Munadarija
DO’M ga umumiy baho. CHQBT bo’yicha talabalarning yillik va yakuniy bahosi. Harbiy rahbar va CHQBTO‘ tomonidan olib borilgan mashg’ulot sifatini baholash. Ta’lim muassasasida CHQBTning umumiy holatini baholash.
DO’M(y) ga umumiy baho. CHQBT bo’yicha talabalarning yillik va yakuniy bahosi. Harbiy rahbar va CHQBTO‘ tomonidan olib borilgan mashg’ulot sifatini baholash. Ta’lim muassasasida CHQBTning umumiy holatini baholash. Nazorat mashg‘ulotlari dasturning «Harbiy ish asoslari» «Otish tayyorgarligi» va «Amaliy jismoniy tayyorgarlik» bo‘limlari bo‘yicha faqat o‘g‘il bolalar uchun dala o‘quv mashg‘ulotlari (yig‘ini) yakunida, «Harbiy xizmat asoslari» va «Fuqaro muhofazasi» bo‘limlari bo‘yicha esa mazkur bo‘limlar o‘qitilishi yakunlangandan keyin o‘qituvchilar tomonidan ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.
Ta’lim muassasalarida “Harbiy xizmat asoslari” bo‘limi bo‘yicha o‘g‘il bolalar bilan, «Fuqaro muhofazasi» bo‘limi bo‘yicha esa o‘g‘il va qiz bolalar bilan birga nazorat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Talabalarni o‘quv materiallarini o‘zlashtirishini tekshirish va baholash, mahorat va ko‘nikmalarni egallashdagi o‘quv jarayonining majburiy elementlaridan hisoblanadi.
Muntazam nazorat – birinchi navbatda, talabalarning turli bosqichlarda bilim va mahoratlarini shakllanishini boshqaradi, nazorat katta umumta’lim va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Bilim, mahorat va amaliy ko‘nikmalarni nazorat qilish va muntazam baholash to‘g‘ri va chuqur ob’ektiv olib borilishi, talabalar shaxsining yaxshi sifatlarini yuzaga keltirishga yordam beradigan bo‘lishi kerak. Ta’lim amaliyotida joriy va yakuniy nazoratlar keng qo‘llaniladi.
Harbiy xizmatga vatanparvar kishini tayyorlash bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni doiimiy tekshirish har bir darsdagi ajratilgan vaqtda, so‘rov shaklida, tushuntirish jarayonida, materialni takrorlash, mustahkamlash hamda uy vazifasini tekshirishda bajariladi.
Joriy nazoratning turli shakllarini birlashtirib foydalanish talabalarning o‘zlashtirish faoliyatini faollashtiradi. Joriy nazorat, barcha o‘tilgan mavzularning o‘lashtirilishini nazorat qilish maqsadida ham olib boriladi.
Harbiy rahbar,CHQBTO‘ mavzuning asosiy mazmunini bilmasdan turib, javob berib bo‘lmaydigan savol berishi mumkin. Bunday tekshirishlar talabalarni mantiqiy fikrlab, materialda asosiy ma’noni topishga o‘rgatadi. o‘qish vaqtini tejash maqsadida turli o‘qitish va nazorat qilish texnologik (innovatsion texnalogiya)vositalarini keng qo‘llash mumkin:
YAkuniy nazorat har bir chorak yoki o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. Uning maqsadi – Vatan himoyachisi loyiq vatanparvar kishini tayyorlash bo‘yicha o‘qish jarayonida erishilgan natijalarni ob’ektiv baholash.
Joriy va yakuniy nazoratning keng tarqalgan shakli talabalarni individual va umumiy
so‘rov qilishdir.
Individual so‘rovda talaba yozuv taxtasi oldida javob berib, zarur bo‘lsa, kerakli javoblarni yozib, chizib ko‘rsatadi. Talaba javobini butun sinf eshitadi, javoblardan so‘ng talabalar bergan javoblar to‘ldiradi, yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatadi.
Umumiy so‘rovda, odatda, hamma talabalar nazoratdan o‘tkaziladi. U yozma yoki og‘zaki bo‘lishi mumkin. O‘tilgan materiallarni to‘liq qamrab oladigan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik dasturining to‘liq yoki bir qismini o‘rganib bo‘lgandan so‘ng yakuniy baholarni qo‘yish uchun talabalarning bilim va ko‘nikmalari darajasini aniqlash maqsadida nazorat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
O‘quv materiallarini barchasini qamrab oladigan turli savollarni qo‘yish tartibini puxta o‘ylab chiqilishi juda muhim ahamyatga ega. Bu mashg‘ulotlarda har bir talaba harbiy rahbar, CHQBTO‘ning topshirig‘i bo‘yicha amaliy harakat (uslul,me’yor) larni bajarib, ta’lim dasturi bo‘yicha nazariy savolarga javob beradi.
Nazorat mashg‘ulotlari talabalar bilan usul va harakatlarning bajarilishini ta’minlaydigan, oldindan tayyorlangan va jihozlangan o‘quv joylari, maydoncha va shaharlarchada olib boriladi.
Joriy nazorat, dastur bo‘limlari bo‘yicha qo‘yilgan ma’lum bir savolga og‘zaki javob berish tartibi quyidagicha bo‘lishi kerak: nazariy materiallarni bayon etish yoki yozuv taxtasida masalani echish,qurol texnika va pribrlarning tuzilishini ko‘rsatish orqali gapirib berish.
Dastlab butun guruh oldiga nazorat savoli qo‘yish, keyin esa talabalarni javob berishlari uchun yozuv taxtasini oldiga chiqarish tavsiya etiladi. Og‘zaki javob berishda talabaning javobini to‘g‘riligi, to‘liq va ketma-ketligi, nizom va maxsus atamalarni ishlatishi, mustaqil fikr yuritishi, olingan bilimlarni amalda qo‘llash ahamiyatini tushuntira olishi hisobga olinadi.
Usul va harakatlarni amaliy bajarilishi talabalarning bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilishda asosiy usul va baho qo‘yishning mezoni hisoblanadi. Usul va harakatlarni bajarish uchun topshiriq berishda harbiy rahbar,CHQBTO‘, talabaga nimani bajarish kerakligini tushunib olishi va harakatlarni bajarishga tayyorlanish uchun vaqt beradi. Talaba tayyor bo‘lganidan keyin harbiy rahbar, CHQBTO‘ talabaga harakat(uslul,me’yor)larni bajarishi uchun buyruq beradi. Harakatlar bajarilgandan keyin talabaga baho qo‘yiladi.
Bunda usul (harakatlar)ning to‘g‘ri bajarilganligi, bajarish tartibiga rioya qilinishi hamda nazariy bilimlardan amalda foydalanish mahorati inobatga olinadi. O‘quv jarayonini tashkil etishda nazorat mashg‘ulotlarini o‘tkazish chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgalik bo‘yicha mas’uliyatli davr hisoblanadi.
Nazorat mashg‘ulotlarida talabalar dasturda ko‘rsatilgan me’yorlarni (mashq, usul, amaliy harakat, vazifalar) bajarishadi. Talabalarning yakka tartibdagi bahosi dasturdagi bo‘limlar bo‘yicha nazorat mashg‘ulotlarida uning har bir me’yori bajarilganligi uchun olgan baholari yig‘indisidan kelib chiqib quyidagicha aniqlanadi:
«a’lo» – agarda barcha tekshirilgan me’yorlarning (mashq usul, amaliy harakat, vazifalar) 50 % dan ortig‘i «a’lo» bahoga, qolganlari esa «yaxshi» bahoga bajarilgan bo‘lsa;
«yaxshi» – agarda barcha tekshirilgan me’yorlarning 50 % dan ortig‘i «a’lo» va
«yaxshi» baholarga bajarilsa, qolganlari esa qoniqarlidan pastga baholanmagan bo‘lsa;
«qoniqarli» – agarda barcha tekshirilgan me’yorlarning bajarilishiga qo‘yilgan
«qoniqarsiz» baho bittadan ko‘p bo‘lmasa;
«qoniqarsiz» – me’yorlar bo‘yicha ikkita va undan ko‘p qoniqarsiz baho bo‘lsa;
Ta’lim muassasalarida “Harbiy xizmat asoslari” bo‘limi bo‘yicha o‘g‘il bolalar bilan, «Fuqaro muhofazasi» bo‘limlari bo‘yicha esa o‘g‘il va qiz bolalar bilan birga nazorat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Saf tayyorgarligi – talabalar quyidagi saf usullari bo‘yicha tekshiruvdan o‘tadilar va baholanadilar:
— roslanish ;
— joyida turganda burilishlar ;
— harakat chog‘idagi burilishlar
— shaxdam qadam;
— bosh kiyimsiz va bosh kiyim bilan joyida turganda va harakat chog‘ida harbiycha salomlashish;
— safdan chiqish, boshliq oldiga borish, safga qaytish;
Tekshirishni talabaning tashqi qiyofasini ko‘zdan kechirish bilan boshlash kerak. Qad rostlashni rahbar buyrug‘idan eyin talabaning safdan chiqishiga qarab baholanadi.DO’M(y) ga umumiy baho. CHQBT bo’yicha talabalarning yillik va yakuniy bahosi. Harbiy rahbar va CHQBTO‘ tomonidan olib borilgan mashg’ulot sifatini baholash. Ta’lim muassasasida CHQBTning umumiy holatini baholash.
Har bir safda xarakatlanish usullari bir-ikki marotiba takrorlanadi. Usul (mashq va harakat)larni bajarish texnikasi quyidagicha baholadi: 5 (a’lo), agarda usul saf nizomi talablariga binoan to‘g‘ri bajarilgan holda, 4 (yaxshi), agarda uslul saf nizomi talablariga binoan to‘g‘ri bajarilib, ammo bir marta bo‘lsa ham xatoga yo‘l qo‘yilsa, 3 (qoniqarli), agarda uslul saf nizomi talablariga binoan to‘g‘ri bajarilib, ikkita xatoga yo‘l qo‘yilsa, 2 (qoniqarsiz), agarda uslul no to‘g‘ri bajarilsa yoki uch va undan ortiq xato qilinsa. Harakatlarni bajarishda odatiy xatolardan: Rostlanishda — oyoq uchlari yoyiq bo‘lib, front chig‘ida emas va kengligi tovon izi kengligida emas, ko‘krak ko‘tarilib qorin tortilmagan, qo‘l panjalari kaft bilan orqa tomonga qaratilgan, gavda old tomonga og‘ishmagan. Joyida turib burilishlarda — burilishda qo‘llar gavdadan uziladi, burilish butun gavda bilan bajarilmaydi, burilgandan ortdagi oyoq ixchamlik bilan joyiga qo‘yilmaydi, burilgandan keyin oyoq uchlari juda keng yoyilgan , bir chiziqda emas, qad rostlanmaydi, bosh oldinga og‘ishgan. Harakat chog‘idagi burilishlarda — ortga burilish paytida o‘ng oyoq chap tomonga chiqarilmaydi va juda keng qadam qo‘yilib, burilish paytida gavda muvozanati yo‘qoladi, burilish 90º yoki 180º (gradus) bajarilmagan, oyoq va qo‘l harakatlarida bog‘liqlik yo‘q, bosh pastga egilgan. SHaxdam qadam tashlashda —gavda oldingaog‘ishmagan, oyoq tizzalari egiladi, oyoqni erdan ko‘tarilishi 15 sm dan past, qadam uzunligi va surati saqlanmaydi, qo‘l harakatlari, belgilangan balandlikka ko‘tarilmaydi, qo‘lning aks harakati oxirigacha etmaydi, qo‘l va oyoq harakatlarida bog‘liqlik yo‘q. Harakat chog‘ida xarbiycha salomlashishda — salomlashish 3-4 qadamda emas. Oyoqni erga qo‘yish bilan boshliqqa yuzlanish bir vaqtda emas, qo‘lni bosh kiyimga qo‘yish bilan chap qo‘l harakatini to‘xtalishi bir vaqtda emas, o‘ng qo‘lning o‘rta barmog‘i bosh kiyimnmng pastki qismiga tegib turmaydi, qo‘llar old tomonga harakatlanganda tirsaklar elka chizig‘iga paralel emas.
Safdan chiqish, boshliq oldiga borish, safga qaytishda — qo‘lni bosh kiyimning pastki qismiga qo‘yish bilan oyoq qo‘yish bir vaqtda emas, boshliq oldiga borishda 2-3 qadamdan ko‘proq yoki kamroq qadam qo‘yilgan, o‘rta barmoq bosh kiyim pastki qismiga tegib turmaydi, safga qaytishda qo‘lning tushirilishi chap oyoqni qo‘yishi bilan bir vaqtda bajarilmasligi va qadam vaqtidan avvalroq tashlanishi qo‘yiladigan bahoni pasaytirilishiga sabab bo‘ladi. Talabalarning safda yurishlari ularning oltita saf uslulini bajarishlarining har biri uchun olgan baholaridan kelib chiqib, individual baho qo‘yiladi va CHQBT mashg‘ulotlarida kiyiladigan kiyim-bosh talabini bajarilishi hisobga olinadi:
«5» (a’lo)- agarda bajarilgan uslullar 50% «a’lo» bahoga bajarilsa, qolganlari esa
«yaxshi» bahoga bajarilsa, «4»(yaxshi )-agarda 50% dan kam bo‘lmagan uslullar «a’lo» va «yaxshi» bajarilib qolganlari esa «qoniqarlidan» past bo‘lmasa, «3»(qoniqarli)- agarda biror usluldan «qoniqarsiz» baho olingan bo‘lsa, «2» (qoniqarsiz)- ikki va undan ortiq qoniqarsiz baho olgan bo‘lsa.
Agarda talabaning kiyim-boshi CHQBT mashg‘ulotlari uchun direktor buyrug‘i bo‘yicha belgilangan kiyimga mos kelmasa yoki talaba mashg‘ulotga dazmollanmagan, tartibsiz kiyimda kelsa, bu holda baho bir balga pasaytiriladi.DO’M(y) ga umumiy baho. CHQBT bo’yicha talabalarning yillik va yakuniy bahosi. Harbiy rahbar va CHQBTO‘ tomonidan olib borilgan mashg’ulot sifatini baholash. Ta’lim muassasasida CHQBTning umumiy holatini baholash.
Fuqaro mudofaasi bo‘yicha – nafas olish yo‘llari va tanani himoya qilish, individual himoya vositalarini kiyish bo‘yicha me’yorlar, zararlangan havoda nosoz protivogazdan foydalanish.
Nazorat savollariga javob berishda – javobning to‘g‘riligi, to‘la va ketma-ketligi, nizom va maxsus atamalarni talaffuz qilinishining to‘g‘riligi, mustaqil fikrlash va xulosa, olgan bilimlarini amaliy qo‘llash hisobga olinadi. Javob qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi kerak va quyidagicha baholanishi mumkin: «5» (a’lo) – agarda talaba to‘g‘ri va to‘liq javob bergan bo‘lsa (asosiy va qo‘shimcha savollarga), nizom talablarini (tushunchalarini) aniq ifoda etib bersa, ularni qurolli kuchlar tarkibidagi harbiy ximatchilar va ta’lim muassasalarining xayotidan misollar keltirib tasdiqlab bersa, zarur bo‘lganida javobini mashqlar bilan bajarib va vazifani hal qilib, ko‘rgazmali qurollardan foydalangan bo‘lsa, qurol-yaroq, priborlar, harbiy mulklarni tuzilishini gapirib berishda ketma-ketlikka rioya qilib va havfsizlik choralariga to‘liq amal qilgan bo‘lsa. «4» (yaxshi) – agarda talaba to‘g‘ri va to‘liq javob bergan bo‘lsa, biroq nizom talablarini (tushunchalarini) ifoda etishda bir oz noaniqlikka yo‘l qo‘yilsa, ularni qurolli kuchlar tarkibidagi harbiy ximatchilar va ta’lim muassasalarining xayotidan misollar keltirishda qiyinchiliklar bilan tasdiqlab bersa, bundan tashqari javobni mashqlar bilan bajarishda va vazifani hal qilishda, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishda, qurol-yaroq, priborlar, harbiy buyumlarni tuzilishini gapirib berishda ketma-ketlik bir oz noaniqlik bo‘lsa.
«3» (qoniqarli) – agarda talaba savolga to‘g‘ri javob berib, javobning to‘laligiga qo‘shimcha savollar yordamida erishilsa, amaliy misollarni tasdiqlab berishda ishonchsizlik bilan javob bersa, qurol priborlar, harbiy buyumlarni tuzilishini gapirib berishda ketma-ketlikni buzgan bo‘lsa.
«2» (qoniqarsiz) – agarda talaba qo‘yilgan savolga noto‘g‘ri javob berib yoki nizom talablarini, xatto yordamchi savollar yordamida ham ifoda etib berolmasa, qurol-aslah va harbiy buyumlarni tuzilishini tushuntirib berolmasa, shuningdek hafsizlik qoidalarini buzsa.
DO’M(y) ga umumiy baho. CHQBT bo’yicha talabalarning yillik va yakuniy bahosi. Harbiy rahbar va CHQBTO‘ tomonidan olib borilgan mashg’ulot sifatini baholash. Ta’lim muassasasida CHQBTning umumiy holatini baholash.
Muallif: Xasanov M