Munadarija
Dinаmik аntrоpоmеtriya.
Odam harakatlanganda sirtdan o’lchangan nuqtalar orasi masofalar uzluksiz o’zgarib turadi. Kiyim o’lchamlari tana o chamlaridan kichik bo’lsa, bu qismlarda gazlama tortishib qok va kiyim gavdaning sirti bo’ylab siljiydi. Odam bunday kiyim o’zini noqulay sezadi. Kiyim uning harakatlarini chekl qo’yadi. Gavda o’lchamlari kiyim o’lchamlaridan kichik bo’h gazlama erkin joylashadi, burma va qat-qat taxlar hosil bo’ladi.Dinаmik аntrоpоmеtriya.
Statik holda o’lchangan o’lcham belgilari statik o’lcha belgilari deyiladi. Boshqa holatlarda, ya’ni dinamik harakat h latida olingan o’lchamlar dinamik o’lcham belgilari deyiladi.
Statikada va dinamikada o’lchamlar bir xil nuqtalar orasii olinadi. Ilmiy tekshirish korxonalarida olib borilgan ishlar asos da dinamik belgilarni aniqlash qo’llanmasi ishlab chiqilgan. Bu qo’llanma bo’yicha quyidagi masalalar yechiladi: antropometrik nuqtalarni tanlash, harakatlar kompleksini aniqlash, gavdaning dinamikada o’lchanadigan joylarini tanlash, alohida o’lcham-larning o’lchov kattaliklarini dinamikada aniqlash, kiyimni ando-zalashda qo’shimcha kattaliklarni hisobga olish. Dasturni ishlab chiqishda va harakat komplekslarini tanlashda, ularning eng ko’p uchraydiganlarini tanlash zarur. Eng ko’p uchraydigan harakat komplekslari 19 ta (46-rasm).
Harakatlar kompleksini tanlashda va dasturni ishlab chiqishda antropometrik nuqtalararo odam tanasi sirti bo’ylab masofalar o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatuvchi holatlarni tanlab olish ke-rak. A.P. Rogova tomonidan tavsiya qilingan harakat komplekslari yelkali kiyimlarni loyihalashdagi kabi bel kiyimlarini loyihalashda ham tananing o’lcham belgilari o’zgarishini kuza-tish imkonini beradi.
Bular nafas olish, boshni egish, tanani egish, qo’llarni ko’-tarish, qo’llarni yon tomonga uzatish, qo’llarni bukish holatlari-da sodir bo’ladi (47-rasm).
O’lcham belgilarining dinamika va statika holatlarida necha foiz o’zgarishi 15-16-jadvallarda ko’rsatilgan. Bunda 8 ta kom-pleks harakatlarda qanday o’lchov belgilari o’zgarishga duch keli-shini ko’rish mumkin.
Ko’p yillar davomida antropologlar o’lcham belgilarini o’rga-nib kelgan, lekin yengil sanoatda ilmiy tekshirish ishlari natijasi-da foydalanilmagan. Chunki, yengil sanoat mutaxassislari oldiga qo’yilgan masalalarni antropologlar e’tiborga olmagan. Oxirgi vaqtlarda shu yo’nalishda ko’p ilmiy tekshirish ishlari olib borilib, natijalaridan kiyimlarni loyihalashda foydalanilmoqda.
Bolalar harakat komplekslari kattalarga nisbatan juda ham murakkab bo’lib, yoshiga qarab har xil bo’lishi mumkin.Dinаmik аntrоpоmеtriya.
Harakat komplekslari | ||||
N° | Harakat nomi | Pozitsiya | ||
1 | Chuqur nafas olib asosiy statik holatda turish | I | ||
2 | Korpusning va boshning orqaga to’liq tashlanishi | II | ||
3 | Bosh oldinga egilib, iyak ko’krakka tegadi | III | ||
4 | Boshning to’liq chap va o’ngga burilishi | IV | ||
5 | Qo’llarning orqaga tashlanishi | V | ||
6 | Qo’llar pastga tushirilgan holda korpusning 45° burchak ostida polga egilishi | VI | ||
7 | Korpusning tizza bukilmagan holda qo’llar pastga tushirilib, to’liq egilishi | VII | ||
8 | Qo’llarni kaftlar bir-biriga tekkan holda gorizontal oldinga ko’tarilishi | VIII | ||
9 | Qo’llarning gorizontal oldinga cho’zilishi | IX | ||
10 | Qo’llarning yon tomonlarga gorizontal ko’tarilishi | X | ||
11 | Kaftlar bir-biriga tekkan holda qo’llarning yuqo-riga ko’tarilishi | XI | ||
12 | Qo’llar 90° burchak ostida tirsak bo’g’inida buki-lib, qo’llar va kaft oldinga gorizontal yo’naltirilgan | XII | ||
13 | Mushaklarning maksimal tortilishida o’tkir burchak ostida qo’llarning tirsakda bukilishi | XIII | ||
14 | Qo’llar pastga tushganda kuraklarning maksimal yaqinlashishi | XIV | ||
15 | Sagittal tekislikda parallel qo’llarning aylanma harakati | XV | ||
16 | Gorizontal tekislikda o’tirgan holda oyoqlarning cho’zilishi | XVI | ||
17 | O’tirish, bo’ksa tos-bo’ksa bo’g’imida 90° burchak ostida, shuningdek, boldir bo’ksa bilan 90° burchak ostida bukilgan bo’ladi. | XVII | ||
18 | Oyoqlar tizzada 45° burchak ostida bukilgan holda o’tirish | XVIII | ||
19 | Qo’llar 90° burchak ostida tirsak bo’g’inida buki-lib, gorizontal tekislikda joylashgan | XIX | ||
Muallif: H.I.Yodgorova.