Befarqlik intervali.

Оглавление/Munadarija

Befarqlik intervali.

Befarqlik intervali.

Befarqlik intervali — qomatlarning soni nafaqat yetakchi o’lchamlarga, balki har bir yetakchi o’lcham bo’yicha yonma-yon turadigan turli qomatlar orasidagi befarqlik intervaliga bog’liqligi bilan ifodalanadi.

Befarqlik intervali ko’p hollarda ikki tomondan chegaralangan bo’ladi. Bu bir xil o’lchamdagi kiyimni nafaqat oichamiga mos odamlar, balki belgilangan befarqlik intervaliga ko’ra o’lchami kattaroq yoki kichikroq odamlar kiyishlari mumkin, demakdir (tikuvchilik va trikotaj buyumlari, qo’lqoplar, poyabzal va h.k.).

Ba’zan befarqlik intervali bir tomondan chegaralangan bo’ladi, bu holda buyum muayyan o’lchamdan kichik bo’lmaydi,katta tomonga esa qat’iy chegaralanmaydi (belbogiar, belbandlar). Befarqlik intervaliga qator omillar ta’sir qiladi, jumladan, o’lchamlar qiymati, buyum o’lchamining biroz o’zgarishiniiste’molchi sezishi darajasi, materiallarning ususiyatlari va h.k. O’lcham qiymati kattalashgan sari befarqlik intervali ham oshaveradi. Tikuvchilik sanoatida kiyim konstruksiyalash maqsadida yetakchi o’lchamlarning quyidagi befarqlik intervali aniqlangan:

Ko’krak aylanasi bo’yicha:       4 sm (±2 sm)

Bo’y uzunligi bo’yicha:   6 sm (±3 sm)

Bo’ksa aylanasi bo’yicha: 4 sm (±2 sm)

Yordamchi o’lchamlar qiymatini hisoblash. Yetakchi o’lchamlar birikmalariga qarab ajratilgan tipik qomatlar uchun kiyim konstruksiyalash maqsadida zarur bo’lgan boshqa hamma o’lchamlarning qiymati aniqlanadi.

Yetakchi o’lchamlar yordamida xarakterlanadigan qomat-larning hamma o’lchami absolyut qiymati maxsus jadvallarga kiritiladi va shunday qilib o’lcham va bo’ylarning antropometrik standartlari yaratiladi.

Ko’krak aylanasi va bo’y har xil tekislikda joylashgan va ular orasidagi bog’lanish darajasi ayollarda katta emas: r,.16 q 0,144. Lekin ko’krak aylanasining yotiq joylashgan tekislikda o’lcham belgilari bilan bog’lanish darajasi katta. Bo’yning esa tik tekislikda joylashgan o’lcham belgilari bilan bog’lanish darajasi katta. Tik va yotiq tekisliklarda joylashgan o’lcham belgilarining bog’lanish darajasi past.

Ko’plab o’tkazilgan o’lchash ma’lumotlari bo’yicha, ko’krak aylanasining qiymati bir xil bo’lib, bel va bo’ksa aylanalarining qiymati qorin chiqig’ini hisobga olgan holda sezilarli o’zgarishi mumkin. Ayollar qomatini tavsiflashda, ularning yoshi bo’yicha o’zgaruvchanligini aks ettiradigan, qorin chiqig’i va bo’ksa ayla-nasini hisobga olish g’oyat muhim. Shu bois ayollar qomatining to’lalik ko’rsatmalari bo’yicha tavsiflaydigan yetakchi o’lcham sifatida qorin chiqig’ini hisobga olgan bo’ksa aylanasi qabul qilingan.

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba