Dala-o’quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va mashg’ulotlar o‘tkazish uslubiyoti.

Dala-o'quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va mashg'ulotlar o‘tkazish uslubiyoti.

Dala-o’quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va mashg’ulotlar o‘tkazish uslubiyoti.

Dala-o’quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va mashg’ulotlar o‘tkazish uslubiyoti.  DO‘M ni  muvofaqiyatli o‘tkazish, uni  o‘z  vaqtida  o‘tkazish va    moddiy  ta’minlanishiga  bog‘liq. SHu  qatorda  mashg‘ulotlarni  sifatli  o‘tkazish  majburiyati  yuklatilgan  harbiy rahbar (CHTO‘) larning  mashg‘ulotlarni  o‘tkazish  uchun    uslubiy   tayyorgarligiga katta  ahamiyat beriladi.

Tayyorgarlik  jarayonida   harbiy rahbar quyidagi  ishlarni  bajarishi shart: 

o‘quv  dasturini  va  muvofiq  adabiyotlarnio‘rgani  chiqishlari; barcha  mavzular  bo‘yicha mashg‘ulot  o‘tkazish tartibini  va  uslubini  aniqlashlari;  mashg‘ulot  o‘tkazish  joyini  ko‘zdan  kechirib  chiqishlari;  mashg‘ulotni  moddiy  ta’minlanishini  tashkil  etishlari;har  bir  mashg‘ulot  uchun konspekt-rejasi, ko‘rsatmali  yozuvlar  tuzishlari; o‘quvchilarga  shaxsan  o‘zi  namuna  bo‘lib  ko‘rsatishi  kerak  bo‘lgan o‘sul  va  harakatlarni  mashq  qilib  olishlari; O‘quv  joylarida o‘z  yordamchilariga  ko‘rsatmalar  berishlari (o‘qituvchi, gurux va  seksiya  komandirlari).

DO‘Mrini  o‘tkazish  uchun  tayyorgarlik  ko‘rishga   uzoq  vaqt   talab  qilinishini  hisobga  olib,  tajribali   harbiy rahbar tayyorgarlikni  o‘quv   joyiga  chiqishdan  bir  muncha ilgari  boshlab  yuboradi.

O‘quv  yilining boshlanishidan  oldin  harbiy rahbar haftalik  rejani  tuzishda ichki fanlar bog‘liqligini  e’tiborga olib, mavzularni  o‘tish  tartibini shunday  belgilashi  kerakki,  DO‘Mrini  boshlanishiga qadar  o‘quvchilar  mustahkamlanishi va takomillashuvi zarur bo‘lgan  ma’lum  bir  bilim  va  malakalarni  egallagan  bo‘lishlari  kerak.

Harbiy  tayyorgarlikning  tamoyillariga  amal  qilgan holda harbiy rahbar o‘quvchi  yoshlarga     QK  tarkibidagi  xizmat  jarayonida  juda  qo‘l  keladigan  usul  va  harakatlarga  o‘rgatishi,   ularda  malaka  va  ko‘nikmalarni  hosil  qilish lozim.

Harbiy rahbar uchun   DO‘M da dasturning «Harbiy  ish  asoslari»  bo‘limidagi  mashg‘ulotlarni  o‘tkazish boshqa  bo‘limlarga  nisbatan qiyinroq  kechadi. Mashg‘ulotlarni o‘quv  savollariga  muvofiq  keladigan, avvaldan  tayyorlanib  qo‘yilgan o‘quv joyida o‘tkazish  zarur.

«Harbiy  ish  asoslari»  bo‘limidagi mashg‘ulotlarni yuqori  sifatini    ta’minlash   uchun  gurux  tayanch  punktiga(yoki  seksiyani egallaydigan  pozitsiyasiga), tikanli  sim  tortilgan  devorlarga (bir qatorli,  uch  qatorli), devor stenkasiga, uy maketiga, ag‘nab  yotgan  dov-daraxtlarga, chuqurliklarga (varonki), xar xil to‘siqlarga, to‘sin va  nishonlarga,  zaxarlangan  xududdan  belgi  beruvchi  ko‘rsatgichlar va jang  maydonida  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  boshqa  elementlarga  ega  bo‘lish  kerak.

«Harbiy  ish  asoslari»  bo‘limidagi  mashg‘ulotlar Quruqlikdagi  qo‘shinlarning  jangovar  nizomining  talablariga  muvofiq  o‘tkazilishi  shart.

Bu  mashg‘ulotlarning  asosiy vazifasi  o‘quvchilarni  askarning xujumdagi, mudofadagi, razvedkadagi  harakatlarini va  dushmanning tanklariga  qarshi  kurashishni, samalyot  va vertalyotlarga   qarshi avtomatdan  o‘t  ochish  usullarini o‘rgatishdan  iborat. Bunda  ta’lim  berishning  asosiy  uslubi  bo‘lib  qisqacha  tushuntirish  bilan ko‘rsatish va xar  o‘quvchini  mashq  qildirish  hisoblanadi. Mashg‘ulotning  o‘quv  savollari  elementlar  bo‘yicha  o‘rganiladi. Elementlarning  xar  biri o‘quvchilar  tomonidan  to‘g‘ri, aniq  va  tez bajarilishiga  qadar  mashq  qilinadi. Undan  keyin  o‘quv  savoliga  ta’luqli  qolgan  harakatlar  to‘liq  bajariladi.Dala-o’quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va mashg’ulotlar o‘tkazish uslubiyoti.

Qarama-qarshi (dushman) tomonni bildiruvchi  kam va zarur  miqdordagi  nishonlar, maketlar, ko‘rsatuvchi  belgilar,  agar  imkoni  bo‘lsa,  unda  imitatsiya  vositalari  bilan  belgilanadi. Har  bir  o‘quv  savoli  mashq  qilingandan  keyin    tahlil    o‘tkaziladi.

Mashg‘ulot  rahbarining  mashg‘ulot  rejasi  o‘z  ichiga  mavzudagi     harakat  sxemalarini  ham  oladi.

O‘quv  maydoniga  chiqishdan  oldin  o‘quvchilarning  mashg‘ulotga  tayyorgarligi  va

moddiy  vositalarning   yaxlitligi   tekshiriladi.

Mashg‘ulotni  oromgohdan  chiqilishi  bilan  boshlash  tavsiya  etiladi.  Mashg‘ulot joyiga     harakatlanish  uchun ketadigan  vaqtdan  mavzu  mazmuniga  doir  mashq,  usul  va  harakatlarni  o‘rganish   uchun  foydalaniladi. Mashg‘ulot joyida mashg‘ulot  rahbari mavzu va uning maqsadini, birinchi  o‘quv savolini e’lon  qilib  uni mashq  qilish  tartibini tushuntiradi, keyin  taktik  vaziyatni yuzaga  keltirib, qisqacha  qilib  jangavar   vazifa  qo‘yadi,  ana  shundan  keyin  birinchi o‘quv  savolini  elementlari  bo‘yicha  mashq  qilishga  kirishadi.  Manna  shunday  ketma-ketlik  tartibida  qolgan  barcha  nazarda  tutilgan  o‘quv  savollari  mashq  qilib  o‘rganiladi.

 Harbiy rahbar (CHTO‘)ni  DO‘M o‘tkazishda  MIB va harbiy  qismlar  bilan   o‘zaro  hamkoliklari  to‘g‘risida  to‘xtalib  o‘tish  zarur. YOCHQBT nizomiga (1994 y.) asosan    okrug, garnizon  boshliqlari, MIB bilan  birgalikda   ta’lim  muassasalariga   yoshlarni  chaqiruvga  qadar  boshlang‘ich  tayyorgarligi,  ommaviy-sport ishlarni va boshqa  vatanparvarlik  tarbiyasi  bo‘yicha  tadbirlarini  tashkil  etish  va o‘tkazishda  otaliq tashkilot  sifatida  harbiy  qismlarni  buyruq  bilan  biriktirib  beradi.

Harbiy  qismlar komandirlari  va shaxsiy  tarkib  bilan ishlash  bo‘yicha  komandirning  o‘rinbosarlariga, oliy  im  muassasalarining  harbiy kafedrasi  boshliqlariga,  shuningdek, fuqaro  himoyasi  kurslariga   ta’lim  muassasalaridagi    yoshlarni  chaqiruvga  qadar  boshlang‘ich  tayyorgarligi  va  vatanparvarlik  tarbiyasi  bo‘yicha  tashkil  etiladigan va  o‘tkaziladiga  ishlarga  otaliq  tashkilot  yordamini  ko‘rsatish  majburiyati  yuklatilgan.

Ular yig‘in qatnashchilari bilan  jangovor  va  siyosiy  tayyorgarlik  a’lochilari  o‘rtasida  uchrashuvlar  o‘tkazadilar,  o‘quvchilarga shaxsiy tarkibni  hayoti  va  faoliyati, turmush  tarzi, jangovor  texnika va qurol-yarog‘i  bilan  tanishtiradilar. Otish  maydonlarini, tirlarni, o‘quv  maydonlarini, imitatsion  vositalarni, o‘q-dori va  qurol-yarog‘larni  hozirlaydilar, otaliq yordami  tartibida  avtomatdan  jangovar  o‘q-dorilardan  otish  mashg‘ulotlarini  o‘tkazish  uchun  ofitser va  serjantlardan  ajratadilar.

Harbiy rahbar  DO‘Mni tashkil  etish  va o‘tkazishda  MIB, shu  qatorda, ta’lim

muassasasiga otaliq tashkilot sifatida  biriktirilgan  harbiy  qismlar  bilan      hamkorlik a’loqasini   juda  yaqindan o‘rnatishi  lozim  bo‘ladi.  DO‘Mga   jalb  qilingan o‘qituvchi, harbiy  qismning  ofitser  va  serjantlari bilan yig‘in  mavzulari bo‘yicha uslubiy-yo‘riqli mashg‘ulotlarni MIB ofitserlari  rahbarligida  o‘tkaziladi.

Bunday  mashg‘ulotlarda o‘z  navbatida harbiy  qism   ofitserlari  harbiy rahbar bilan birgalikda mashg‘ulotlarni olib  borish  uslublarini ishlab  chiqadilar. Bu  o‘z-o‘zidan  mashg‘ulotni  o‘tkazish  jarayonida  ayrim  o‘z-aro  tushunmovchiliklarga  barham  beradi.

Harbiy rahbar harbiy  qism   ofitserlari  bilan hamkorligini   otish  tayyorgarligi bo‘yicha «Avtomatdan o‘t  ochish» mavzusi  misolida  ko‘rib  chiqamiz.

Ma’lumki  avtomatdan  o‘q  otish faqat  maxsus  jihozlangan harbiy  qismlarning  otish  joylarida yoki  tirlarda  o‘tkaziladi. O‘quvchilar otish  joyiga  chiqqunlariga  qadar   harbiy rahbar ular  bilan  otish  joyidagi  tartib  qoidalarni, shuningdek, hafsizlik choralari bo‘yicha  otish  kursi   qoidalarini bir-bir  o‘rgatib  chiqishi shart. Otishni  boshqarish  uchun  zarur  bo‘lgan  naryad va  tajribali  ofitser  tayinlanadi. Har  bir  o‘quvchining  o‘q  otishga  tayyorgarligini harbiy  qism   ofitserlari  tomonidan  harbiy rahbar ishtirokida  tekshiruvdan  o‘tkaziladi. O‘q otishga  faqat  avtomat  bilan  ishlash  malakasini  egallagan,  otish  mashqini  o‘zlashtirgan  va  otish   qirg‘og‘idaga tartib,  qoidalarni   bilgan  o‘quvchilargagina  ruxsat  etiladi.

Otish  vaqtida  otish joyining orqa  tomonidagi  hafsiz xududlarda  ofitser  yoki

tajribali  serjant  raxbarligida  o‘quv  dasturi  bo‘yicha o‘quvchilar  bilan  otish  tayyorgarligidan   mashg‘ulotlar  o‘tish uchun   o‘quv  joylari  tashkil  etiladi. O‘q  otishda  asosiy  e’tiborni hafsizlikni  ta’minlanishiga  qaratiladi. Jangovar  qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni bevosita tir yoki otish  joyining o‘ziga, jangovar  o‘q-dorilar bilan  ta’minlash  joyiga(punktы boepitaniya) etkazilib  beriladi.

Jangovar qurol-yarog‘lar  o‘q-dorilar bilan ta’minlash  joyidan (punktы boepitaniya) o‘q  otish  rahbarining  yordamchisi tomonidan  beriladi, o‘q otish  yakuniga etgandan  keyin  qurolyarog‘ va  o‘q-dorilar yana  unga  qaytarilib   topshiriladi.

O‘quvchilarga  jangovar  o‘qlarni  berilishi,  o‘q va gilzalarni  hisob-kitobi qat’iy ravishda  otish  kursi  talablariga  muvofiq olib  boriladi. SHu  bilan  birga   o‘q  tarqatuvchini  serjant yoki yaxshi  tayyorgarlikka  ega  askardan  tayinlanadi. O‘q  otish  harbiy  qism  bazasida,

MK «Vatanparvar»    va  sport  tashkilotlarining tirlarida o‘tkazilgan  taqdirda  o‘quvchilar  bilan  jangovar quroldan otish mo‘ljallangan  qurol-yarog‘ va  o‘q-dorilar otish  vaqtida  MIB  tomonidan  etkazib  beriladi, yoki     harbiy  qism  komandiri  bilan  kelishilgan  holda   harbiy  qism  ixtiyorida  bo‘lgan qurol-yarog‘ va  o‘q-dorilardan  foydalaniladi.

Bunday  sharoitlarda o‘q otishga  bevosita  raxbarlikni  MIBning  eng  tajribali  ofitserlari  harbiy rahbar ishtirokida  amalga  oshiradilar. Ularga yordamchi  tariqasida o‘q otishni  tashkil  etish  va  o‘tkazishda  MK  «Vatanparvar»   instruktorlari    tayinlaniladi.

Harbiy rahbarga DO‘Mni  tashkil  etishda   va  o‘tkazishda, shuningdek, kundalik  nazoratini amalga  oshirishda  uchraydigan  muammolarni  hal  qilish, o‘z  vaqtida  amaliy  yordam ko‘rsatish uchun tuman (shahar)  MIB tomonidan  vakil  tayinlanadi.  Harbiy rahbar (CHTO‘)lar bunday  imkoniyatdan  unumli  foydalanishni  payidan  bo‘lishlari  kerak  bo‘ladi.

Yig‘in yakunlangandan  keyin  harbiy rahbar MIBga yig‘in  o‘tkazilganligini  o‘quvchilarni  sonini  va  avtomatdan  otishning boshlang‘ich   mashqini  bajarilish  natijalarini  aks ettiruvchi  hisobat berishi  shart.

Hulosa  o‘rnida  aytish  mumkinki  keyingi  vaqtlarda  harbiy rahbar DO‘Mni   o‘tkazish imkoniyatini  topa  olmayabdilar. Kuzatuvlar  natijasiga  ko‘ra  bunday  muammoga  deyarli  ko‘pchilik  ta’lim  muassasalari duch  kelgan. Buning  albatta muayyan  sabablari  mavjud. Ushbu   sabablar quyidagicha  bo‘lishi mumkin: Birinchidan  bunga  manfaatdor tashkilotlarning  e’tiborsizliklari va  moddiy  jihatdan ta’minlamasliklari;  Ikkinchidan    harbiy rahbar (CHTO‘)larni bu  sohada  mutaxasis  emasliklari  va o‘z  majburiyatlarini  bilmasliklari, shuningdek, ularning o‘zlarida  bunday  ishlarga hohish istakning  yo‘qligi. Uchinchidan  ta’lim  muassasalarining rahbarlari harbiy rahbar (CHTO‘)larni DO‘Mni   o‘tkazish bo‘yicha faoliyatlarini nazoratga  olib qo‘llab-quvvatlamasliklari   va  eng asosiysi  yuqori  turuvchi  barcha  manfaatdor tashkilotlar  raxbarlarning bu   tadbirni nazoratdan  chetda  qoldirishlari. SHunga  qaramay hozirgi  kunlarda  yoshlarni  chaqiruvga  qadar  boshlang‘ich  tayyorgarligini o‘qitilish  sifati  taboro  yaxshilanib  bormoqda. Dala-o’quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va mashg’ulotlar o‘tkazish uslubiyoti.

YAngi  o‘quv  dasturini ishlab chiqilishi, o‘quv  qo‘llanmalarni  chop  etilishi, harbiy  sport yo‘nalishidagi «SHunqorlar» o‘yinini Respublika  miqyosida  sovrinli  o‘rinlar  bilan  o‘tkazilishi  bunga  misol  bo‘ladi. Ayniqsa  bu  sohada  mutaxasis kadrlarni  etarli va sifatli darajada  tayyorlashni yo‘lga  qo‘yilishi  tahsinga  sazovor ishlardandir.

Dala-o’quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va mashg’ulotlar o‘tkazish uslubiyoti.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba