BTR, pulemyotchilar, granatamyotchilar, avtomatchilar uchun jihozlangan okop namunalarini, shaxsiy tarkib uchun yopiq o‘ralarni va qurilgan, jihozlangan transheyalarni xozirlash tartibi.

BTR, pulemyotchilar, granatamyotchilar, avtomatchilar uchun jihozlangan okop namunalarini, shaxsiy tarkib uchun yopiq o‘ralarni va qurilgan, jihozlangan transheyalarni xozirlash tartibi.

BTR, pulemyotchilar, granatamyotchilar, avtomatchilar uchun jihozlangan okop namunalarini, shaxsiy tarkib uchun yopiq o‘ralarni va qurilgan, jihozlangan transheyalarni xozirlash tartibi.

Mazkur  o‘quv  savolini yoritishda ham mashg‘ulot  rahbari taktik maydonda barpo etilgan muxandislik to`siqlari (tankka qarshi escarp, zovur, handaklar, suvli to`siqlar, tikon simli tosiqlar), shuningdek portlaydigan minali to`siqlar haqida so`zlaydi.

Mazkur muxandislik to`siqlari motoo`qchi qo`shinlarning shaxdam harakat qilishiga yo`l qo`ymasligi, minali to`siqlar esa dushmanning tirik kuchi va jangovar texnikasini yaroqsizlantirishi haqida gapirib, ularni jixozlash tartibini tushuntiradi.

Ushbu o`quv savolini yoritishda o`qituvchi multimediya materiallaridan, o`quv kinofilmlaridan ham atroflicha foydalanihi tavsiya etiladi.

Muxandislik jihatidan jihozlangan marra o‘t ochish va kuzatish uchun yaxshi sharoit yaratib beradi, shaxsiy tarkibni raqibning shikast etkazish vositalaridan himoya qiladi, jang davomida front bo‘ylab tez va yashirin manyovr qilish imkoniyatini yaratadi.

Seksiya marrasining muxandislik jixozlanishi okoplar, o‘ralar, aloqa yo‘llarini qurishni

o‘z ichiga oladi.

Dushaman bilan bevosita to‘qnashuv bo‘lmay turgan vaqtda marrani jixozlash Seksiya uchun handaqni belgilashdan boshlanadi. Bunda er o‘yuvchi mashinalardan foydalanish mumkin. Dushman bilan to‘qnashuv bo‘lib turganda marrani jihozlash o‘ziga joy kovlashdan boshlanadi.

Okoplar o‘qchilar, pulyomotchi va granatamyotchi uchun okoplarga (handoqlarga) bo‘linadi. Ularning barchasini kovlanishi yotib otish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Agar u 60 sm gacha kovlansa tizzalab otish uchun mo‘ljallangan okopga handaqga, 110 sm gacha kovlansa tik turib otishga mo‘ljallangan okop handaqqa aylanadi. Kovlashdan chiqqan tuproq old va yon tomonlarga tashlanadi va 50-60 sm balandlikka ega bo‘lgan brustver hosil bo‘ladi. Otish sektorida brustver 30sm gacha pasaytiriladi va otish uchun o‘yiqcha qilinadi. handaqning ichida o‘q-dori uchun tokcha qilinadi.

Bunday handakni qurish uchun sapyorlar kuragi bilan 1,5 soat piyodalar kichik kuragi bilan 2,5 soat vaqt sarflanadi. Pulemyotdan otish uchun mo‘ljallangan handaq 2ta yakka handaqlardan va 100x100sm li maydonchadan iborat bo‘ladi. Otish sektoridagi brustver 20sm qalinlikda bo‘ladi. Bunday handaqni qurish uchun sapyorlar kuragi bilan 2,5 soat, piyodalar   kichik   kuragi  bilan 4 soat vaqt sarf bo‘ladi. Granamyotdan otish uchun mo‘ljallangan handaq o‘qchi uchun mo‘ljallangan handaqdan yon tomonlarida va orqa tomonda brustver bo‘lmasligi bilan ajralib turadi.

PJM (BTR) larning o‘t ochish pozitsiyasi o‘t ochish maydonchasi bo‘lgan kotlavan va tushish va chiqishga mo‘ljallangan apparel hamda brustverdan iborat bo‘ladi. PJM (BTR) uchun pozitsiya Seksiyasining orqa tomonida 50 metr uzoqlikda kovlanadi. Bu esa qanotlar tomonga o‘t ochishni taominlab beradi.

Seksiya uchun okop yakka okoplarni birlashtirishdan Hosil bo‘ladi. Natijada front bo‘ylab manyovr qilish uchun, askarlar o‘zaro muloqotda bo‘lishlari uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Bu esa jangni borishida askarlarni ruhiy holatida ijobiy aksini topadi.

Seksiya uchun okopning elementlari: old va orqa brustveri bo‘lgan chuqurcha

(chuqurligi 110sm); pulemyotlar va granamyotlar uchun zahira maydonchalari va o‘qchilar (avtomatchilar) uchun yacheykalar; PJM ( BTR) ga va ort tomonga aloqa yo‘llari; o‘q-dorilar uchun tokchalar.Keyin okop (handaq)ni o‘rab turgan muhit rangiga mos tarzda niqoblanadi. Handaqni jihozlash paytida askarlar har daqiqada jang uchun tayyor turishlari kerak.

Seksiya uchun okoplardan transheya hosil qilinadi. Transheya egri chiziqli, siniq bo‘lishi kerak. Bu zarb to‘lqini va zaryad parchasidan jangchilarni zararlanishini ozaytirish maqsadida qilinadi. Transheya chuqurligi 150sm.

O‘ra chuqurligi 150sm tubining eni 60sm, uzunligi 3metr kirish qismiga ega bo‘lgan chuqurlikdir. O‘ralar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. YOpiq o‘ralar ommaviy qirg‘in qurollaridan ham himoya qila oladi.

BTR, pulemyotchilar, granatamyotchilar, avtomatchilar uchun jihozlangan okop namunalarini, shaxsiy tarkib uchun yopiq o‘ralarni va qurilgan, jihozlangan transheyalarni xozirlash tartibi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba