroq boiadi.

Gavdadan oichov olishda tananing asimmetrikligini e’tiborga olish kerak. Shuning uchun ko’p mamlakatlarda bir tomonlama oichov olishda o’ng tomondan foydalanadilar.

Odam tanasi tashqi shaklining asosiy morfologik belgilariga total yoki umumiy belgilar, mutanosibliklar, qad-qomat belgilari kiradi.

Tanadagi har qanday morfologik belgilar o’zgaruvchandir. Bu belgilarning shakli, o’zgaruvchanlik darajasi turlicha boiadi va turlicha omillar — odam yoshi, jinsi, ijtimoiy muhit va orga-nizmning biokimyoviy xususiyatlari ta’siri ostida aniqlanadi. Masalan, tana tuzilishi va mutanosibligi odamning yoshiga va jinsiga bogiiq. Tana tuzilishi esa organizmning biokimyoviy xu-susiyatlariga bogliq bo’ladi.

Bu belgilarga nihoyatda muhim bo’lgan eng katta antro-pometrik o’lchamlar kiradi: tana uzunligi (bo’y), ko’krak ayla-nasi (razmer), odam vazni. Bu o’lchamlar odam tanasining tashqi shakliga ta’sir ko’rsatadi va jismoniy rivojlanganlikning asosiy belgilari bo’lib hisoblanadi.

Tana uzunligi odam tanasining tashqi shaklini aniqlovchi asosiy belgilardan biridir.

Qadim zamonlardan beri tana uzunligi ko’p mutaxassislarni: antropologlar, vrachlar, rassomlar, haykaltaroshlarni o’ziga jalb qilib kelmoqda. Tana uzunligiga tikuvchilik sanoatida ham katta e’tibor beriladi. Ko’krak aylanasining o’lchovi bilan tana uzunligi mutanosib ravishda normal qomatni tashkil etadi. Tana uzunligi yoshga, jinsga, guruhga, guruh ichiga va davrga qarab o’zga-rib boradi.

Tana uzunligining yoshga qarab o ‘zgarishi. Antropologiya il-miy-tadqiqot institutining ma’lumotlariga ko’ra, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda tana uzunligi o’rtacha o’g’il bolalarda 51,5 sm, qiz bolalarda 51,0 sm ga teng.

Umrning birinchi yilida tananing o’sishi o’rtacha 25 smni tashkil qiladi, so’ngra o’sish sur’ati sekinlashib boradi. 10—12 yoshgacha qizlar o’g’il bolalarga qaraganda tezroq o’sadi, 13 yoshga kelib qizlar bilan o’g’il bolalarning tana uzunliklari tenglashadi, so’ngra o’g’il bolalar tezroq o’sadi (3-jadval).

Qizlarning 10—12 yoshdagi tana uzunligi ularning jinsiy yetilganligini bildiradi. Qizlarda jinsiy yetilish (taxminan 2—3 yil) tezroq bo’lishi sababli ma’lum vaqt mobaynida ular o’g’il bolalarga nisbatan gavdaliroq boiadilar. Antropologlarning hisoblari ga ko’ra, qizlarda tana uzunligining o’sishi 17—20 yoshlarda, o’g’il bolalarda esa 18—21 yoshlarda to’xtaydi.

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba