Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi.

Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi.  

Jahon amaliyoti shuni ko’rsatadiki, xususiylashtirish bu — iqtisodiy islohotlarning tamal toshidir. Boshqa yosh mustaqil davlatlardan farqli o’laroq O’zbekistonda o’tish davrida xususiylashtirishni vau-chersiz amalga oshirishga qaror qilindi. Xususiylashtirish jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun 1992-yil fevralida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo’mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda uning vazifalari o’zgartirilib, u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat Qo’mitasi deb atala boshlandi. Ushbu Davlat Qo’mitasi maqomining o’zgarishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi, zero u xususiylashtirishning ikkita g’oyat muhim vazifasini bajarar edi.

 

O’zbekiston vaucher tizimidan voz kechgani uchungina emas, balki xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag’lar tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun berilishi jihatidan ham o’ziga xos, o’z yo’liga ega bo’lgan davlat sifatida ko’zga tashlandi.

Yana shuni aytish lozimki, tadbirkorlikni rivojlantirishning hu-quqiy asosini vujudga keltirish, qonunlar majmuini yaratishni tashkil qilishni uyushtirish uchun Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo’mitasi tuzildi.

O’zbekistonda ko’p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga ay-landi. Sirdaryo shoyi to’qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o’tib ishlay boshladi. Bu yerda to’plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi.

Davlat mulkini xususiylashtirishning Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillari eng avvalo mahalliy xususi-yatlar va talablarni hisobga olganligi, tag-zaminli va asosliligi, ayni paytda hozirgi zamon ilg’or tajribalariga mos kelishi bilan alohida ajralib turadi. Buni nimalarda ko’rish mumkin?

 

Birinchidan, xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma’lum mafkura manfaati uchun xizmat qilmasligi lozim. Chunki xususiylashtirish eng avvalo, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mantig’iga mos bo’lmog’i kerak edi. O’zbekistonda davlat «bosh islohotchi» vazifasini amalga oshirar ekan, uning xusu-siylashtirishni o’zi boshqarib borishi ko’zda tutildi. Shuning uchun O’zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g’oyasidan voz kechildi. Bu boradagi muhim xulosa shundan iborat bo’ldiki, davlat mol-mulki faqat yangi mulkdorga sotish yo’li bilangina mulkchilik-ning boshqa shakliga aylantirila boshlandi.

 

Ikkinchi tamoyil shundan iborat bo’ldiki, xususiylashtirishga dasturiy yondashuvni ta’minlash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi. Shuning uchun 1991-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko’ra mulkchilik shakllarini o’zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo’yildi.

Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo’nalishlarni belgilash imkonini beradi.

Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonala-rini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 19921993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo’ldi. Bu jarayon vaqt o’tgani sayin ko’paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995-yilda 8584 ta, 1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo’ldi.

Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira xususiylashtirildi yoki O’zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o’rtacha 4,7 kishi bo’lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi.

1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chu-qurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog’onaga ko’tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi.

Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalarni ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayon-ga aholini va chet ellik investorlarni kengroq jalb qilish jarayonini avj oldirish vazifasi qo’yildi.

Qimmatli qog’ozlar va ko’chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi. Davlat mulkini sotish bo’yicha kimoshdi sav-dolari va tanlovlari o’tkaziladigan bo’ldi.

Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi.

Dehqon xo’jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo’jaligi paydo bo’ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi.

Mustaqillikning o’tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o’zida kichik va xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko’paydi. 1997-yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi.

1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Agar 1993yilda jami korxonalarning 39,4 foizdan ortig’i dav-latga tegishli bo’lmagan korxona bo’lsa, 1994-yilda bu ko’rsatkich 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi.

Agar 1993-yilda xalq xo’jaligida band bo’lgan aholining 48 foi-zi nodavlat sektorida ishlagan bo’lsa, ayni paytda ularning 70 foizi mazkur sektorda faoliyat ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mahsuloti hajmining yarmidan ko’pi, qishloq xo’jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining 61 foizi nodavlat sektori hissasiga to’g’ri keladi.

Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro’yxatdan o’tgan kichik va xususiy korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib 160,1 ming birlikka yetdi, bu esa respublika hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan ortiq respublika fuqarosi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni — 1,4 barobar, fermer xo’jaliklari soni — uchdan bir hisobida ko’paydi. Bu borada izchil siyosat olib borilishi tufayli 2007-yilning 1-yanvar holatiga ko’ra, respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350 mingtaga yetdi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 foizni tashkil etmoqda. 2006-yilning o’zida ushbu so-hada qo’shimcha ravishda 290 mingta yangi ish o’rni yaratildiki, bu ko’rsatkich mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig’ini tashkil etadi.

Xususiy sektor, kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish-ning faol harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo’q. Shuning uchun yaqin yillar ichida mulkchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga oshirish va himoyalash uchun yanada kuchliroq kafolatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli dasturni amalga oshirish kerak bo’ladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, bularning barchasi o’zining ijobiy na-tijasini berdi. Faqat 2006-yilning o’zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo’shimcha ravishda 290 ming yangi ish o’rni yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig’ini tashkil etadi.

Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsi-yalashish negizida kasanachilik faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish o’rni tashkil etildi.

paxta tolasini chuqur qayta ishlash bo’yicha ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag’batlantirish qishloq joylarida o’zaro hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish korxonalarning moliyaviy holatini mustahkamlash ish haqi va aholi daromadlarining o’sishi

Katta sarmoya, mablag’ talab qilinmaydigan kasanachilikni yo’lga qo’yish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh va uskunalar qo’lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berildi. Natijada 60 ming odam, 60 ming oila qo’shimcha daromadga ega bo’ldi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy davlat, demokratik, adolatli jamiyat qurish-ga kirishdi.

 

Birinchi Prezident I. Karimov o’zining «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» nomli kitobida yozganidek, «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratil-gan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi… Xuddi shu masalani hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtisodiy munosabatlar poydevoriga birinchi g’isht qo’yildi. Ushbu masalaning davr talablariga muvofiq muvaffaqiyatli hal etilishi respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qo’yadigan asosiy omildir».

Tub islohotlar O’zbekistonda tabiatiga ko’ra sof siyosiy, huquqiy yoki iqtisodiy mohiyatini yo’qotmagan holda ma’naviy, ruhiy-axloqiy qadriyat darajasiga ko’tarilganligi sababli mamlakatning ham, barcha fuqarolarning ham hayotida mukammal, yetuk hodisa sifatida iz qoldirmoqda. Iqtisodiy islohotlarning ma’naviy mazmuni tobora chuqurlashmoqda.

Chunonchi: Bozor munosabatlariga o’tish — hayotiy yetuklik va sabrmatonatni sinovdan o’tkazuvchi o’ziga xos imtihondir.

Jumladan, fermer xo’jaliklari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni qayta ishlashga ixti-soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi, qishloq xo’jaligi sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish, transport xizmati, mahsulotlarni qadoqlash, joy lash va eksport qilish hamda shu kabi boshqa xizmatlar ko’rsatish bo’yicha ishlab chiqarish va bozor infra-tuzilmasi shakllanmoqda.

Dehqon xo’jaliklari faoliyati tubdan o’zgarib bordi. 1998-yilda go’shtning 90 foizi, sutning 92 foizi, sabzavot va kartoshkaning 70 foizdan ortig’i, poliz ekinlari va uzumning yarmidan ko’pi, respublikada yetishtirilayotgan mevalarning 61 foizi shaxsiy yordamchi xo’jalik deb atalmish xo’jaliklarda tayyorlandi.

Mulkdorlar sinfini shakllantirish davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish bilan bevo-sita bog’liq. Xususiylashtirish va kichik biznesni rivojlantirish ja-rayoni natijasida hozirgi paytda xususiy korxonalar respublikadagi korxonalarning umumiy sonidan 46 foizni, aksionerlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar — 12 foizni, jamoa mulki kor-xonalari — 6 foizni, fermer xo’jaliklari — 14 foizni tashkil qiladi. Ak-siyalash respublikada o’rta va yirik korxonalarni xususiylashtirishning asosiy shaklidir. 1999-yil 1-yanvarga kelib O’zbekistonda 9400 aksionerlik jamiyatlari ro’yxatga olindi, bunda barcha aksiyalarning uchdan bir qismidan ortig’i aholiga tegishli, bu esa yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish jarayonida aholi keng qatlamlari ishtirokining muhim shaklidir.

Xususiy sektorni kengaytirish, kichik biznes, fermer xo’jaliklari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi.

2005-yilda davlat korxonalarini butunlay, shuningdek, davlat aksiya paketlarini asosan xususiy mulkdorlarga sotish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada 980 ta obyektdan 902 tasi xususiy mulkka aylantirildi. 2000-2005-yillar davomida jami 4 ming 660 ta korxona va obyekt xususiy mulkdorlarga sotildi.

Masalan, Samarqand choy qadoqlash fabrikasi, «Ohangaron-sement», «Buxoro-gips», «Parkent-suv-qurilish» aksiyadorlik jamiyatlari kabi yirik korxonalar to’lig’icha xususiy mulkdorlarga sotildi.

Xususiylashtirish jarayonining so’nggi yillardagi o’ziga xos ji-hati davlat aktivlari va aksiya paketlarining nolga teng xarid qiymati bo’yicha to’liq hajmda sotilayotganida namoyon bo’lmoqda.

2003-2006-yillar mobaynida 396 ta korxona va obyekt 43,2 milliard so’mlik investitsiya kiritish majburiyati bilan nolga teng xarid qiymatida sotildi. Nizom jamg’armasida davlat ulushi bo’lgan xo’jalik subyektlari soni 2001-yildagiga nisbatan uch barobar qis-qardi.

2007-yilga kelib mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 76 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig’i, qishloq xo’jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektor ulushiga to’g’ri kelmoqda. Nodavlat sektorda 77 foiz yoki iqtisodiyotda band bo’lgan kishilar-ning to’rtdan uch qismi mehnat qilmoqda.

Yagona soliq to’lovlarining joriy etilishi munosabati bilan soliq idoralariga taqdim etiladigan soliq hisob-kitoblari bo’yicha hujjatlar soni 10 barobar qisqardi.

Nazorat idoralarining xo’jalik subyektlari va tadbirkorlik obyektlarini tekshirish natijalari bo’yicha qabul qilgan barcha qaror-larini sud idoralari orqali amalga oshirish tartibi o’rnatildi.

Bunday tartib o’z-o’zicha mazkur subyektlarga nisbatan turli sanksiyalarni qo’llashni ham tubdan o’zgartirish, ya’ni uni sud qaro-ri bilan o’rnatishni belgilab beradi.

Shunday qilib, xo’jalik subyektlari faoliyatidagi o’zaro masala va talablarni turli darajadagi davlat boshqaruvi idoralarida ko’rish va hal qilish kabi o’z umrini o’tab bo’lgan amaliyotga butunlay barham berish borasida qat’iy qadamlar qo’yildi. Bugun bunday masalalar, huquqiy demokratik davlatlarda bo’lganidek, istisnosiz ravishda sud orqali hal etiladi.

Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish masalalari eski zamon illati bo’lgan byurokratik boshqa-ruv tizimini bartaraf etish bilan bevosita bog’liq ekanini isbotlab o’tirishning hojati yo’q. Tan olish kerakki, respublikada amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar markaz va joylardagi boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirishga sezilarli ta’sir qildi, boshqaruv xodimlari va ularning faoliyati bilan bog’liq xarajatlarni ancha qisqartirish imkonini berdi.

2001-2008-yillar mobaynida boshqaruv xodimlarining umumiy soni 75 ming kishiga yoki 35,5 foizga, jumladan, respublika organlari bo’yicha 21 foiz, mahalliy boshqaruv organlari bo’yicha 63,5 foiz, xo’jalik boshqaruv organlari bo’yicha 30,5 foizga qisqartirildi.

 

Xususiylashtirish, xususiy mulkni mustahkamlash, kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo’jaliklari tashkil etish va tadbirkorlikni rag’batlantirish hisobidan mamlakatimizda demokratik jamiyatning asosi va tayanchi sifatida o’rta sinf amalda shakllanmoqda.

Birinchi navbatda bu o’z kuchi va imkoniyatiga tayanib yashaydigan, o’zini, oilasini boqayotgan va davlatga ham katta naf keltira-yotgan, o’zining mustaqil tijorat ishiga ega bo’lgan mulkdor tadbir-korlardir.

mavzular

manba