Munadarija
Bakteriologik (biologik) va oddiy zamonaviy qirg’in qurollari.
Bakteriologik (biologik) qurolining qo‘llanilishi va undan himoyalanish. Bakteriyali qurollar – bu odamlarni, qishloq xo‘jaligi mollari va o‘simliklarini ommaviy zararlovchi quroldir. Uning negizi bakteriyalar, viruslar, rekketist, kasal ko‘zg‘ovchi qora boshli qurtlar va kasal tarqatuvchilar hisoblanadi. Bu qurol raketa, aviabombalar yoki konteynerlar, aerozolli sachratuvchilar, artileriya snaryadlari orqali yuboriladi. Bu qurol og‘riq keltiruvchi mikroorganizmdan iborat. Ular keng turda yashirin kasalliklar tarqatish xususiyatiga ega. Havo bilan aralashib odamlarni va hayvonlarni har xil kasalliklarga yo‘liqtirishi mumkin. Bakteriyali qurol qo‘llanilganligi ko‘rikdan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. Oddiy o‘q snaryadlari yoki bombalarning ovozi eshitilsa, hamda ularning parchalari – konteynerlarga, xaltachalarga qurt qumursqalar, chivinlar to‘plangan bo‘lsa, tegishli xulosalar chiqarish, fuqaro mudofaasi tashkilotlariga, tibbiy mahkamalar yoki mahkamalarga yoki mahalliy hokimiyatlarga zudlik bilan yuborish kerak. Bakteriyali qurolni laboratoriyada tekshirish natijasida aniqlanadi. Bakteriologik (biologik) va oddiy zamonaviy qirg’in qurollari.
Bu qurollardan himoyalanish usullari. Bakteriyali qurol har xil yuqumli kasalliklar tarqatadi. Jumladan, vabo, sibir yazvasi, brutsellez, tulyarema, o‘lat, sariq kasalligi va terlama, kuzda va bahorda qo‘ziydigan vasvasaga tushish va so‘zakning turli tuman xillari shunga misoldir. Bundan tashqari batullin, toksinlar qo‘llaniladi. U odamlarning tanasini og‘ir vaziyatga olib keladi. Hayvonlar sibir yazvasi, safa kasalligini paydo qiladi. SHuningdek, cho‘chqa, qora mollarda va qushlarda, uy parrandalarida ham shunday.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini va donli ekinlarni zararlaydi. Kartoshkalarni fitoftrooza va boshqa kasalliklar bilan kasallanishiga sabab bo‘ladi.
Bakteriyali qurollardan saklanishda asosan vaksina preparatini qo‘llash bilan birga antibiotiklar, sulfinomidlar va dorili moddalar ko‘llanadi. YUqumli kasalliklarning darhol oldini olishda maxsus plashlar ishlatiladi. Kimyoviy moddalardan saqlanish uchun yakka mudofaa qurollari va uyushma holida mudofaalanish mudofaalanish usullari qo‘llaniladi. Himoyalanishda protivogazlar, respiratorlar maskalar, og‘izni yopish asboblari va terini saqlash qurollari kiyiladi. Birlashma, korxonalar va o‘kuv muassalari rahbarlari o‘z vaqtida ogohlaantirilishi shart.
Bakteriyali zararlanish markazi deb bakteriyali qurolning ta’siriga giriftor bo‘lgan joylar markazi, qishloq xo‘jaligi ob’ektlariga aytiladi. Uning chegaralarini bakteriyali ma’lumotlar asosida shu oraliqda va betob odamlarda, hayvonlarda va o‘simliklarda laboratoriya tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Zararlanish markazining aylana tevaragiga qurolli qorovullar qo‘yiladi va ruxsatsiz bu erga kirish va chiqish, shuningdek, biror narsa olib chiqish ham qat’iyan ta’qiqlanadi. Xalq orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun kompleksli epidemiyaga qarshi sanitariyaozodalik ishlari olib boriladi. Observatsiya, karantin va xalqni sanitariya ko‘rigidan o‘tkazish, zararlangan erlarni dezinfeksiyalash ishlarini olib borish katta ahamiyatga egadir. Zarur bo‘lgan vaziyatlarda chivin-pashshalar, qurt-qumursqalar yo‘q qilinadi.
Observatsiya va karantin. Bakteriyali zaharlanish markazidagi aholi uchun bir qancha ishlarni amalga oshiruvchi maxsus tibbiy ko‘rik tashkil qilinadi. Uning vazifasi epidemik o‘z vaqtida bildirishdir. SHuning bilan birga bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini olish ishlari ko‘riladi.
Oziq-ovqat va suv tozaligi aniqlangandan so‘ng iste’mol qilinadi. Observatsiyaning davom etishi kishilardagi kasalliklarning yashirin vaqti va zaharlanish markazidan dezinfeksiyaning tamomlanishiga bog‘liqdir. Agar vabo va shu kabi yuqumli kasalliklar paydo bo‘lsa, karantin tig‘iz o‘rnatiladi. Karantin bu yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish va zararlanish markazini yo‘q qilish uchun olib boriladigan choradir.
Oddiy zamonaviy qirg‘in qurollari.
Oddiy zamonaviy qirg‘in qurollari tarkibiga oskolkali, fugasli va sharikli aviabombalar kiradi. Oskolkali aviabombalar insonlarni qirish maqsadida qo‘llaniladi, u portlagan paytda bir necha bo‘lakchalarga bo‘linib, 300 m gacha tarqaladi. Bu bo‘lakchalar yog‘och va devorlarni teshib o‘ta olmaydi.
Fugasli aviabombalar kurilishlarda ko‘poruvchilik ishlari uchun mo‘ljallangan. Uning kiruvchi kuchi yadroviy qurol kuchidan yuqori emas. Bunday bombalarning portlamay qolishi juda xavflidir. Ular tashlangandan keyin asta-sekin vaqt o‘tishi bilan portlashi mumkin.
Piyodalarga qarshi ko‘llanadigan sharikli aviabombalar salmog‘i bir necha gramm bo‘ladi. SHarikli bombalarning ko‘rinishi tennis sharigiday yoki futbol to‘piday bo‘lib, metal bo‘laklarini yoki plastmassali diametri 5-6 mm bo‘lgan shariklarni biriktirib ushlab turadi. Bombaning zararlovchi xarakatining radiusi 4,5-15 metrgacha etadi. SHarikli aviabombalar
96-640 gacha maxsus narsalar bilan o‘ralib qo‘llaniladi. Bu bombalar o‘zaro ta’sir okibatida portlab, kassetalar erning ustini vayron qiladi. turli tomonga uchgan bo‘lakchalari 160-250 ming kv.km maydonni egallaydi.
Kassetali oq dorilar samolyotda kasseta kabi tashlanadi. Kassetada uchta oq dori bo‘ladi. Ular erga urilishi bilan uning ichidagi suyuqlik sachrab ketadi va diametri 15 m, qalinligi 2.5 m gazli bulut paydo qiladi. Bu bulut asta xarakat qiluvchi maxsus uskuna bilan buziladi. Kassetali oq dorilarning portlashidagi asosiy faktorlari ovozdan ham tez tarqaluvchi to‘lqinlardir. Pana joylar va har xil pana o‘rinlar kassetali bombalardan saqlanishni ta’minlaydi.
O‘t qo‘yuvchi qurollar. YOndiruvchi qurollar aralashma va metal bilan ko‘llangan termitli aralashma, shuningdek, fosforli bo‘ladi.
Papalimli aralashma tez yonuvchi suyuqlik bo‘lib, uning yonish tezligi sifatiga bog‘liqdir. Ular 800 bilan 1200 darajagacha issiqliklagi markaz paydo qiladi. u o‘zidan qora bulut chiqaradi va 5-10 minutgacha yonishi davom etadi. Uning yonish paytidagi issiqligi ko‘tarilishi uchun tarkibiga uch tarzli magniy alyuminiy qo‘shiladi.
Termitli aralashmalar. Bu mexanik temir bilan alyuminiy oksidining aralashmasidir. U maxsus tez yondiruvchi jam (pilta) bilan tenglashtiriladi. u yongan paytda katta bo‘lmagan yolqin bilan havosiz yonib 3000 ming darajagacha issiqlik paydo qiladi. Termit yupqa temir va po‘lat qatlamlarini oson kuydiradi.
Oq fosfor bu zaharli, havoda tez yonadigan modda. Ok fosfor 800-900 darajali issiqlikla achchik, kalin tutunga aylanadi. Zaharlash hususiyatiga ega.
YOng‘in chiqaruvchi qurollar aviabomba sifatida qo‘llaniladi. Bu bombalar inson uchun juda ham xavflidir. Tananing ochik joylariga tushsa kuydirib og‘ir ahvolga soladi. Bu ok dorilar yonish paytida havoni cho‘g‘day kizdiradi, nafas olish a’zolarini kuydirib yuboradi. YOnayotgan aralashma yakka mudofaa qurollariga yoki sirtki kiyimlarga tushsa, o‘sha narsalarni darhol echib tashlash kerak.
YOnayotgan aralashmani yalang‘och qo‘l bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Sirtqi kiyimlarga aralashma sachragan yoki tekkan vaqtda silkinish, qoqinish yoki yugurish mumkin emas. Bu kabi xarakatlar yonish jarayonini yanada tezlatadi. SHunday hollarda yonayotgan kishi ustiga kurtka, brezent, kigiz yopilsa, yoki suv sepilsa, u erga yotib ishqalansa olov o‘chadi.
YOng‘inga qarshi tadbirlar. YOndiruvchi aralashmadan himoyalanish maqsadida mudofaa uylarini va imoratlarini qurgan paytda nam loy, ohak va sement qorishmalari bilan suvaladi. Pana joylarga kiriladigan erlarga qurg‘oq qum, tuproq bilan birga o‘t o‘chirish qurollari, brezent va kigiz yopib qo‘yiladi.
Bakteriologik (biologik) va oddiy zamonaviy qirg’in qurollari.
Muallif: Xasanov M