Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

Davlat va jamiyat qurilishi tizimi.  Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:

  • davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
  • qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda tubdan oshirish;
  • siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish.

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:

  • davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish;
  • mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha vazifalarni amalga oshirishda o’zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
  • «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan va aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:

  • xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy etish;
  • jamoatchilik nazoratini amalga        oshirishning         zamonaviy          shakllarini

rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;

  • fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
  • mahalla institutining jamiyat       boshqaruvidagi    o’rni va          faoliyati

samaradorligini oshirish;

  • ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish.
  1. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari.
  2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:

  • sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
  • sudyalarga g’ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish;
  • sudning mustaqilligi va beg’arazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
  • «Xabeas korpus» institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
  • sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
  • sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:

  • fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko’rib chiqishda sansolarlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo’lish holatlariga yo’l qo’yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko’rish;
  • sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
  • fuqarolarning xususiy mulkka bo’lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
  • fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta’minlash;
  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.

2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish:

  • jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;
  • odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini yaxshilash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish;
  • jinoyat, fuqarolik va      xo’jalik       ishlarini      ko’rib         chiqish          tartibini

takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instantsiyalarni qisqartirish;

  • elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:

  • jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
  • diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;
  • korruptsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korruptsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;
  • aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro samarali hamkorligini tashkil etish.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

  • huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularning sabab va omillarini bartaraf etish;
  • sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini o’qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish;
  • huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo’yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
  • huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash.

2.6. YUridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish:

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;
  • advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqishda advokatlaring o’rni va nufuzini oshirish;
  • notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.

Davlat va jamiyat qurilishi tizimi

mavzular

manba