Bo’g’uvchi ta’sirga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar.

Bo'g'uvchi ta'sirga ega bo'lgan zaharlovchi moddalar.

Bo’g’uvchi ta’sirga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar.

Bo‘g‘uvchi ta’sirga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalar birinchi marta birinchi jahon urushi davrida nemis ko‘shinlari tarafidan kimyoviy qurol sifatida ingliz va fransuz ko‘shinlariga qarshi 1915 yil 22 aprelda ishlatilgan. Bunda xlor moddasi qo‘llanilgan edi, xlor gazining ta’siri kam bo‘lganligi uchun 1915 yilning dekabr oyida nemis ko‘shinlari fosgen, difosgen va xlorpikrin moddasini ishlatganlar.

Keyinchalik yangi zaharlovchi kimyoviy moddalar sintez qilinganligi sababli, bo‘g‘uvchi ta’sirga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalarga chet el harbiy mutaxassislarining e’tibori ancha kamayib ketgan edi. Hozirgi vaqtda  olingan ma’lumotlarga qaraganda, bu zaharlovchi moddalarga qiziqish yana ortib bormokda. Uning fizik va kimyoviy xususiyatlarini yaxshilash ustida ko‘p ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Kimyo sanoatida xlor ko‘p mikdorda ishlab chiqariladi. Undan qishloq xo‘jaligida, kasalliklardan, zararkunanda va begona o‘tlardan asrash uchun (geksaxlorsiklogeksan, polixlorpinin, polixlorkampfen, geptaxlor, keltan, ditoks, milbeks va boshqalar) pestitsidlar sifatida ishlatib kelinmokda. Kog‘oz ishlab chiqarishda, qog‘ozlarni oqartirish uchun toza xlor ishlatiladi. Tibbiyotda xlorli birikmalar keng mikdorda dezinfeksiya ishlarini o‘tkazishda ishlatiladi. SHuning uchun xlor ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari harbiy maqsadda ishlatiladigan fosgen va difosgen ishlab chiqarish    ga o‘tishga ko‘p mablag‘ talab qilmaydi.

Hozirgi vaqtda NATO  davlatlari ko‘shinlarida fosgen moddasi tabelli kimyoviy qurol

sifatida qabul     qilingan    .

Xlorpikrin moddasi protivogazlarni tekshirish uchun o‘kuv zaharlovchi moddasi sifatida

qo‘llaniladi.

Fizik va kimyoviy xossalari

Fosgen — ko‘mir kislotasining xlorangidridi.

Kimyoviy nomlari: karbonilxlorid; uglerodning xlorli oksidi Fosgen birinchi marta 1812 yilda ingliz olimi Devi tarafidan uglerod oksidi va xlorga kuyosh yorug‘ligi ta’sir ettirib olingan, fosgen grekcha «yorug‘liklan tug‘ilgan» degan ma’noni bildiradi. Birinchi marta kimyoviy qurol sifatida 1915 yilning dekabrida ishlatilgan. Halok bo‘lganlar 80% iga shu zaharlovchi  modda ta’sir ztgan.

Fosgen 8,2 0S haroratda suyuqlik holatida bo‘ladi, bundan yuqori haroratda tezda bug‘ holatiga o‘tadi, rangsiz suyuqlik, kam konsentratsiyasi o‘ziga xos chirigan olma yoki chirigan pichan hidiga ega. Bug‘ holatidagi fosgen havodan 2,48 barobar og‘ir.

Suvda tez gidrolizlanadi, kizdirilganda gidroliz tezlashadi va zaharsiz modda hosil

bo‘ladi.

Ishkorli muhitda gidrolizlanish tezda o‘tadi, bu reaksiyadan fosgenni aniqlashda foydalaniladi.

Fosgen ammiak bilan reaksiyaga kirishib, zaharsiz mahsulot hosil qiladi.

Difosgen ko‘mir kislotasining uchxlormetil efiri.

Kimyoviy    nomlari:         xlorli    chumoli           kislotaning      uchxlormetilli efiri; uchxlormetilxlorformiat;       uchxlormetilxlorkarbonat;      ko‘mir kislotaning      xlorangidrid uchxlormetilli efiri.

SHartli nomlari va shifrlari: difosgen; DP Difosgen birinchi marta 1847 yili O. Kaur (Fransiya) tomonidan olingan. Birinchi jahon urushida difosgen juda ham keng mikdorda toza holida, xlorpikrin moddasi aralashmasi va tutun hosil kiluvchi moddalar bilan birgalikla ishlatilgan va mo‘ljalga zambarak snaryadlari va minalarda etkazilgan. Birinchi marta nemis ko‘shinlari tomonidan fransuz ko‘shinlariga qarshi (Verden shahri yakinida) 1916 yilning iyun oyida qo‘llanilgan.

Birinchi jahon urushi davrida keng ishlatilgan, fakat Germaniyaning o‘zi urush yillari 16000 tonna difosgen ishlab chikargan.

Toza kimyoviy difosgen rangsiz suyuqlik bo‘lib, qaynash harorati 127°S, muzlash harorati — 57°S, huddi fosgenga o‘xshab chirigan olma yoki chirigan pichan hidiga ega.

Difosgenning texnik mahsuloti sarik yoki qo‘ng‘ir rangdagi suyuqlik, molekulyar

og‘irligi 198.

Kimyoviy xossasi fosgenga o‘xshash. Difosgen ko‘mir kislotasining metil efirini

xlorlash bilan olinadi.

Bu guruhga fosgen va difosgendan tashqari trifosgen  va fosgenoksim moddalari ham

kiradi.

Trifosgen o‘zining toksikligi va kimyoviy xossalari bilan fosgenga o‘xshash. Fizik xossasi bo‘yicha – bu qattiq  modda bo‘lib, erish harorati 79°S, qaynash harorati (bunda parchalanadi) 205-206 0S. Suvdan ikki barobar og‘ir, yomon eriydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi.

Fosgenoksim rangsiz qattiq   kristallik modda, erish harorati 39-40 0S, qaynash      harorati 129 0S, suvda va organik eritmalarda yaxshi eriydi. Suvda yaxshi gidrolizlanadi, xlorid kislotaning gidroksilaminini, xloridkislota va uglerod (11)- oksidni hosil qiladi:

Xlor (S12) – sarik-zangori rangli, o‘tkir hidli gaz. Havodan 2,5 barobar og‘ir. Suvda va ba’zi organik eritmalarda yaxshi eriydi. Faollangan ko‘mir bilan yaxshi adsorblanadi. Kimyoviy jihatdan faol modda.

Gipoxlorit kislota parchalanganda kislorod ajralib chikadi, buning shu xossasidan dezinfeksiya va okartirish ishlarida foydalaniladi. Xlor gazi giposulfitning suvli eritmasi bilan neytrallanadi. Nam tekkan xlor juda o‘tkir hidli bo‘ladi.

Ta’sir  mexanizmi

Organizmga bo‘g‘uvchi zaharlovchi moddalar ta’sir etganda o‘pkaning toksik shishi, patologik jarayon rivojlanishi mumkin. Bunda kon plazmasining kolloid-osmotik bosimi buzilishi kuzatiladi. kon tarkibidagi suyuqlik va proteinlar, o‘pkaning kapillyar va alveolyar devorlari o‘tkazuvchanligi oshib ketganligi sababli, alveolalarga suyuqlik o‘tishi kuchayadi va yig‘ila boshlaydi. Bu buzilishlar zaharlovchi modda organizmga ta’sir etgan vaqtdan boshlab rivojlana boshlaydi.

O‘pkadagi kapillyar va alveolyar devorlar o‘tkazuvchanligi birday emas, oldin kapillyar membranalarning o‘tkazuvchanligi paydo bo‘ladi va suyuqliklar o‘pkaning interstitsiylarida to‘plana boshlaydi. Bu patologik jarayon acta-sekinlik bilan o‘tib ketadi. Interstitsialfazada limfaning okishi 10 marta oshadi, lekin bu kompensator mexanizm o‘z vazifasini etarli darajada bajara olmaganligi tufayli, interstitsiylar haddan tashqari to‘lib ketadi va uning yorilishiga olib keladi, suyuqliklar alveolalarga to‘plana boshlaydi. YUqorida aytib o‘tilgan dinamik jarayonlar alveolyar faza boshlanganligidan dalolat beradi. Bu bosqichda bo‘ladigan o‘zgarishlar yaqqol namoyon bo‘ladi va tashxis kilishga imkon yaratadi. Bundan oldingi interstitsial boskich zaharlanganlar uchun bilinmasdan o‘tadi, buni fakat hayvonlarda tajriba o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash mumkin.

Klinik  manzarasi.

Bo‘g‘uvchi zaharlovchi moddalarning havodagi konsentratsiyasiga qapa6 zaharlanish klinikasi engil, o‘rta va og‘ir darajada namoyon 6o‘lishi mumkin.

E n g i l   D a r a j a d a g i   z a h a r l a n i sh d a yashirin davr 8 soatgacha davom etadi. SHundan keyin o‘pkada zararlanish 6elgilari paydo 6o‘ladi. Odatda o‘pka shishi rivojlanmaydi, traxeobronxit belgilari namoyon bo‘ladi. Ko‘krakda 6iroz nafas qisilishi, engil yo‘tal, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, lohaslik, so‘lak oqishi, tumov, xiqildoq va xalqum shilliq pardalarida yaxshi rivojlanmagan giperemiya simptomlari paydo 6o‘ladi.

O‘ r t a  d a r a j a d a g i    z a h a r l a n i sh d a yashirin davr 3-5 soatgacha davom etadi va quyidagi simptomlar yuzaga keladi. Ko‘krakla nafas qisilishi kuchayadi, shilliq pardalarning ko‘karishi paydo 6o‘ladi.

O g‘ i r  d a r a j a d a g i   z a h a r l a n i sh d a yashirin davr juda ham kam vaqtni, 1-3 soatni tashkil qiladi. Zararlanish klinikasida quyidagicha: reflektor o‘zgarishlar, yashirin davr shish rivojlanishi va regressiya (keyinga qaytadigan) bosqichlar tafovut qilinadi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba