CHQBT bo’yicha o’quv — moddiy bazasi va ularga qo’yiladigan talablar.

CHQBT bo'yicha o'quv - moddiy bazasi va ularga qo'yiladigan talablar.

CHQBT bo’yicha o’quv — moddiy bazasi va ularga qo’yiladigan talablar.

CHQBT bo’yicha o’quv — moddiy bazasi va ularga qo’yiladigan talablar.  YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi fani O‘zbekiston Respublikasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq kiritilgan bo‘lib harbiy ta’limni o‘qitilishini majburiy davlat shakli hisoblanadi va yoshlarni O‘R QK safidagi xizmatiga tayyorlash tizimining muhim qismini tashkil etadi.CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik samaradorligi ko‘p hollarda o‘quv tarbiyaviy jarayonni qanday tashkil qilinganligiga va amalga oshirilganligiga bog‘liq Uning asosiy tarkibiy qismlari: ilmiy asoslangan o‘quv dasturlar, mashg‘ulotlarning optimal uslublari va kerakli moddiy bazalar hisoblanadi.

Dastlabki ikki tarkibiy qismlarni ahamiyatini zarracha ham inkor etmagan holda mubolag‘asiz aytish mumkinki, harbiy ta’limda hal qiluvchi o‘rinni O‘MB egallaydi. Bu birinchi navbatda CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik kursining hususiyatlari, uning ko‘p qirraliligi va amaliy yo‘naltirilganligi bilan tushuntiriladi. Masalan, qurolning o‘quv  namunasiga ega bo‘lmasdan uni o‘rganishning iloji yo‘k. YOCHQBT dasturiga ko‘ra har bir ta’lim muassasalarida O‘MBning quyidagi umumiy kompleks (majmua) elementlariga ega bo‘lishi tavsiya etiladi:

1.YOCHQBT o‘quv xonasi (laborantlar xonasi bilan).

2.Qurol-aslaha  va o‘q-dorilarni   saqlash xonasi.

3.Otish joyi (Strelkovыyy  tir)

4.Qurollarini tozalash va moylash  o‘rgatish  uchun joy.

5.Saf  tayyorgarligi  bo‘yicha  mashg‘ulotlar  uchun  maydon.

6.Vzvod bo‘yicha posbonning majburiyatlarini amaliy o‘rgatish joyi.

7.HIA  va  FH bo‘limidan    amaliy mashg‘ulotlarni    o‘tkazish   joyi.

8.Jangovar va mehnat shon-shuhrati muzeyi  (burchagi).

  1. Gimnastik shaharcha.

10.To‘siqlar  qatori  majmuasi.

11.Jangovar va mehnat shon-shuhrati xonasi (muzeyi, burchagi).

12.Ko‘chma (yig‘ma) jihozlar.

13.Vatanparvarlik tarbiyasi  bo‘yicha ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari. YOCHQBT o‘quv xonasi (laborantlar xonasi bilan).

Ta’lim muassasasining  YOCHQBT xonasi  quyidagi maqsadda  jixozlanadi:

-CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik dasturining barcha  bo‘limlarini (ko‘proq nazariy) o‘rganish uchun kerakli o‘quv-moddiy  bazani  yaratish;

  • Talabalarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi fani  bo‘yicha  olingan bilimlarni mustahkamlash  va chuqurlashtirish bo‘yicha   o‘quv      mashg‘ulotlari  va sinfdan  tashqari   tadbirlarni  o‘tkazish;

-Talabalarning vatanparvarlik tarbiyasi va ularni  harbiy kasblarga yo‘naltirish maqsadida  harbiy bilimlar va ommaviy-mudofaa  tadbirlarni  o‘tkazishni      targ‘ibot  iishlari; Harbiy  xona  asosiy  talablardan  quyidagilariga  javob berishi kerak:

-Mashg‘ulot  uchun qulay, sanitariya-gigiena talablariga javob  beradigan   priborlar,   o‘quv   ko‘rgazmali qo‘llanma va buyumlarini  saqlash  uchun  mo‘ljallangan laboratoriyali  xonaga  tutashgan;  har doim darslarni  va darsdan   tashqari   ishlarni olib borishga tayyor bo‘lish; dars jarayonida nafaqat   o‘quv,  balki tarbiyaviy masalalarni echishga yordam berish;

-Ta’limda maksimal ravishda ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash va bir vaqtning o‘zida talabalar tomonidan  mustaqil vazifalarni bajarilishi uchun  shart-sharoitlar yaratish;

-Texnik ta’lim vositalarini keng ko‘lamda tatbiq  qilishga imkoniyat yaratish;

  • CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik faniga taluqli  ro‘yxat bo‘yicha  o‘quv  adabiyotlar,  ko‘rgazmali   qurollar va  buyumlarga  ega  bo‘lish;

-Eksport  qilinadigan materiallarni ko‘rinishi va mazmuniyligini badiiy bezalgan interer bilan birga qo‘shish.

YOCHQBT  xonasi  keng va yorug‘ (54-80m2) bo‘lishi  kerak. (1-rasm )YOCHQBT  xonasi  o‘z ichiga sinf mebeli,  o‘quv-uslubiy jixozlar  va  laboratoriya  xonasi (agar joy etarli bo‘lsa), o‘quv qo‘llanmalar va texnik  ta’lim  vositalarini oladi.

Sinf mebeli quyidagilardan iborat: gorizontal yuzali o‘quv stollar va   o‘rindiqlar, harbiy  rahbar  stoli, namoyish etish  stoli,  kinoapparat va dioproektlar uchun moslamalar, sinf yozuv taxtasi, ko‘rsatgich. CHetki stollar qatori  devordan 50-60 sm  masofada bo‘lishi  kerak.

YOCHQBT  xonasi  o‘quv-uslubiy  jixozlarining asosini ta’lim dasturidagi  har bir bo‘limiga tegishli stendlar (turniklar, aylanma barabanlar) hisoblanadi. Ular quyidagi tartibda joylanadi:

  1. Kirish mavzusi
  2. Harbiy ish asoslari
  3. Otish tayyorgarligi
  4. Harbiy xizmat asoslari
  5. Amaliy jismoniy tayyorgarlik
  6. Fuqaro muhofazasi
  7. Tibbiy bilim asoslari
  8. Nazorat mashg‘ulotlari

YOCHQYOT xonasida   doskaning tepasida O‘zbekistan Respublikasi Qurolli kuchlarining Oliy Bosh k.umondoni, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining portreti, undan pastda esa O‘zbekistan Konstitutsiyasining 52-moddasi — «O‘zbekistan Respublikasini  himoya qilish — har bir O‘zbekistan fuqarosining  burchidir» — degan matn yozilgan bo‘lishi kerak.

1 — talabalar stollari, 2 — o‘qituvchining stoli, 3 — sinf doskasi, 4 — ilib qo‘yiladigan stendlar, 5 — vitrinalar, 6 — proektor uchun joy, 7 — apparaturani distansion boshkarish pulti, 8 — ekran, 9 — ish stoli, 10 — kitob javoni, 11 — kurolni tozalash va moylash uchun stol, 12 — apparatura uchun shkaf, 13 — stellajlar.

Sinf  yozuv taxtasining  o‘ng tomonida harbiy  kasamyodning ruscha matni, chap tomonida esa o‘zbekcha matni yoziladi. O‘zbekcha va ruscha qasamyodlar  matnining yuqorisiga

O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i va gerbi joylashadi.

 YOCHQBT xonasida stendlar, joylar maketi, o‘qitishning texnik vositalari, ko‘rgazmali qurollar uchun joy, harbiy nizomlar, ko‘rsatkich (ukazka), rangli mellar bo‘lishi kerak. Talabalar stollarini uch kator qilib joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Devor bilan stol chetining oralig‘i kamida 60 sm. bo‘lishi kerak. Bu oraliq talaba o‘rnidan  turib «Kad  rost»lashi uchun   imkon bo‘lishi  kerak. YOCHQBT darslarida talabalar stollarga seksiyaseksiya  bo‘lib o‘tirishadi. YOCHQBT xonasida talabalar bilan olib boriladigan taktik mashg‘ulot  joyining maketi yoki o‘quv  haritasidan olingan joy maketi o‘rnatilgan quti bo‘ladi.Bu joy maketida guruh tayanch punktining barcha  elementlari va «guruh ( seksiya)  xujumda» taktik vaziyati ko‘rsatiladi.  YOCHQBT  xonasi dasturning bo‘limlarini o‘z ichiga olgan  ctendlar  bilan    jixozlanadi. SHulardan «Harbiy xizmat asoslari» bo‘limidagi saf  tayyorgarligi mashg‘ulotlari  bo‘yicha stendlarni talabalar mashg‘ulotlar  boshlanishi arafasida  saflanadigan  joyi, ya’ni  yo‘lakka joylashtirilishi mumkin. YOCHQBT  xonasining  eshigi yaqinidagi   yo‘lakda  mashg‘ulotlar   boshlanishi arafasida  guruhni ikki qator qilib safga tortish uchun joy ajratiladi. Laboratoriya  xonasida, agarda  laboratoriya xonasi bo‘lmasa  harbiy  xonada   o‘quv priborlari, simli aloqa vositalar, texnik va  fuqaro himoyasi buyumlari ko‘rgazmali qurollarni saqlash uchun stellaj va vitrinalar jixozlanadi.Bundan tashqari YOCHQBT xonasi oynalardagi  pardalarni   avtomatik yoki yarim avtomatik  ochib  yopadigan moslama  va ekran  bilan ham jixozlanadi.

Qurol-aslaha  va o‘q-dorilarni saqlash xonasi. 

Qurol-aslaha  va o‘q-dorilarni saqlash xonasi o‘quv  quroli, kichik kalibrli miltiqlar va ularning  o‘q  dorilarini olish, saqlash  va  hisobini yuritishni tashkil  qilish  Yo‘riqnomasiga muvofiq   jihozlanadi. U ta’lim  muassasasiga  berilgan o‘quv quroli, kichik kalibrli miltiq va ularning  o‘q  dorilari  hamda o‘quv qurol-aslahalarning but saqlanishi  va ehtiyot qilinishini ta’minlash uchun  mo‘ljallangan. YOCHQBT uchun  mo‘ljallangan individual himoya vositalari,  radiostansiyalar  radiatsion va kimyoviy  razvedka asboblari va boshqa   o‘quv buyumlari   laborant yoki harbiy  xonalarda (alohida) saqlanishi  kerak.

Agar  qurolni saqlash xonasi quroldan  tashqari  qurol aslahalar va boshqa  ro‘y xatdagi buyumlarni joylashtira  olsa, unda u ichki devor (temirli panjara) hamda eshik bilan ajratilishi kerak.  Xonaning yaqin qismida individual himoya  vositalarini, radiostansiya, radiatsion va kimyoviy  razvedka asboblarini va boshqa  ro‘yxatdagi buyumlarni  saqlash  mumkin. Ichki devor orqasida (panjara) o‘quv quroli  o‘quv qurol-aslahala, kichik kalibrli miltiqlar  va  ularning  o‘q-dorilarini,  pnevmatik  qurollar va ularning  o‘qlari saqlanadi.

Xona quyidagi talablarga javob berish kerak:

  • boshqa qo‘shimcha xizmat  xonalaridan mustahkam devorlar bilan ajratilgan pishiq  va  mustaxkam  pol, devor, tom, shiftga ega bo‘lishi;
  • ikki tomonidan 1,4-1,6 mm qalinlikdagi ruhlangan (otsenkovannыm) tunuka bilan qoplangan 40 mm qalinlikda  bo‘lgan taxtali tashqi  va diametri 15 mm dan  kam bo‘lmagan  alohida armaturadan  bo‘lgan ichki  panjarali    mustahkam va ishonchli   eshiklar bo‘lishi;
  • Deraza oynalarida  diametri  15 mm bo‘lgan  stal tayoqchalardan temir (stal) panjaralar bo‘lishi. Birinchi qavatda joylashgan qurol saqlash  xonalarida  panjaralardan tashqari  metali yoki ikki tomondan ruhlangan (otsenkovannыm) tunuka  bilan qoplangan taxtali ichki  to‘siqlar  bo‘lishi, derazaning  ichki to‘siq va  eshiklari  qulflanadigan, suriladigan tirgagichlar  bo‘lishi, ular  muxrlanadigan  yokii plombalanadigan bo‘lishi;

-ichki ishlar organilarining markazlashtirilgan kuzatuv pultiga chiqadigan qo‘riqlash signaliga  ulanishi yoki yaqindagi qo‘riqlash postiga ulanishi, ta’lim  muassasasi   binosining tashqi tomonida o‘rnatilgan baland ovozli   bong yoki sirenali  mustaqil (avtanom) signal bilan jixozlangan bo‘lishi;CHQBT bo’yicha o’quv — moddiy bazasi va ularga qo’yiladigan talablar.

-yong‘inni o‘chirish vositalariga ( ognetushitel) ega bo‘lish.  Xonada   o‘quv       otish quroli yoki kichik kalibrli miltiqlar javoni (piramida) yoki seyf, kichik kalibrli  o‘q-dorilarni saqlash  qutisi, radiostansiya uchun stellaj (tokchalar)o‘rnatiladi.

Otish joyi (Strelkovыyy  tir)

Otish joylari (strelkovыyy  tir)- bu kichik kalibrli miltiqlardan nishonlarga qarata otishga mo‘ljallangan maxsus jixozlangan qurilma yoki joy qismidir. Otish  joylari (strelkovыy  tir) orqa tomondan otish chizigi, oldindan o‘qni tutib qoluvchi qatlam va val bilan, yon tomonlardan esa o‘qning tashqariga uchib chiqib ketishini to‘sib turuvchi devorlar bilan to‘silgan bo‘ladi.   Otish  joylari (strelkovыy  tir) lar  ochiq,  yarim yopiq va yopiq bo‘lishi mumkin. SHuningdek, soddalashtirilgan temir (stal) beton yoki metall trubalardan 25 m. yoki 50 m.li tirlar bo‘lishi mumkin. Otish  joylari (strelkovыyy  tir) shunday qurilishi kerakki, atrofdagilar uchun to‘la xavfsizlik ta’minlangan bo‘lishi, odamlar va hayvonlarning otish zonasiga quqqisdan kirib qolishining oldi olingan bo‘lishi kerak. Ushbu shartlarning bajarilishiga maxsus tarx, himoya devorlari, ayvoncha, o‘q tutkichlar o‘rnatish orqali erishiladi. Otish  joylari (strelkovыy  tir)   otish zonasi va otuvchilarni tayyorlash uchun xonalardan iborat bo‘ladi.Otish zonasida  dastlabki  holat va o‘t ochish marralari yaqqol ko‘rinib turadigan chiziqlar va yozuvlar yozilgan ko‘rsatkichlar bilan belgilab ko‘yiladi. O‘t ochish marrasida otuvchilar uchun  tayanib  otish  uchun tayanchlar (qum yoki qirindi to‘lg‘azilgan qopchalar mavjud bo‘lishi kerak.Otuvchilar uchun xonada o‘zlarining bilimlarini va amalmy ko‘nikmalarini takomillashtirishlari uchun o‘quv joylarini tashkil qilinadi. Buning uchun otish vaktida xavfsizlik choralari; kichik kalibrli miltikdan otish uchun  tayyorgarlik mashqini hamda Kalashnikov avtomatidan boshlang‘ich mashqni bajarish sharti haqida ko‘rsatmalar qo‘yilgan shitlar joylashtirilishi lozim.

otish  zonasi; 4-otish  o‘nalishidagi  o‘q  tutqich; 5-mishenlar.(-ramda  faqat otish joyining boshqa  turlariga nisbatan  ko‘proq  foydalanilayotgan yarim  yopiq  turining sxemasi  ko‘rsatilgan,  kengroq  materiallarni «YOCHQBT bo‘yicha O‘MB  jihozlash  bo‘yicha  o‘quv  qo‘llanma»ga qaraladi).

Barcha o‘q otishni mashq qilish joylari (strelkovыy  tir) o‘q otish paviloni va  o‘t  ochish zonasidan tashkil topgan. Otish pavilonini  kattaligiga ko‘ra turli vazifani bajaruvchi bino kompleksi (kutish, qurol tozalash  xonasi,  otuvchilarni  tayyorlash sinfi,  xojat xona va yuvinish  xonasi) bo‘lishi mumkin.  Bu binolarning  soni  va o‘lchamlari,  otish joyini  turiga, kattaligiga va uni  loyihalashtirish  va  qurish  shart-sharoitlariga bog‘liq.

 O‘t ochish  chegarasi.

O‘t  ochish chegarasi – bu o‘t ochish  liniyasi bilan o‘q tutqich  orasidagi joylashgan nishonga o‘q  bilan  uradigan   bo‘shliqdir. U ustki va yon  tomondan  o‘q o‘tkazmaydigan  to‘siqlar bilan to‘liq  yoki qisman yopilgan bo‘lishi  mumkin. O‘q otishni mashq  qilish  joylari 25 m va 50 m bo‘lishi  mumkin. Ularda o‘q otish kursining quyidagi eslatmalari ilib qo‘yiladi: -avtomatdan boshlang‘ich mashqlarni bajarish shart-sharoitlari va  xususiyatlari; — o‘q otishda havfsizlik choralari.

Bundan  tashqari, o‘q otishni mashq  qilish  joyida mahalliy sharoitni hisobga olgan holda xavfsizlik choralari  haqidagi ishlab  chiqilgan  yo‘riqnoma, o‘q otish rahbarining majburiyatlari va kichik kalibrli miltiqdan o‘q otish mashqini bajarish shart-sharoitlari ko‘rsatilgan stendlar ilib qo‘yiladi. O‘q otishni dastlabki vaziyatini va o‘q ochish marrasi  yaxshi ko‘rinadigan chiziq yoki kerakli yozuvli   taxtachalar bilan belgilanadi.

Qurollarni tozalash va moylashni o‘rgatish uchun joy.

Qurolni tozalash va moylashga o‘rgatish uchun joy  (strelkovыyy tir) ning  o‘qchilarni tayyorlash xonasida jixozlanadi. Undan otish tayyorgarligi bo‘limi bo‘yicha  mavzularni o‘rganishda foydalanish mumkin. Agar  ta’lim  muassasalarida  otish joyi bo‘lmasa, uni  YOCHQBT  xanasi  bilan tutash  bo‘lgan laborant xonasida yoki qurol saqlash xonasi yonida jixozlash mumkin.Kurolni tozalash va moylashga o‘rgatish uchun joy (3-rasm) quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qurolni  yoyish, tozalash, moylash va yig‘ish uchun maxsus stol; qurolni tozalash va moylash tartibi bayon kilingan shit (shitda tozalashda va moylashda ishlatiladigan anjomlar va materiallar namunalari joylashtiriladi); qurolni asrab-avaylash va ko‘rikdan  o‘tkazish buyicha eslatma bayon kilingan shit,   qurol moyi  to‘lgazilgan idish; toza  latta (mato) va  qiyqimlar solingan metall kuti.Kurolni tozalash va moylashga o‘rgatish bevosita Harbiy rahbar

(CHQBTO‘) ning  nazorati ostida o‘tkaziladi.

sm. Qurolni tozalash va moylash uchun joy. 1-stolning qopkog‘i;   2-stol;  3-vetosh;   4-moy  idishni solish uchun quticha.

Saf  tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar  uchun maydon.

Saf  tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar  uchun maydon YOCHQBT bo‘yicha o‘quvmoddiy bazalarning ichida  eng asosiylaridan biri  hisoblanadi.  Talabalar bilan saf tayyorgarligi buyicha barcha mashg‘ulotlar maxsus jixozlangan maydonda o‘tkaziladi. Bu  ta’lim muassasasi  xududida jixozlanadi va asfalt yoki beton bilan koplangan, tekis bo‘lishi shart. Maydonchaga oq buyok bilan 4-rasmda ko‘rsatilganidek belgi va shakllar chiziladi.

Maydonchaning perimetri buyicha xar 80sm.dao‘tkazilganchiziqlar shaxdam qadam bilan yurishni mashq qilishga mo‘ljallangan va u qadamning kengligiga mos keladi. Maydonchaning perimetri buyicha chizilgan aylanalar kad rost xolatida tug‘ri turishni va joyda turib burilishlarni mashq qilish uchun mo‘ljallangan. Aylanalarni to‘rt qismga bo‘lish,mashg‘ulot rahbariga talabalar joyda turib burish mashqlarini bajarayotganlarida oyoqni to‘g‘ri qo‘yishlarini nazorat qilishga imkon beradi.4×4 m. o‘lchamdagi katta kvadratlar xarakat chog‘ida burilishni mashq qilishga mo‘ljallangan.Saf tayyorgarligi buyicha mashg‘ulot maydonining perimetrini 48 m. yoki 60 qadam bo‘lishi mashg‘ulot rahbariga talabalarda shaxdam qadam bilan yurish tezligini tenglashtirish imkonini beradi (saf nizomiga muvofiq qadam tezligi minutiga 110-120 qadam).  Maydon   perimetri buylab qurol bilan  va qurolsiz qad  rostlab turish, joyda turib va xarakatda burilish, shaxdam qadam bilan yurish, joyda turib  va xarakat vaqtida harbiycha salom berish kabi tasvirlar tushirilgan 70×150 sm.li shitlar o‘rnatiladi. Maydon bitta sinf bilan mashg‘ulot o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.CHQBT bo’yicha o’quv — moddiy bazasi va ularga qo’yiladigan talablar.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba