CHQBT o’quv dasturining talablari, CHQBTning ta’lim muassasalari va MSSLdagi hajmi va vazifalari.

CHQBT o'quv dasturining talablari, CHQBTning ta'lim muassasalari va MSSLdagi hajmi va vazifalari.

CHQBT o’quv dasturining talablari, CHQBTning ta’lim muassasalari va MSSLdagi hajmi va vazifalari.

CHQBT o’quv dasturining talablari, CHQBTning ta’lim muassasalari va MSSLdagi hajmi va vazifalari.  YOshlarni  harbiy xizmatga tayyorlash o‘zbekiston respublikasi qonunlari asosida tashkil etiladi va olib boriladi.

CHQBT jarayonida quyidagilarni egallashlari kerak:

  • O‘zbekiston respublika konstitutsiyasi qoidalarini o‘zlashtirib olish;
  • Qurolli kuchlar vazifasi, ularning xususiyatlari va xarakterlarining harbiy xizmatdagi ahamiyati;
  • O‘zbekiston respublika fuqarosining muqaddas burchi, harbiy qasamyodning asosiy talablari, qurolli kuchlar nizomini tushunib olish;
  • Harbiy qism qurollari va harbiy texnikasi, shaxsiy tarkibning hayoti va joylashishi bilan tanishib olish;
  • YOshlarni tayyorlash hajmida zarur harbiy bilim va amaliy mahoratlarga ega bo‘lish;
  • Fuqarolar himoyasi asosini o‘zlashtirib olish va kelajakda qurolli kuchlar safiga chaqiriladigan o‘smirlar qisqa vaqt ichida zamonaviy qurollanish, harbiy texnikani egallab olishlari uchun fuqaro himoyasi asoslarini o‘zlashtirish va ommaviy qirg‘in kurolidan himoyalanish ko‘nikmalarini egallash;

Yigitlar uchun CHQBT ga o‘quv yurtlarida 140 o‘quv soati ajratiladi.

Qizlarga fuqarolar muhofazasi va tibbiy bilimlar asoslari uchun 70 soat ajratiladi.

Mashg‘ulotlarni talabga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash uchun va nizom talablarini bajarish, talabalarga amaliy ko‘nikmalarni singdirish maqsadida har bir sinf, o‘quv guruhi  guruh deb nomlangan va uch bo‘limga bo‘linadi. Talabalardan  ta’lim muassasasi direktori buyrug‘i bilan  ta’lim muassasasi rahbari tomonidan  guruh va bo‘lim komandirlari tayinlanadi.

CHQBT bo‘yicha mashg‘ulotlar komandir tomonidan  guruh saflash va mashg‘ulotga tayyorgarligi haqida hisobot berish bilan boshlanadi. Talabalarni komandalarni to‘g‘ri bajarish, safda tartibni saqlash, saf tortishga o‘rgatish odatda harbiy rahbar, instruktor ishtirokida amalga oshiriladi.

Hisobot shakli: «o‘rtoq leytenant (harbiy rahbar) 2 — chi  guruh 20 ta kursantlardan iborat bo‘lib, taktik tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarga saf tortdi.  Guruh komandiri – talaba….».

Hisobot bergandan so‘ng  guruh komandiri qo‘lini bosh kiyimidan tushurmay (agarda u bosh kiyimida bo‘lsa), chap (o‘ng bilan) oyog‘i bilan chetga bir qadam qo‘yib bir vaqtning o‘zida o‘ngga (chapga) qayriladi va mashg‘ulot rahbarining oldinga o‘tkazib yuborib, uning orqasidan bir-ikki qadam orqaga va safning tashqi tomonidan boradi.

Hisobot qabul qilib, mashg‘ulot rahbari safning o‘rtasiga boradi, ulardan uch-to‘rt qadam narida to‘xtab, safga qarab yuzi bilan turadi va talabalar bilan salomlashadi «salom (kursant) askarlar, talabalar». Talabalar salomga baland ovoz bilan, aniq va birgalikda javob beradilar «salom o‘rtoq leytenant».

Mashg‘ulotlarda har doim tartib va intizom saqlanishi kerak. Harbiy rahbar talaba bilan munosabatda bo‘lganida u darhol o‘rnidan turadi va «rostlan» holatini bajaradi, o‘zini tanishtiradi: «falonchi talaba». Agar mashg‘ulot rahbari talabaga familiyasini aytib murojaat qilsa, u «men» deb javob qaytaradi. O‘tirishga ruxsat olib, talaba «xo‘p bo‘ladi» deydi va tez shovqinsiz o‘z joyiga o‘tiradi. Talaba harbiy rahbarga murojaat etishida qo‘lni ko‘taradi va ruxsat olganidan keyin o‘rnidan turadi «rostlan» holatini qabul qiladi, o‘zini tanishtiradi va savol beradi.

O‘quv joylarida instruktor talabaga murojaat qilganda yoki aksi talaba o‘zini tanishtiradi: «xizmatga tayyorgarlik ko‘ruvchi axmedov» yoki «xizmatga chaqiriluvchi axmedov».

Mashg‘ulotlar (dars) tugagandan so‘ng  guruh komandiri mashg‘ulot rahbari ruxsati bilan «rostlan» yoki «turilsin, rostlan» komandalari beriladi. Mashg‘ulot rahbari «xayr talabalar» deydi. Talabalar birgalikda «salomat bo‘ling, o‘rtoq leytenant» (harbiy rahbar) deb javob qiladilar va «erkin» komandasi berilganidan so‘ng harbiy kabinetdan oldin harbiy rahbarni o‘tkazib yuborib chiqadilar, tunda  ta’lim muassasasi chiqish yoki kirish joyiga kelib, «erkin, tarqal» komandasi beriladi.

Talabalar mashg‘ulotlarga tayyorlanib va  ta’lim muassasasida ko‘rsatilganicha kiyingan bo‘lib kelishlari kerak,  ta’lim muassasasida kiyinish tartibi safida tekis va kalta soch bilan yurish tavsiya etiladi.

Yil fasliga qarab kiyinish formalari turlicha bo‘lishi mumkin, masalan: № 1-harbiy xona (sinfda) mashg‘ulotlar uchun — bir tusdagi shim, kostyum, ko‘ylak, galstuk, tufli (past poshnali) yoki maktab formasi; №2-safda mashg‘ulotlar o‘tkazish — shu kabi, ya’ni №1 variantdagi va bundan tashqari bosh kiyimi; №3 — safda, dala sharoiti va mashg‘ulot o‘tkaziladigan maydonda ish kiyimi formasi (kurtka, shim), bosh kiyimi; №4 — sport zalida zamonaviy tarbiya mashg‘ulotlari — sport oyoq kiyimi va shu kabi.

Harbiy kiyimda yurish — harbiy rahbar, zaxiradagi ofitserlar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazish paytlarida majburiy hisoblanadi. amaliy mashg‘ulotlar boshlanishi oldidan tartib qoidalari va o‘rganilayotgan savollar bo‘yicha harakatlarda xavfsizlik choralari qisqacha bayon etiladi.

Mashg‘ulotlarga tayyorlanishda (darsga) mashg‘ulotlar rahbariga quyidagilar tavsiya  etiladi:

— mavzu va o‘quv savollarini aniqlab olish;

— o‘quv va tarbiyaviy maqsadlari, o‘quv savollarini ishlab chiqish, ilgari o‘rganilgan materiallarni o‘zlashtirish darajasini tekshirish, o‘tkazish bo‘yicha mashg‘ulot va savollarni ma’naviy ta’minlash;

— mashg‘ulotga muvofiq nizom boblari, ko‘rsatmalar, o‘quv va boshqa amaliyotlarni o‘rganib chiqish;

— usul (xarakatlar)ni bajarishda mashq qilib olish; — uy vazifasini belgilab olish.

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi va moddiy ta’minlanishi oldindan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Amaliy taktik saf tortish, tematik mashg‘ulotlarga tayyorlanishda mashg‘ulot rahbari yordamchilari bilan instruktaj o‘tkazadi (texnik sharoitni mashq qilish), talabalar bilan uslub va harakatlarni qay tartibda o‘rganishni ko‘rsatadi, ularga bu uslub va harakatlarni to‘g‘ri bajarishga o‘rgatadi.

Mashg‘ulotga tayyorlanish (dars) mashg‘ulot reja-konspektini tuzish bilan yakunlanadi. Mashg‘ulot (dars) kirish, bir-biri bilan bog‘liq asosiy va yakuniy qismlardan tashkil topadi. Kirish qismida  guruh saf tortadi, mashg‘ulot rahbariga axborot beriladi, talabalar tashqi ko‘rinishi ko‘zdan o‘tkaziladi va ular bilan ilgari o‘rganilgan material o‘zlashtirish darajasi tekshiriladi. Har bir saf tortishda  guruh rahbari safning to‘g‘ri va tekisligiga e’tiborni qaratadi, safda intizom saqlanish, safda turish nizomi talablariga muvofiq safda turish va saf tortishda talabalar vazifalarini bajarishlari va kamchiliklarni bartaraf etishga erishishi kerak. bundan tashqari muloqotlarning bu qismida ular bilan bo‘sh o‘zlashtirib olingan safdagi uslublar va komandalar bajarilishi mashq qilinadi. Buning uchun 5 daqiqa ajratiladi. Ilgari o‘tilgan materiallarni tekshirish talaba-larga savol berish va uslub va harakatlarni bajarishlarini tekshirish, javoblariga baho berishdan iborat bo‘ladi (amaliy usul, harakat).

Mashg‘ulotlar asosiy qismi mashg‘ulot mavzusi va maqsadlari ma’lum qilingandan so‘ng o‘quv savollari mazmuniga qarab, yangi material bilan tanishtiriladi va mustahkamlanadi yoki usul, harakatlarga o‘qitiladi yoki baravar ikkalasi o‘tiladi. yangi materialni mustahkamlash savol-javob o‘tkazish va usul harakatlarini bajarish orqali butun materialni yoki bir qancha asosiy savollarni bayon etishdan so‘ng o‘tiladi. usul va harakatlarga, o‘qitish, odatda, belgilangan tartibda olib boriladi.

Mashg‘ulot rahbari usul va harakatlarni umumiy namuna qilib ko‘rsatib beradi, shundan so‘ng talabalarni uning belgilari bo‘yicha o‘rganib olish tartibi bilan tanishtiradi, 1-belgisi bajarilishini tushuntirib ko‘rsatadi va o‘qishga kirishadi, uslubni (harakatni) o‘rganib olish sekinlashtirilgan suratda boshlanadi, bunda asosiy e’tibor uni to‘g‘ri bajarilishiga qaratiladi, keyinchalik mashq surati oshirilib boriladi, usullarni (harakatlarni) belgilarga bo‘lib o‘rganib olinganidan so‘ng rahbar usulni umuman bajarishni o‘rgatishga o‘tadi.

Mashg‘ulotlar yakuniy qismida ularning natijalari mujassamlashtirilib, talabalar mashg‘ulotda bajargan ishlariga baho beriladi, javob va harakatlaridagi kamchiliklari ko‘rsatiladi, yaxshi javob berib mashqni to‘g‘ri bajargan talabalar ko‘rsatilib o‘tiladi, zarur bo‘lsa uyga topshiriq beriladi hamda navbatdagi mashg‘ulot mavzusi va kiyinish formasi ma’lum qilinadi.CHQBT o’quv dasturining talablari, CHQBTning ta’lim muassasalari va MSSLdagi hajmi va vazifalari.

CHQBT bo‘yicha o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mashg‘ulotlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishi umumta’lim maktablaridan farqi harbiy rahbar ishning o‘ziga xosligidadir. bu farq talabalar individual va yoshi xususiyatlarining hisobga olinishida ifodalanadi.

O‘rta maxsus  ta’lim muassasasi qiz va yigitlari bir-birlaridan rivojlanishi, nazariy tayyorlanganligi, umumiy tarbiyaviyligi, xayotiy tajribasi, qiziqishlari va b. bilan farq qiladi. pedagogik jamoa bunga alohida e’tibor berishi kerak.

Ayniqsa, 15-16 yoshli talabalar imkon boricha yanada ko‘proq turli ma’lumot va bilimlar olishga intilishi, balki  ta’lim muassasasi ijtimoiy hayotida ishtirok etish istagida ifodalanadigan yuqori ijtimoiy faollik ko‘rsatadi.

Mashg‘ulotlarning o‘ziga xosligi shundaki, harbiy rahbar mashg‘ulotlarni ko‘p sonli guruhlar bilan tashkil qilishi va o‘tkazishi kerak, bu ba’zida ortiqcha og‘irlikka olib keladi. shunda mazkur  ta’lim muassasasi zahiradagi zobit yoki bu vazifani uddalay oladigan boshqa fan o‘qituvchilarini chetdan soat haq to‘lashga ko‘ra CHQBT o‘qituvchisi lavozimiga ishga taklif qilishga haqli.

CHQBT bo‘yicha harbiy-vatanparvarlik tarbiya va o‘quv jarayonini tashkil qilishda qishloq xo‘jaligi hamda qurolli kuchlar safida xizmat qilish uchun mazkur  ta’lim muassasasida mutaxasislarni tayyorlash yo‘nalishi nazarda tutilishi kerak, ya’ni faoliyat turiga ko‘ra (aviatsiya sanoati, radio sohasi bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlash) ish yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

Ilgari aytganimizdek o‘qish vaqti bir yildan uch yilgacha bo‘lganligi uchun o‘rganiladigan mavzular hajmi ham shunga mos o‘rganiladi. bir yillik dastur bo‘yicha 70 soat, 2 yillik va undan ko‘proq dastur uchun CHQBT to‘la hajmi o‘tkaziladi. Harbiy vatanparvarlikda tarbiyalash va CHQBT bo‘yicha o‘quv jarayonida ushbu  ta’lim muassasasida mutaxasislar tayyorlash sohasi hisobga olinishi kerak. birinchi mashg‘ulot savolini yakunlashda rahbarga har bir mashg‘ulot talabalarda ma’naviy-siyosiy sifatlarini tarbiyalash, vatanni himoya etish bo‘yicha o‘z burchini bajarishga tayyorlash, ularda o‘quv mavzulari hajmida qurolli kuchlar nizom talablariga muvofiq axloq va harakatlar ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerakligini talabalarga tushuntirish tavsiya etiladi.CHQBT o’quv dasturining talablari, CHQBTning ta’lim muassasalari va MSSLdagi hajmi va vazifalari.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba