Baxtsiz hodisa yuz berganda, yarador bo‘lganda jaraxot olganda birinchi tibbiy yordam.

Baxtsiz hodisa yuz berganda, yarador bo‘lganda jaraxot olganda birinchi tibbiy yordam.

Baxtsiz hodisa yuz berganda, yarador bo‘lganda jaraxot olganda birinchi tibbiy yordam.

Organizmning barcha travmatik shikastlanishi tashqi qoplamning (terining) butunligini buzilishi yoki buzulmasligidan qatoiy nazar ikkita katta guruhga – ochiq va yopiq shikastlanishga bo‘linadi.

Jarohat deb organizm to‘qimalaring shunday shikastlanishiga aytiladiki, bunda tananing tashqi qoplami ( teri shilliq pardasi)ning butunligi shikastlanishning butun chuqurligida albatta buziladi. Teri qoplami buzilganda tirlanish yuzaga keladi. SHikastlanishning ochiq va yopiq turlarga bo‘linishining prinsipial ahamyati shundaki teri qoplamining shikastlanmagan qoplami organizmga mikroblarning tushishiga haqiqiy to‘siq bo‘ladi.

Jarohat etkazgan buyumning ko‘rinishiga qarab jarohatlar kesilgan, chopilgan, yirtilgan, sanchilgan va o‘q tekkan bo‘lishi mumkin.

Kesilgan va chopilgan jarohatlar tekkis qirralarga ega bo‘lib, ularning to‘qimalari unchalik shikastlanmagan, qon  oqadi, lekin tez bitib ketadi, o‘zidan ingichka chandiq qoldiradi.

Sanchilgan   jarohatlar         uzun    va        torgina            jarohat             kanalining       mavjudligi            bilan xarakterlanadi. Bu kanal ko‘p xollarda tana bo‘shlig‘igacha, hatto tana bo‘shlig‘idagi ichki organlargacha etib borishi mumkin.

Yirtilgan va urilgan jarohatlar kam qon  oqishi, katta diapazonda to‘qimalarning buzilishi bilan xarakterlanadi. Bu to‘qimalar so‘ngra o‘lib ketadilar va infeksiyaning ko‘payishi va yiringlash jarayonining rivojlanishiga sharoit paydo bo‘ladi.\

Bog‘lamlar – bu tana qismini zarur holatda ushlashga yordam beradigan yoki unda bog‘lovchi materialni mustahkamlashga yordam beradigan vositadir.

O‘zining vazifasiga ko‘ra bog‘lamlar bog‘lovchi materialni to‘xtatib turadigan, immobilizatsiyalovchi va cho‘zilishni paydo qiluvchi bog‘lamlarga bo‘linadi.

Qo‘llaniladigan materialga qarab esa yumshoq va qattiq bog‘lamlarga bo‘linadi.

YUmshoq bog‘lamlar  to‘xtatuvchi va ezuvchi sifatida ishlatiladi. Bunda bog‘lovchi material sifatida dokadan foydalaniladi. Doka jarohatga qo‘yilgandan so‘ng oq paxta to‘shaladi (alohida holatlarda qopchalarga solingan va sterillangan mox va torf ishlatiladi). Jarohatni barcha qismiga bosim teng taqsimlanishi uchun paralon qatlami qo‘yiladi. Bularning barchasi bint yoki durra, plastir yordamida va boshqa materiallar yordamida mustahkamlanadi. Keyingi vaqtlarda shu maqsadda engcha ko‘rinishdagi to‘rsimon   “Retemet” tibbiy bintlaridan foydalanilmoqda.

Qattiq bog‘lamlarga shinali, kraxmalli, gipsli, elimli, plastmassali bog‘lamlar kiradi. Bu bog‘lamlar odatda immobilizatsiya qilish va tortib turish maqsadida ishlatiladi.

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda individial bog‘lov paketidan foydalaniladi. Uning asosiy maqsadi – jarohatlangan odamni tibbiy punktga olib ketayotganda jarohatga mikroblar tushib qolishdan himoya qilish.Baxtsiz hodisa yuz berganda, yarador bo‘lganda jaraxot olganda birinchi tibbiy yordam.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba