Bakteriya hujayrasining tuzilishi.

Оглавление/Munadarija

Bakteriya hujayrasining tuzilishi.

Bakteriya hujayrasining tuzilishi.

Bakteriya hujayrasining asosiy massasi sitoplazmalardan tashkil topgan, u asosan oqsil va nuklein kislotasidan iborat. Hujayraning tarkibida taxminan 80 foiz atrofida suv va 20 foizcha quruq moddalar bo‘ladi. Sitoplazma — yarim suyuq tiniq kolloid massadir. Mikrob hujayrasida oqsillar qatori nuklein kislotalarining (RNK va DNK) ahamiyati juda katta. Ular yordamida har bir organizm uchun mansub bulgan oqsil hosil bo‘ladi. DNK asosan yadroda (xromosomalarda) joylashib, RNK sintezi uchun matritsa xizmatini bajaradi. RNK esa sitoplazmada joylashgan bo‘lib, oqsilni sintezida ishtirok etadi. Sitoplazmada juda ko‘p ribosoma donachalari bo‘lib, ularning tarkibida 60 foiz RNK va 40 foiz oqsil mavjuddir.

Bakteriya hujayrasining qarishi jarayonida vakuolalar hosil bo‘ladi. Ularning ichida hujayraning sharbati, mineral tuzlar va qandlar to‘planadi. Zahira ozuqa moddalardan hujayrada yog‘, glikogen (hayvon kraxmali), valyutin (azotli va polifosfatli modda)yig‘iladi.

Pigmentli bakteriyalarning hujayrasida har xil rangdagi bo‘yoq moddalar ham joylashadi.

Yadro apparati juda muhim tashkiliy element bo‘lib, u naslning saqlanishida va hayot jarayonlarini boshqarishda katta ahamiyatga ega. Ko‘pchilik bakteriyalarni yadrosining qobig‘i yo‘qligi sababli, u doimiy bir shaklda bo‘lmaydi. Shuning uchun oddiy mikroskopda bakteriyaning yadrosini topish qiyin.

Hozirgacha bakteriya hujayrasidagi xromosomalarning soni aniq ma‘lum bo‘lgani yo‘q. Balki u 2-3 yoki bitta qalqasimon deb taxmin qilinadi. Qobiq 3 qatlamdan iborat bo‘lib, har bir qatlami o‘z vazifasini bajaradi, hammasi birgalikda esa hujayraning shaklini saqlab, sitoplazma va yadroni tashqi muhitning ta‘sirlaridan saqlaydi (nurlar, zaharli moddalar va hokazo). Hujayra qobig‘i bir qator ajoyib xususiyatlarga ega. U elastik, mahkam va yarim o‘tkazgich xususiyatiga ega, bu demak, qobiq ba‘zi moddalarni hujayraga o‘tkazib, boshda moddalarni o‘tkazmaydi. Bu xususiyat mikroblarning ozuqalanishi va chiqindi chiqarish jarayonlarida katta ahamiyatga ega. Shunisi qiziqarliki, u hujayradagi tuzlar va organik kislotalarning yuqori konsentratsiyasidagi eritmalari hosil qilgan 15-20 atm ichki osmotik bosimga chiday oladi. Yarim o‘tkazgich qobiliyatida sitoplazmatik membrananing ham ahamiyati katta. Sitoplazmatik membrana sitoplazmani hujayra qobigidan ajratib turadi.

Bakteriya qobigining tashki qatlami juda yupqa bo‘lib, tiniq, shilliq modda bilan o‘ralgan. Ba‘zi bakteriyalarning tashqi qismi o‘ziga suvni tortib, shilliqlanib, qalinlashib, kapsula hosil qilib, bakteriyani zaharli moddalardan saqlaydi.

Kapsulali bakteriyalarning biri Leuconostoc mesenteroides qand ishlab chiqaruvchilarni ko‘p tashvishga soladi. Bu mikroblar tozalanmagan lavlagi sharbatiga tushib, ko‘payib, uni bemaza shilliq massaga aylantiradi. Ular bir kechada yuzlab kilogramm sharbatni aynitishi mumkin. Atsidosil qatidda esa kapsulali, foydali bakteriyalar Lastobastegium acidorhilus rivojlanadi. Uning kapsulasi hujayrasiga nisbatan 20 marta kattaroqdir.

Ba‘zi ipsimon bakteriyalar tanasi atrofida qattiq g‘ilof hosil bo‘ladi. Usha g‘iloflar qobiqning qotib qolgan qatlamlaridan hosil bo‘lgan.

Bakteriyalar qobigi o‘simliklar qobigiga yaqin bo‘lsada, ularda kletchatka bo‘lmaydi.Bakteriyalar qobigi oqsil, mumga o‘xshash modda, lipid va xitindan iborat.

Bakteriyalarning harakatlanishi. Bakteriyalar orasida harakat qiluvchi va harakat qilmaydigan turlari mavjud. Ko‘pincha bakteriyalar xivchinlar yordamida harakat qiladilar (3-rasm). Faqat spiroxetalar tanalarining bukilishi yordamida harakat qiladilar.

Bakteriya xivchinlari

Xivchinlar sitoplazmadan ip shaklida o‘sib chiqqan o‘simta bo‘lib, qalinligi 0,02-0,05 u ammo uzunligi hujayraga nisbatan ancha uzun, ba‘zan 10 va undan ko‘proq marta uzunroq bo‘ladi.

Sharsimon bakteriyalar harakatsizdir. Faqat siydik sarsinalarida xivchinlar bo‘lib, ular harakat qiladi. Tayoqchasimon bakteriyalar orasida harakatchan va harakatsiz turlari uchraydi. Agar tayoqchasimon bakteriyaning bir uchida bir dona xivchini bo‘lsa, u monotrix deb nomladi. Tayoqchaning ikkala uchida bittadan xivchin joylashsa, u bipolyar monotrix deyiladi.

Tayoqchaning bir uchida bir dasta xivchinlar bo‘lsa — lofotrih ikkala uchida ham bir dastadan xivchinlari bo‘lsa — amfitrix deb ataladi. Butun tanasi xivchinlar bilan qoplangan tayoqchalar peritrixlardir. Vibrionlar va spirillalar ham xivchinlari yordamida harakat qiladilar.

Bakteriya hujayrasining tuzilishi.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba