Munadarija
Asosiy morfologik belgilari.
Gavda
Gavda tananing eng katta qismidir. Gavdaning yuqori qismi yelkadan iborat. Yelka qiyaligi 3 xil ko’rinishda uchraydi: past, o’rta va baland.
Gavdaning old qismida ko’krak va qorin sohasi ajralib turadi. Ular orasidagi chegara qovurg’alarning pastki chetidan o’tadi.
Ko’krak sohasining shakli — suyak asosi shakliga ko’krak qafasi, ko’krak qafasini qoplagan mushaklar, ayniqsa katta ko’krak mushaklarining rivojlanishi, shuningdek, ayollarda uchinchi va yettinchi qovurg’alar orasida joylashgan ko’krak bezlarining shakli va rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Qorin sohasining shakli — nihoyatda xilma-xildir. Uning shakli odamning jinsiga, yoshiga va yog’ qatlami miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Tananing orqa qismida orqa soha mavjud. Uning shakli umurtqa pog’onasining egriligi bilan bogiiq bo’ladi: bel qismi ichiga botgan (lordoz), ko’krak va dumg’aza qismi qavariq (kifoz).
Orqa soha yuzasining shakli shu sohadagi mushaklarning rivojlanganlik darajasiga ham bog’liq bo’ladi. Mushaklari kuchli rivojlangan odamlarda orqa sohaning egriligi odatda tekislangan bo’ladi yoki aksincha.
Umurtqa pog’onasining egilganligi va orqa sohaning shakli tananing qad-qomatini belgilaydi.
Tana yuzasining yon tomonidan ko’rinishida qo’ltiq osti chu-qurchalari ko’zga tashlanadi. Qo’ltiq osti chuqurchasining oldingi devorini katta ko’krak mushagi, ichki yuzasini — tishsimon mushaklar, orqa devorini esa — orqaning keng mushagi hosil qiladi.
Tana pastki qismining shakli tos va unga tegishli boigan mushaklar (ayniqsa, dumbaning katta mushaklari), hamda teri osti yog’ qatlamining taqsimlanishiga ko’ra har xil bo’ladi. Tos shakli oldinga va orqaga egilgan bo’lishi mumkin.
2. Bo’yin
Bo’yinning shakli nihoyatda xilma-xildir: bolalar va ayollarda bo’yin teri osti yog’ qavati yaxshi rivojlanganligi uchun ular-ning bo’yinlari ko’proq yumaloq shaklli, erkaklarda to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon va trapetsiyasimon mushaklar yaxshi rivojlanganligi uchun bo’yin shakli bir oz to’g’riroq bo’lib ko’rinadi.
Bo’yin uzunligi yelka qiyaligiga ham bogiiq bo’lib, past yel-kalilarda bo’yin uzun, yuqori yelkalilarda esa kalta bo’ladi.
Sagittal tekislikda umurtqa pog’onasining beshinchi-oltinchi bo’yin umurtqalarining egilganligi (lordozi) hisobiga bo’yin bir oz oldinga engashib turgandek ko’rinadi.
Bo’yin asosining kesimi qiya joylashadi, chunki u oldinda o’mrov suyagi va to’sh suyagidagi bo’yin chuqurchasi bilan, orqada yettinchi umurtqa bilan chegaralangan bo’ladi.
1.3. Qo’l va oyoqlar
Qoi va oyoqlarning gavda bilan tutashgan qismlari yelka va tos bo’g’imlariga to’g’ri keladi. Qo’l yelka va bilak suyaklaridan iborat boiib, erkin holda turganda ularning o’qlari bitta chiziqda yotmaydi, balki tirsak bo’g’imida o’tmas burchak — a burchak hosil qiladi. Bu bur-chak erkaklarda 169—170° ga teng; ayollar va bolalarda bu burchak kamroq boiadi, chunki tirsak suyaklari o’qlari orasidagi a burchagi ayollarda 164° ga teng. Erkaklarda yelka va bilak suyaklari o’qlari ayollarnikiga qaraganda tekisroq boiadi.Yelka suyagi tanaga nisbatan ham turlicha joylashadi. (3=90° bo’lganda qo’l vertikal yoki tik turgan boiadi. Bu ko’p uchraydigan holat hisoblanadi. p>90° boiganda yelka orqaga og’gan, p<90° boiganda yelka oldinga og’gan boiadi. Oyoqlarning son va boldir suyaklari o’qlarining va son suyagi boshchasining tos bo’g’imidagi holatiga qarab ularining 3 xil shakli farqlanadi: normal — son va boldir suyaklarining o’qlari taxminan bitta chiziqda yotadi;
X shaklida — son va boldir suyaklarning o’qlari tashqi to-monda o’tmas burchak hosil qiladi; O shaklida — son va boldir suyaklarning o’qlari ichki tomon-ga o’tmas burchak hosil qiladi.
Asosiy morfologik belgilari.
Muallif: H.I.Yodgorova.