Bolalarni monologik nutqni o’rgatish ishining mazmuni va vazifalari.

👉 9-sinf imtihon biletlari ⭕️ 9-sinf imtihon javoblari
👉 11-sinf imtihon biletlari ⭕️ 11-sinf imtihon javoblari

Оглавление/Munadarija

Bolalarni monologik nutqni o’rgatish ishining mazmuni va vazifalari. 

Hikoya qilib berish (monologik nutq)ga o‘rgatishdir. Ravon nutqni rivojlantirishda monologik nutq katta yordam berishi amaliyotda o‘z isbotini topgan. Tafakkurning rivojlanlanganligi lug’at boyligi, jumla tuzish malakasi, o‘z fikrini erkin va ravon bayon eta olish ko‘nikmasi bilan chambarchas bog’liq.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga muayyan mavzular bo‘yicha ertaklar, rasmlar asosida hikoya tuzish topshirig’i ham berilishi lozim. Bunday topshiriq ustida ishlash orqali ularda mustaqillik, ijodiy faollik rivojlantiriladi. «Bizning oila», «Bahor fasli», «Qo‘g’irchoq teatrida», «Ertaklar mamlakatida», «Qo‘g’irchoqlarim-ovunchoqlarim», «Uch ayiq», «Quyonlar», «Qovoqpolvon» va boshqa mavzularda hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda qiziqtiradi. 

Jumlani to‘g’ri tuzish, tovushlarni, qo‘shimchalarni to‘g’ri talaffuz etish, yoshiga mos darajada tasviriy vositalardan to‘g’ri foydalana olishiga yordam berib boriladi. «Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari dasturi»ga binoan muayyan mavzular bo‘yicha mustaqil jumlalar tuzish, ona tiliga xos tovush, so‘zlarni to‘g’ri talaffuz qilish, nutqning ta’sirchanligiga erishish, rasmlar asosida hikoya tuzish, kichik hajmli badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish,

manzarali rasmlar asosida hikoyalar to‘zish talab etiladi. Lekin, kuzatishlar bu talablarning to‘liq bajarilmayotganini ko‘rsatadi. Vaholanki, bolalarning nutqini rivojlantirishda badiiy adabiyotning imkoniyatlari kattadir. 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiyot  namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va qo‘shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta’minlab qo‘ya qolmaydi, balki so‘z zahirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bahramand qiladi. 

«Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun dastur»da badiiy adabiyot namunalari bilan tanishish uchun tavsiya etilgan ro‘yxatdan mashg’ulotlar o‘tkazishda keng foydalaniladi. 

Dasturda qo‘shimcha adabiyotlar ham tavsiya etilgan bo‘lib, bular asosiy adabiyotlar vositasida o‘tiladigan mavzularni to‘ldirishga va mashg’ulotlarni yanada boyitishga yordam beradi. Bolalar nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida ularning lug’atini boyitish va faollashtirish, nutqining grammatik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish juda muhimdir.

Ma’lumki, bolalarning kundalik faoliyatida hikoya tuzishga yo‘naltirishda ularni so‘zlashga undamoq zarur. Masalan, «Kecha biznikida to‘y bo‘ldi» mavzusida bolalarning o‘zi tuzgan hikoyani quyidagicha yo‘naltiruvchi savollar bilan to‘ldirish mumkin. 

Sizlarnikida «Qanaqa to‘y bo‘ldi?», «To‘yga kimlar keldi?», «Sen to‘yda nima ish qilding?», «To‘y yaxshimi?», yoki bolalardan biri betob bo‘lib qoldi deylik. Sog’aygandan so‘ng maktabgacha ta’lim tashkilotsiga kelgan kuni, albatta, savol-javob bo‘ladi: «Sobir, Zokir yoki Gulchehra nima uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kelmay qo‘yding?»

— «Men kasal bo‘lib qoldim».                                                     

Shunda tarbiyachi bolani so‘zlatish, hikoya dilishga undash uchun quyidagi savollarni beradi: «Qanday kasal bo‘lding?», «Uyga vrach chaqirdilaringmi?», «Qanday davolanding?»,

Betobligingda zerikmasliging uchun senga qanday kitob o‘qib berishdi?», «Bizga ham aytib bergin-chi?». 

Bundan tashqari, mashg’ulotlar xonasi jihozlarini o‘zgartirib borish, bolalar chizgan rasmlar ko‘rgazmasi, kichkintoylar uchun kitoblar ko‘rgazmasini uyushtirish jarayonidagi dialogik yoki monologik hikoyalar ham katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Bu borada bizga bolalarning oilalari yaxshi yordam berdilar. Natijada sovg’a qilingan kitob, kasb haqida suhbat, musiqiy lahzalar, mehnat jarayoni, bolalarning oilasidagi yaqin kishilari — yozuvchi, shoir, rassom, bastakor, quruvchi, haydovchi, doktor, o‘qituvchi, chilangar va boshqalar haqida maroqli hikoyalar tuzishga sabab bo‘ldi. 

Bolalarning turli ko‘katlar, gullar bayramida gullar, yangi yil ertaligida turli hayvonlar rolida chiqishlari, qo‘g’irchoq teatri spektakli kabi turli hikoyalarda o‘z ifodasini topdi. Demak, yaratilgan sog’lom, qiziqarli muhit ma’naviy sog’lomlikning muhim mezoni — ravon nutqning ham sog’lom bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, ravon nutqning har bir talabini reja asosida bir tizimda, maqsadga muvofiq amalga oshisihini ta’minlaydi.

Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi.

Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, ohiri) haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakllantirishi zarur. Aynan ushbu ko‘rsatkich (gaplar o‘rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirishning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi.

Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog’lashning keng tarqalgan variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplarni bog’lashning eng keng tarqalgan usuli – bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, sinonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang-barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta takrorlashdan qochadi.

Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog’lashni o‘rgatishi zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga yashirinib oldi).

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o‘rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo‘yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur.

Ravon fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonatsiyasidan to‘g’ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, umuman, matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi.

Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.

Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko‘ra fikr bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: Tasvirlash, bayon qilish mulohaza, ular maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon fikrlarida kontaminatsiyalangan (aralash) ko‘rinishda uchrashi mumkin, ya’ni ularda tasvirlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo‘shilib ketadi (va aksincha).

Har xil turdagi matnlar tuzishni o‘qitishni ishlarning suhbat, o‘zining va begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tuzish va u bo‘yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli xil mashqlardan foydalanish kabi shakllarda amalga oshirish tavsiya etiladi. So‘z predmetlar, jarayonlar, xususiyatlarni nomlash uchun muhim til birligi hisoblanadi. So‘z ustida ishlash nutqni rivojlantirish borasidagi ishlarning umumiy tizimida eng muhim ishlardan biri hisoblanadi. Ona tilining lug’at tarkibini egallash  uning grammatik tizimini o‘zlashtirish, ravon monologik nutqni rivojlantirish, nutqning tovush jihatini shakllantirishning zarur shartidir. So‘zning til birligi sifatidagi ajralmas xususiyati uning mazmunidir. Insonda so‘zlarning turli ma’nolarini tushunish ko‘plab yillar davomida rivojlanadi. Pedagog so‘zdan foydalanishda semantik aniqlikni ta’minlash uchun bolani aynan bir so‘zning turlicha ma’nolari bilan tanishtirishi zarur. Bolada so‘zlar va so‘z birikmalarini matn bilan, nutqiy vaziyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish ravon fikrlarni hosil qilish, so‘zlardan erkin foydalanish va ularni mazmuniga qarab bog’lashda til vositalarini erkin tanlash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.

Narsalarning so‘zdagi ifodasi (nomi)ni bolalar ularni o‘rab turgan borliq bilan tanishish jarayonida o‘zlashtirib oladilar. Biroq, maktabgacha yoshdagi bolaning lug’ati nafaqat miqdor jihatdan o‘sishga, balki sifat jihatdan takomillashuviga (so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish, sinonimlar, antonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni qo‘llashdagi semantik aniqlik, ko‘chma ma’nolarni tushunish) muhtojdir. Agarda muayyan so‘zni qo‘llashni o‘rgatish uning mazmuni bilan bog’liq bo‘lib, so‘z ustida ishlash jarayonida assotsiatsiya asosidagi bog’liqliklar o‘rnatilsa, bolalar ushbu so‘zni tezroq o‘zlashtiradilar

Maktabgacha yoshdagi bolalar lug’atini rivojlantirishda so‘zlarni mavzuga oid guruhlarga birlashtirish tamoyili muhim hisoblanadi. Til birliklari o‘zaro bog’langan va birbiriga tobe bo‘ladi. Mavzuga oid qatorlarni tashkil qiluvchi so‘zlar umumiyligi negiz atrofida joylashadigan semantik maydon hisoblanadi. Chunonchi, ko‘p ma’noli so‘z bo‘lmish igna archasimon daraxt bargi ma’nosida quyidagi semantik maydonga kiradi: daraxt — daraxt tanasi – novdalar – yashil – momiq — o‘sadi — tushib ketadi. Aynan shu so‘z «tikuv ignasi» ma’nosida boshqa semantik qatorga kiradi: tikmoq — tikib qo‘ymoq — mato ustidan ip bilan tikmoq – ayollar ko‘ylagi — erkaklar ko‘ylagi – naqsh – o‘tkir — o‘tmas va h.k. 

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

manba