Munadarija
Askarning jangdagi majburiyatlari. Askarning shaxsiy quroli va ekipirovkasi.
Mazkur o‘quv savolni jangdagi o‘rni tushuntirish bilan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Askarning jang paytidagi o‘zining burchlarini puxta bilishi va chuqur anglashi uning jang maydonidagi xarakatlanishini ongli va uddaburonlik bilan bajarishiga yordam berishini mashg‘ulot rahbari ta’kidlaydi. Mashg‘ulot rahbari quriqlikdagi qo‘shinlarning jangovor nizomidan askarning jangdagi majburiyatlirini o‘qib eshittiradi. Undan keyin Talabalarga askar nafaqat o‘z majburiyatlarini puxta bilishi, balki seksiya komandirining majburiyatini xam bilishga majbur ekanligini aytib sabablarini tushuntiradi. Mashg‘ulot rahbari Talabalarga savollar bilan murojat qilib ularning faolligini oshirishga xarakat qiladi.
Seksiyalarning tarkibi shtatlar va tabellar bilan aniqlanadi, shuningdek seksiyaning jangovar vazifasiga xam bog‘liq bo‘ladi. Askarning shaxsiy quroli va ekipirovkasi masalasida xam mashg‘ulot rahbari alohida to‘xtalib o‘tadi. Askarning shaxsiy quroli masalasidagi majburiyatlarini izohlaydi va askarning ekipirovkasiga kiradigan ruyxatdagi buyumlarni iloji boricha namunasini ko‘rsatishga xarakat qilishi tahsinga sazovor bo‘ladi. O‘quv savolini yakunida Talabalarning savollariga javob beradi.
Har bir askar:
— guruhning, o‘z seksiyasining (tankining) va o‘zining jangovar vazifalarini bilishga;
— dushman tanklarining, boshqa zirhlangan mashinalarning va tankka qarshi vositalarining jangovar imkoniyatlarini, ularning kuchli va zaif tomonlarini, ayniqsa eng zaif joyini bilishga;
—istehkom inshootlarini jihozlash hajmi va jihozlash tartibini;
— doimo kuzatuv olib borishga, dushmanni o‘z vaqtida topib olishga va darhol bu haqda komandirga bildiruv berishga;
— hujumda qat’iyat va qo‘rqmasdan xarakatlanishga, mudofaada bardam va tirishqoq bo‘lishga, dushmanni barcha usul va vositalar bilan yo‘q qilishga, jangda matonat, zukkolik ko‘rsatishga, o‘rtog‘iga yordam berishga;
— joydan, individual himoya vositalaridan va mashinaning ximoya xususiyatlaridan mohirona foydalanishga; okop va pana joylarni tezda jixozlashni bilishga, niqoblanishni amalga oshirishga, to‘siq — g‘ovlardan va zaxarlangan joylardan o‘ta olishga, tankka qarshi minalarni o‘rnatishni va
chiqarib olishni bilishga; maxsus ishlov berishni o‘tkazishni bilishga;
— xavodagi dushmanni tanib ollshga va uning samolyotlari, vertolyotlari va boshqa nishonlarga o‘qotar qurollardan o‘t ochishni bilishga, ularning eng zaif qismlarini bilishga; jangda komandirini himoyalashga, agarda u jarohat olsa yoki o‘lsa qo‘rqmasdan bo‘linma qo‘mondonligini o‘ziga olishga;
—jangda komandirning ruxsatisiz o‘z joyini
tashlab ketmaslikka, jarohatlanganda yoki radioaktiv zaharli moddalar, bakterial (biologik) vositalar, hamda yondiruvchi qurol bilan zararlanganda o‘ziga va o‘zaro yordam chora tadbirlarini ko‘rishga hamda vazifani bajarishni davom etishga; agar tibbi punkta jo‘natilishga buyurilgan bo‘lsa o‘zi bilan shaxsiy qurolini olishga; tibbi punktga borishga iloji bulmaganda quroli bilan pana joyga o‘rmalab borib sanitarlarni kutishga; o‘q —dorilar, BMP, BTR va tank yonilg‘ilari sarfini kuzatib turishga, o‘z vaqtida o‘z komandiriga sarf bo‘lgan 0,5 m., 0,75 m. ko‘tarib (tashib) yuriluvchi o‘q — dorilar va yonilg‘ilar zahirasi bo‘yicha bildiruv berishga;Askarning jangdagi majburiyatlari. Askarning shaxsiy quroli va ekipirovkasi.
-BMP (BTR), tank buzilganda ularni qayta tuzatish chora tadbirlarini olib borishga majburdir.
Harbiy xizmatchi ekipirovkasi:
- shaxsiy kurol komplekti;
- jangovar anjomlar kopchik, ichki kiyim, paytava, shaxsiy gigiena ashyolari, kiyimkechakni butlash uchun xujalik paketi, IPP va DP, konvept, kogoz, 3 kunlik kuruk ovkat;
- magazinlar uchun sumkacha;
- granata uchun sumkacha;
- Kichik kurakcha;
- suv tuldirilgan flyajka;
- protivogaz;
- teri uchun maxsus ximoya vositasi;
- plash-epinchik;
- po‘lat kaska.
Askarning jangdagi majburiyatlari. Askarning shaxsiy quroli va ekipirovkasi.
Muallif: Xasanov M