CHQBT fani bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazilishida qo’llaniladigan shakl va uslublar.

CHQBT fani bo'yicha mashg'ulotlarni o'tkazilishida qo'llaniladigan shakl va uslublar.

CHQBT fani bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazilishida qo’llaniladigan shakl va uslublar.

O‘quv yurtlarida o‘quv savol, harbiy pedagogik fani yutuqlari va uning tarkibiy qismididaktika asosida tuziladi. Didaktika (grekcha o‘rgatuvchi) bu ta’lim va ma’lumot nazariyasini ishlab chiqadigan pedagogika tarmog‘i. Harbiy didaktika – bu harbiy ta’lim va ma’lumot nazariyasini ishlab chiqadigan harbiy pedagogika tarmog‘i. U ta’lim jarayoni qonuniyatlarini o‘rgatadi, prinsiplarini shakllantiradi, uslublarini aniklaydi va kuzatadi. Ta’limning tarbiyaviy axamiyatini o‘rganadi, undan foydalanishning yanada samarali yo‘li ma’lumot bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarni, jarayoni, natijasi va vositalarini aniqlaydi. Ma’lumot jarayoni va natijasi bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish. Ma’lumot olishning asosiy yo‘li ta’lim hisoblanadi.

Ta’lim –bilim, qobiliyat, ko‘nikmalar va bilish faoliyatini berish va o‘zlashtirish jarayoni, bu ikki taraflama jarayon: bir tarafdan unda ta’lim beruvchi (o‘qitish), boshqa tarafdan esa ta’lim oluvchi (o‘qish) o‘qitish va o‘qish chambarchas o‘zaro bog‘liq va o‘qitishning yutug‘i bir xilda ikki taraf harakati va faoliyatiga bog‘liq. O‘qishga istagi bo‘lmaganni o‘qitib bo‘lmaydi. Demak, o‘quv jarayoni talabalarda istak uyg‘ota oladigan darajada ko‘rilishi kerak.

Ta’lim jarayoni asosiy mazmuni bilim berish va o‘zlashtirishdir. Agar bilimlar amaliy faoliyat asosini tashkil etsa, qobiliyat va ko‘nikmalarni aniqlaydi. Demak, ta’lim jarayonining mazmuni ikkinchi belgisi moxiyatiga ko‘ra bilimlarni amalda tadbiq qiladigan qobiliyat va ko‘nikmalarni berish va o‘zlashtirish hisoblanadi. CHuqur nazariy tayyorgarlik yuqori amaliy malaka bilan mustahkamlanishi kerak.

O‘quv ishini tashkil etish asosiy shakli talabalar nazariy bilim oladigan dars hisoblanadi. Darsni yaxshi tashkil etish, uni qiziq va ko‘rgazmali, yuqori g‘oyaviy va ilmiy ko‘rgazmada o‘tkazish har bir o‘qituvchi uchun majburiy talablar hisoblanadi.

Harbiy rahbar guruh bilan nazariy materialni o‘tadigan darslardan tashqari harbiy xona va joylardagi amaliy malg‘ulotlar, o‘q otish, taktik, saf mashg‘ulotlari , harbiy sport o‘yinlari  ekskursiyalar (harbiy qism va muzeylariga), o‘zbek xalqi inqilob, jangovor va mexnat shuxrati joylariga yurishlar, tashkil qilingan o‘quv kinofilmlar teatr tomosholarini ko‘rsatishlar keng tadbiq etiladi.

Sinf (nazariy) mashg‘ulotlarini hal qilinadigan va shu bilan birga ba’zi bir aqliy va sensor ko‘nikmalar shakllanishi mumkin bo‘ladigan dars turidagi mashg‘ulotdir. Har bir bunday mashg‘ulot asosiy talablari deb yuqori g‘oyaviylik, hayot va talabalar amaliy faoliyati bilan chambarchas bog‘liqlikni hisoblash lozim.CHQBT fani o’tkazilishida qo’llaniladigan uslublar

Sinf mashg‘ulotlari qism qoidalari, o‘q otish nazariyasi, qurol va texnika qismlari, ommaviy yakson etish quroli asosiy ma’lumotlari va bir qancha maxsus va harbiy-texnik tayyorgarlik savollarini o‘rganish maqsadida olib boriladi.

CHaqiriqqacha tayyorgarlik darslarining quyidagi asosiy turlari mavjud:

1.Nazariy ma’lumotlar beriladigan yangi bilimlarni berish darsi.

2.Bilim va qobiliyatlarini mustaxkamlash darsi amaliy mashg‘ulot shaklida, joy, safda yurish maydonchasi, harbiy xonada o‘tkaziladi.

3.Bilim va qobiliyatlarni tekshirish darsi. U og‘zaki savol-javob, nazariy (yozma) ishlar yoki amaliy mashg‘ulotlar (safardagi ko‘rik, qurol bilan usullarni bajarish va xokazo), nazorat ishlari va mashqlarni o‘z ichiga oladi.

4.Qo‘shma dars harbiy ta’lim tizimida eng keng tarqalgan dars turi, u boshda dars turlariga oid belgilarning barcha yoki katta qismini tashkil etadi: yangi bilimlarni berish, tekshirish, mustaxkamlash va boshqalar.

O‘smirlar chaqiriqqacha tayyorgarligi dasturida  nazariy,  amaliy, namunaviy,  taktik, taktik-saf  nazorat  mashqlari  joy  olgan.CHQBT fani o’tkazilishida qo’llaniladigan uslublar

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba