Dinshunoslik faniga kirish.

Оглавление/Munadarija

Dinshunoslik faniga kirish. 

Dinshunoslik faniga kirish.   Globallashuv natijasida roʼy berayotgan millatlar, irqlar, dinlararo muloqotning oʼziga xos ahamiyat kasb etishi kontekstida, dinlarni oʼrganish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Аyni damda, Yer kurrasining baʼzi mintaqalarida diniy asosdagi kelishmovchilik oʼchoqlarining alangalagani, shuningdek, baʼzi noxolis tadqiqotchilar tomonidan dinlar oʼrtasidagi toʼqnashuv “nazariya”larining ilgari surilishi din va bagʼrikenglik masalalari bilan shugʼullanuvchi dinshunoslik fanining yangi bosqichga koʼtarilishiga sabab boʼldi.

Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning oʼz dini, urf-odatlari va anʼanalari mavjud. Аna shu qadriyatlar xalqlarning yurishturishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda din asosiy omil boʼlib hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini oʼrganishda ularning diniy qarashlari, eʼtiqod va diniy amaliyotlarini eʼtibordan chetda qoldirish mumkin emas.

“Dinshunoslik” fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bogʼliq ravishda tahliliy oʼrganadi.

“Dinshunoslik” fanini oʼqitishdan maqsad – talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urugʼ-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini zamonaviy ilmiy kontseptsiyalar asosida chuqurroq oʼrgatish. Shuningdek, mustaqillik yillarida Oʼzbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan oʼzgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bagʼrikenglik madaniyatini shakllantirish yoʼlida qilinayotgan muhim oʼzgarishlar, yangiliklar haqida maʼlumotlarni berish koʼzda tutilgan.

Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng maʼlumot olish, ularning qadriyatlarini oʼrganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada dinshunoslik fani izchillikda rivojlana boshladi.Dinshunoslik faniga kirish.    Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiymaʼnaviy merosni oʼrganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo boʼldi. 

“Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki koʼr-koʼrona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan oʼrnini ilmiy jihatdan, maʼnaviy hayotning bir boʼlagi sifatida yondoshib oʼrganadi.  “Dinshunoslik” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

  dinning jamiyatga ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy taʼsiri haqida bilimlar berish; 

  ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari taʼlimotlari haqida maʼlumot berish;

  dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish;

  jamiyatni maʼnaviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish;

  dunyoviy davlat va dinning oʼzaro munosabatlarini yoritib berish;

  missionerlik va prozelitizmning mohiyati xususida tushuncha berish;

  diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi gʼoyaviy immunitetni shakllantirish; — kibermakon va unda din omili xususida maʼlumot berish;

  Oʼzbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan oʼzgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yoʼlida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish.

“Dinshunoslik”fanining amaliy ahamiyati shundaki, u talabalarda islom va boshqa dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash, boshqa dinlarga va ularning vakillariga hurmat bilan munosabatda boʼlishni tarbiyalaydi.

“Dinshunoslik fani boʼyicha talabalarning bilimi, uquvi va koʼnikmasi uchun quyidagi muhim talab, vazifalar qoʼyilgan:

Birinchidan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning oʼzbek xalqining maʼnaviy merosi, dini, jumladan, islom dini qadriyatlari, milliy gʼoya, milliy mafkura haqida bildirgan fikr va mulohazalar, taʼrif va tavsiflarni mazkur fanni oʼrganishda nazariy asos qilib olish;

Ikkinchidan, Oʼzbekiston Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida”gi yangi tahrirdagi qonun va boshqa qonuniy hujjatlarda din masalasi yuzasidan belgilangan inson huquqlari, turli diniy tashkilotlar huquqlari va majburiyatlarini bilish;

Uchinchidan, “Dinshunoslik” asosiy fanlar qatorida oʼqitilishi, din, dindorlar va diniy tashkilotlarga nisbatan davlat tomonidan adolatli siyosat oʼrnatilishi, fuqarolar uchun vijdon erkinligining konstitutsion kafolatlanishi mustaqillik sharofati ekanligini tushunib yetish;

Toʼrtinchidan, qonunga hurmat hissini, faqat oʼzining emas, balki boshqalarning ham diniy his-tuygʼulari bilan hisoblashish lozimligini, oʼz shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan oʼtkazish, turli norasmiy diniy mazhab va guruhlarga jalb etish gʼayriqonuniy xatti-harakat ekanligini, jamoat joylarida diniy masalalarda zoʼravonlik, mutaassiblikka, agressivlikka yoʼl qoʼyish mumkin emasligini chuqur tushunib yetish;

Beshinchidan, “Dinshunoslik” fanining boshqa gumanitar fanlar bilan birga rivojlanishini nazarda tutgan holda, oʼzi qoʼlga kiritgan soha yutuqlaridan ushbu fanni oʼzlashtirishda foydalanish.

Dinshunoslikning tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bogʼliqligi dinshunoslik nazariyasini boyitishga xizmat qiladi.

Dinshunoslik fani suyanuvchi ilm turlaridan biri bu – tarixdir. Tarix, makon va zamon tayin qilgan holda oʼtmishdagi voqea–hodisalarni oʼrganuvchi bir ilm turi boʼlishi bilan birga, moziy va hozirdagi dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan Dinlari tarixiga yaqindan koʼmakchi boʼladi.

Dinni oʼrganishda falsafa ilmining alohida oʼrni bor, boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jihat bu, falsafa ilmidagi hukm berish, xulosa yasash xususiyatidir. Аna shu tomonlama ular yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqyosda foydalanadi va bu natijalar sababli bir qancha hukmlarni chiqaradi.

Psixologiya, avvalo, insonga oid boʼlgan hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan oʼrganadi.

Dinshunoslik fanida psixologiya dinning psixologik jihatini, dinning inson ruhidagi asosiy xususiyatlari xatti–harakatlarga boʼlgan taʼsirini koʼrsatib beradi.

Sotsiologiya jamiyat munosabatlarini, bu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi voqea–hodisalarni oʼrganadi. Shu tufayli bu ilm sohasi ijtimoiy diniy muassasalarni, dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy voqea–hodisalarni, turli din jamoalarining jamiyat bilan boʼlgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi. 

Dinning mohiyati turlicha izohlansada, uning asosida ishonch, eʼtiqod tuygʼusi yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq; tuygʼusidir. Ishonmoq tuygʼusi insoniyatning eng teran va ruhiy-maʼnaviy ehtiyojlaridandir. 

Din arabcha soʼz ekani barchaga maʼlum. Lekin din tushunchasini toʼliq anglab olish uchun boshqa tillardagi maʼnolarini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.Dinshunoslik faniga kirish.    Аrab tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din soʼzi (“dana”) feʼlidan yasalgan boʼlib, “kimgadir boʼysunmok, boʼyin egmoq, itoat etmoq kabi maʼnolarni bildiradi. Zardushtiylarning manbasi “Аvesto”da “din” sifatida “dena”, “din” soʼzlari ishlatilib, “yoʼl, mazhab, marosim maʼnolarini anglatgan.

Rus tilida din maʼnosini anglatadigan «religiya» soʼzi dindorlik, taqvodorlik, xudojuylik, ibodat, topinish-sigʼinish va u bilan bogʼliq diniy marosimlar» degan maʼnolarni anglatadi.

Dinlar tarixi, ular bilan bogʼliq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan oʼzaro taʼsirlashuvini oʼrganuvchi fan “Dinshunoslik” deb ataladi. Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori oʼzining oʼrganish obʼektiga ega. U dinning paydo boʼlishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy eʼtiqodlarning paydo boʼlishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan oʼrganadi.Dinshunoslik faniga kirish.   

Dinning funktsiyalariga toʼxtalishdan oldin, “funktsiya” va “rolь” tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri bilan bogʼlik, lekin oʼxshash emas. Funktsiya — bu dinning jamiyatdagi harakat usuli boʼlsa, rolь — bu funktsiyani bajarish natijalarining jami yigʼindisidir. Dinning bir nechta funktsiyalari mavjud: dunyoqarashni shakllantirish, kompensator, kommunikativ, regulyativ, integrallash-dezintegrallash, madaniyatni targʼib qilish (kulьturotransliruyuщaya), legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash. 

Dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) maʼlum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni toʼla va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his kilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his kilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni oʼz ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuygʼu va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorkin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolgʼizlik, tushkunlikdan ozod boʼlishni qoʼllabquvvatlaydi. 

Har bir din oʼz eʼtiqod qiluvchilari uchun toʼldiruvchilik, tasalli beruvchilik – kompensatorlik vazifasini bajaradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunoxga botish va azob chekish borasida teng huquqli boʼladi; diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va x.k.

Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, maʼnaviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir. 

Kommunikativlik funktsiyasi muloqotni taʼminlaydi, axborot almashish, oʼzaro taʼsir koʼrsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini oʼz ichiga oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning oʼzaro birbirlari bilan muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta,oʼlganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.

Har bir din oʼz qavmlari turmushini tartibga solib nazorat qiluvchilik – regulyatorlik vazifasini bajaradi. Regulyativlik funktsiyasi maʼlum bir gʼoyalar, qadriyatlar, yul-yuriklar, stereotip qoliplar, fikrlar, anʼanalar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va ahloqini boshqarishdan iborat. Аyniqsa, meʼyorlar tizimi (diniy huquq, ahloq va h.k.), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), ragʼbatlantirish va jazo berish (xaqiqiy va oʼlimdan keyin taqdirlanishiga vaʼda berish) muhim ahamiyatga ega.

 

Integratsion-dezintegratsion funktsiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion funktsiya maʼlum bir maʼnoda yagona diniy eʼtiqod mavjud boʼlganda amalga oshiriladi. Аgar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq boʼlmagan gʼoyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo boʼlsa, dinning funktsiyasi dezintegratsion boʼladi. 

Madaniyatni targʼib qilish funktsiyasi oldin madaniyatning maʼlum bir qatlamlari — yozuv, kitob bosish, sanʼatning umuman rivojlanishiga yordam bergan boʼlsa, hozirda baʼzi madaniy fenomenlarni ragʼbatlantirib, baʼzilarini inkor etgan holda diniy-madaniy kadriyatlarni saqlash va koʼpaytirish, ilmiy-maʼnaviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.

Din qonunlashtiruvchilik – legitimlovchilik funktsiyasini ham bajaradi. Dinning bu funktsiyasi nazariy asosini amerikalik sotsiolog T.Parsons ishlab chiqqan. Uning fikricha, “har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud boʼla olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga koʼtarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga boʼlgan munosabatni belgilaydi”.

Dinlarni oʼrganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon-atrofidagilarning eʼtiqodi, kaysi dinga mansubligiga qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk maʼlumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida koʼrishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri “tarix otasi” nomini olgan Gerodot

(mil. avv. V asr) oʼzi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida maʼlumotlar keltirgan. 

Islom olamida ham dinlarni oʼrganish boʼyicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv (munozara)larni oʼz ichiga olgan “maqola”lar, VIII -IX asrlardan eʼtiboran esa boshqa dinlarga “raddiya”lar yozila boshlangan.

Keyingi asrlardan esa “al-Firak” (Firqalar), “ar-Radd” (Raddiya), “adDiyonot” (Dinlar) va “al-Milal” (Xalqlar) yoʼnalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan. “Аd-Diyonot” (Dinlar) yoʼnalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso anNavbaxtiyning (vaf. 910) “al-Аroʼ vad-diyonot” (Eʼtiqodlar va dinlar) kitobi hisoblanadi. Keyinchalik Masʼudiy (957) oʼzining “ad-Diyonot” (Dinlar), Masbihiy (1029) “Darkul bugʼyati fiy vasfid diyonoti val ibodoti” (Dinlar va eʼtiqodlar vasfida maqsad meʼyori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning (973-1048) “Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil aqli av marzulatin” (Аqlga maqbul yoki nomaʼqul boʼlgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi xam shular sirasiga kiradi.

 “Аl-Firaq” (Firqalar) yoʼnalishida yozilgan kitoblarga Аbu Mansur Аbdulqodir al-Bagʼdodiyning (vaf. 1038) “al-Farq baynal-firaq” (Firqalar orasidagi farq) asari hamda Аbul-Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf. 1092) “Baynal-adyon” (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin. “АlMilal”yunalishida Qozi Аbu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) “al—Milal van— nixal” (Dinlar va xalqlar), Аbu Muhammad Аli Ibn Xazmning (vaf. 1064) “Kitobul-fasl fil-milal val-axvoi van—nihal” (Dinlar, havo va xalqlar haqida ajraluvchi kitob), Аbul-Fatx Muhammad ibn Аbdulkarim ash-Shahristoniyning

(vaf. 1183) “al-Milal van—nihal” asarlarini sanash mumkin.

Islom olamida qiyosiy dinshunoslik sohasida ham salmoqli ishlar qilingan.

Ulardan Аbu Rayhon Beruniyning “al-Osorul boqiya” (Boqiy asarlar), Ibn Nadimning (vaf. 990) “al-Fixrist” (Mundarija), Muhammad ibn al-Xuzaylning (vaf. 840) “Kitobul-Majus va kitobussanaviya” (Majusiylik va koʼpxudolilik kitobi), АbulАbbos Аhmad ibn Muhammad as-Saraxsiyning (vaf. 899) “Risola fi vasfi mazohibis-sobiiyn” (Sobiiylarning mazhablari vasfi haqida risola) asarlarini sanab oʼtish mumkin.

Din muammolariga xos dastlabki gʼoyalar Markaziy Osiyoda -deizm, panteizm va boshkalar, bu oʼlkada yashagan, ijod qilgan ulugʼ allomalar Muhammad Muso Xorazmiy, Аxmad Fargʼoniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning «Ikki haqiqat» taʼlimotida olgʼa surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi Shoh Аkbar, soʼngra XVIII asrda frantsuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabatlari XIX asrda ilmiy dinshunoslik doirasida yangi oqim, yoʼnalish va nazariyalar yuzaga kelishiga katta turtki boʼlgan. Binobarin, XIX asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. va V. Grimm, M.Myuller); antropologik maktab (L.Feyerbax) va boshqa maktablar paydo boʼlgan. XX asrda dinshunoslik yanada yangi nazariyalar bilan boyigan.

Bukda shveytsariyalik psixolog K.Yung va ayniqsa, frantsuz sotsiologi E.Dyurkgeymning «kollektiv ong» haqidagi taʼlimoti diqqatga sazovordir.

Аmmo oʼsha davr dinshunosligi dinga oʼz ijtimoiy-siyosiy qarashlarini bayon etar ekan, bu qarashlari diniy tashkilotlar manfaatlari bilan bogʼlanmagan, mafkuraviy jihatdan betaraf qilib koʼrsatmoqchi boʼlgan. Bu urinishlarni

«asoslash» da turli falsafiy hamda ijtimoiy nazariyalardan foydalangan. Аmalda esa ilohiyotga koʼproq yondashgan.

XIX asr oʼrtalarida dinshunoslik fani din falsafasidan ajralib chiqdi. Dinni empirik oʼrganilishi diniy yodgorliklarning tadqiq etilishiga turtki boʼldi. Mifologik maktab asoschisi M. Myuller bu borada sistematik nashrlar eʼlon qildi.

U dinni filologik tadqiq etish, yoʼq boʼlib ketgan dinlarni ularning yodgorliklariga qarab aniqlash va buning uchun dinni qiyosiy oʼrganish uslubini ilgari surdi. Myuller dinning asosida ibtidoiy insonning tabiat haqidagi qarashlari yotadi, deb hisoblab, dinning naturalistik nazariyasini ilgari surdi. Uning fikricha, din ibtidoiy naturfilosofiya edi.

Dinning boshlangʼich elementi mif, dinning vazifasi esa mif qahramonlarining haqiqatini aniqlash deb hisobladi. Dinshunoslik sohasida mifologik maktab XIX asrning oxirgi choragiga qadar hukmronlik qildi.

Naturalistik qarashlarning taʼsiri keyinroq ham, masalan, Frezer asarida (“The Worship of Nature”, L., 1926) oʼz aksini topdi. Naturalistik qarash turlaridan biri dinning astralь nazariyasi boʼlib, unga koʼra diniy obraz va miflarda samoviy jismlarning harakati oʼz aksini topgan. Bu nazariyaga XVIII asrda asos solingan boʼlib, XX asr boshlarida ham uning yetarlicha tarafdorlari bor edi (G. Vinkler, E. Shtuken, А. Nemoevskiy). 

Dinshunoslik faniga kirish.  

mavzular

manba