Ayollar tana tuzilishining turlari. O’smirlar tana tuzilishi xususiyatlari.

Ayollar tana tuzilishining turlari. O'smirlar tana tuzilishi xususiyatlari.

Ayollar tana tuzilishining turlari. O’smirlar tana tuzilishi xususiyatlari.

Ayollar tana tuzilishining turlari erkaklarnikiga nisbatan murakkabroq. Ayrim tadqiqotchilar ayollar tanasining tuzilishini o’rganishda tananing ayrim qismlarida yog’ qatlami to’planishi va tarqalishi bo’yicha sxema tuzib, tana tuzilishining boshqa bo’limlaridagi o’zgarishlarni inobatga olmaganlar. Yugoslaviyalik tadqiqotchi olim B.Shkerli tavsiya etganidek, tana tuzilishi uchta asosiy va bitta qo’shimcha guruhga ajratiladi (29-rasm).

  • guruh — yog’ qatlami butun tana bo’yicha tekis taqsimlangan. Bunda yog’ qatlami rivojlanish darajasi kuchsiz, o’rtacha kuchli va juda kuchli bo’lishi mumkin. Bu guruh o’z navbatida uchta turga ajraladi. L — leptozom (yunoncha leptos — nozik), N — normal, R — rubensov turlari.
  • guruh — yog’ qatlami notekis taqsimlangan. Bu guruhda ikkita tur bor: S — yuqori (lotincha superior — yuqorigi), ya’ni bu tur bel qismida yog’ qatlamining ko’p bo’lishi bilan xarakterlanadi va I — pastki (lotincha inferior — pastki) tur tananing pastki qismida yog’ qatlamining ko’p bo’lishi bilan xarakterlanadi.
  • guruh — yog’ qatlami asosan tanada yoki oyoq-qo’llarda notekis taqsimlangan. Bu guruhda ikkita tur uchraydi. Tanada yog’ qatlamining ko’p bo’lishi — Tr- tur (lotincha trunsus — tana), qo’l va oyoqlarda yog’ qatlamining ko’p bo’lishi — Ex- tur (lotincha extremitas — qo’l va oyoq)larga bo’linadi.
  • guruhda yog’ qatlami tananing ayrim qismlarida, masalan, ko’krakda — M-tur (lotincha mamma — ayollar ko’kragi), son suyagining yuqori sohalarida T- tur uchraydi.

Buyuk tadqiqotchi LB. Galant taklif etgan sxema faqatgina yog’ qatlamining darajasiga emas, balki boshqa bir qancha morr fologik belgilarga, ya’ni mushaklarning rivojlanish darajasiga va mutanosibligiga asoslanadi.

  1. Galant ayollar gavda tuzilishining 3 ta guruhini taklif qiladi. Har bir guruhda, o’z navbatida, 2—3 ta tur mavjud.
  • guruh leptozom (yunoncha leptos — nozik, soma — tana) ensiz qomat bo’lib, ularga astenik, stenoplastik turlar kiradi.
  • guruh mezazom (yunoncha mesos — o’rtacha, soma — tana) enli qomatli bo’lib, ularga piknik, mezoplastik turlar kiradi.
  • guruh megalozom (yunoncha megas — katta, soma — tana) atletik qomat, ya’ni tana o’lchamlarining ko’ndalangiga va uzunasiga katta bo’lishi. Bu guruhga atletik, subatletik, euriplastik turlar kiradi.

Astenik tur — yog’ qatlami va mushaklari kuchsiz rivojlangan. Ko’krak qafasi uzun, ensiz, tekis, qorin botiq, sonlar ensiz. Bu turdagi ayollar qomati ayollik belgilari xususiyatlaridan xoli-ligi bilan xarakterlanadi.

Stenoplastik tur — bu tur ensiz gavdalilarga xos, lekin juda qalin yog’ qatlamiga ega, bunda ayollik xususiyatlari yaqqol ko’rinib turadi.

Piknik turi — mushaklari va yog’ qatlami o’rtacha rivojlangan. Ko’krak qafasi silindrik, qorin to’g’ri, chanoq enli. Bu tur boshqa turlarga qaraganda ayol tanasining go’zalligini bo’rttirib ko’rsatadi.

Mezoplastik tur — piknik turiga yaqin, lekin mushaklari ko’proq rivojlanganligi va yog’ qatlamining yupqaligi bilan farq qiladi.

Atletik tur — mushaklari o’rtacha rivojlangan, yog’ qatlami kam darajada rivojlangan (erkaklar gavdasini eslatadi).

Subatletik tur — mushaklari va yog’ qatlami o’rtacha rivojlangan.

Euriplastik tur — mushaklari rivojlangan va yog’ qatlami juda kuchli rivojlangan.

  1. Galant sxemasi bo’yicha ayollar tana tuzilishini sport bilan shug’ullanuvchi ayollar misolida tasavvur qilish mumkin.

Masalan, megalozom guruhiga xos turlarni tadqiqot nati-jalariga ko’ra basketbolchi ayollarda uchratish mumkin. Ular bo’yi uzunligi, baquwatligi, oyoqlarida kuchli rivojlangan mushaklar borligi bilan xarakterlanadi. Gimnastikachi ayollar, askincha, leptozom (stenoplastik tur) va mezazom (mezoplastik tur) guruhiga xos bo’lib, ular o’rta yoki o’rtadan past bo’yli, kelishgan, qorni va orqasi tekis bo’lgan ayollardir (30-rasm). Ayollar ora-sida ko’krak aylanasi bir xil va bo’ksa aylanasi har xil tana tuzi-lishlari uchraydi.

O’smirlar tana tuzilishi turlari

 

Bolalar va o’smirlar tana tuzilishining turlari yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Tana tuzilishining V.G. Shtefko sxemasi bilan tanishib chiqamiz. Bu sxemada tana tuzilishining asosiy belgilari: mushaklar va yog’ qatlamlari, ko’krak qafasi, qorin va orqa shakli, bola organizmi o’sishining o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, tananing mutanosibligi e’tiborga olinadi.

V.G. Shtefko o’smirlarning tana tuzilishini quyidagi turlarga bo’lib o’rganadi (31-rasm).

Astenoid tur — mushaklari va yog’ qatlami kuchsiz rivojlangan, ko’krak qafasi uzun va tor, orqa bukchaygan, qo’1-oyoqlar uzun, to’sh suyagi burchagi o’tkirlangan.

Torakal tur — mushaklari va yog’ qatlamining rivojlanish darajasi past, ko’krak qafasi uzun va tor, qorin to’g’ri, orqa odatdagidek. Bu tur qiz va o’g’il bolalarda uchraydi.

Mushakli tur — mushaklari va yog’ qatlami o’rtacha rivojlangan, ko’krak qafasi silindrik, qorin to’g’ri, orqa odatdagidek, to’sh osti burchagi to’g’ri burchakka yaqin.

Degistiv tur — mushaklari va yog’ qatlami rivojlangan, ko’krak qafasi tor, qorni do’ppayib chiqqan.

Abdominal tur — qo’shimcha yog’ qatlamlari qorinda joy-lashgan, mushaklari kam rivojlangan, qorin do’ppayib chiqqan, ko’krak qafasi silindrik.

V.G. Shtefko tuzgan tana tuzilishi sxemasi o’g’il va qiz bola-larda uchraydi.

Astenoid tur — mushaklari va yog’ qatlami kuchsiz rivojlangan, ko’krak qafasi uzun va tor, orqa bukchaygan, qo’1-oyoqlar uzun, to’sh suyagi burchagi o’tkirlangan.

Torakal tur — mushaklari va yog’ qatlamining rivojlanish darajasi past, ko’krak qafasi uzun va tor, qorin to’g’ri, orqa odatdagidek. Bu tur qiz va o’g’il bolalarda uchraydi.

Mushakli tur — mushaklari va yog’ qatlami o’rtacha rivojlangan, ko’krak qafasi silindrik, qorin to’g’ri, orqa odatdagidek, to’sh osti burchagi to’g’ri burchakka yaqin.

Degistiv tur — mushaklari va yog’ qatlami rivojlangan, ko’krak qafasi tor, qorni do’ppayib chiqqan.

Abdominal tur — qo’shimcha yog’ qatlamlari qorinda joy-lashgan, mushaklari kam rivojlangan, qorin do’ppayib chiqqan, ko’krak qafasi silindrik.

V.G. Shtefko tuzgan tana tuzilishi sxemasi o’g’il va qiz bola-larda uchraydi.

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba