Munadarija
Dushman o’qi ostida (o’t ochib turgan paytda )o’t ochish pozitsiyasini egallash (okop qazish).
O‘quv savolni o‘rganilishida mashg‘ulot rahbari ta’lim muassasining o‘quv-moddiy bazasini xolatini inobatga olib mashg‘ulotni shakl va uslublarini belgilaydi. Mashg‘ulotning o‘quv moddiy ta’minotida ko‘rsatilib o‘tilgan o‘quv vositalaridan samara beradiganlarini ajratib oladi. Mashg‘ulot rahbari Talabalarga dushman o‘qi ostida (o‘t ochib turgan paytda) o‘t ochish pozitsiyasini egallash (okop qazish) qachonki, xujum paytida olg‘a yurishni iloji qolmaganda ya’ni dushman avvaldan egallangan o‘t ochish pozitsiyasidan juda xam kuchli va to‘xtovsiz o‘t ochgan va kutilmaganda to‘satdan xujum uyushtirgan paytda, shuningdek, ko‘zda tutilgan jangavor vazifa bajariladi seksiya komandirining buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirilishini aytadi. Keyin bunday vaziyatlarda seksiya komandirlari, yuqori turuvchi boshliqlarning qaroriga ko‘ra «To‘xta o‘t ochish pozitsiyasi egallansin» buyrug‘ini beradi. Ushbu o‘quv savolini o‘rganish uchun vaqt chegaralanganliga sababli avvoldan tayyorlab qo‘yilgan okop namunasini (rangli plakatdan) ko‘rsatib, uning o‘lchamlarini, egallash va qazish tartibini tushuntiradi. SHu joyda mashg‘ulot rahbari Talabalarga o‘t ochish pozitsiyasini egallash paytida qanday vazifa bajarilishidan qat’iy nazar askar dushmanni ko‘zdan qochirmaslikni va shaxsiy quroli xar doim o‘zi bilan birga va qo‘llashga shay xolatda bo‘lish kerakligini aloxida uqtiradi.
Mudofaaga o‘tishda har bir askar avvalo o‘zi uchun qulay joyda otish uchun joyni tanlaydi va uni jihozlaydi. Bu joy shunday hisob bilan tanlanishi lozimki, bunda o‘zi dushmanni kuzata va unga o‘t ocha olishi mumkin bo‘lsin, lekin, o‘zi dushmanga ko‘rinmaydigan va uning o‘qidan himoyalangan bo‘lsin.
Askar vazifani aniqlab olgach o‘ziga ko‘rsatilgan o‘t ochish marrasiga joylashadi. Agar o‘t ochish marrasi (otish uchun joy) komandir tomonidan ko‘rsatilmasa, askar uni mustaqil ravishda tanlaydi. Otish uchun joyni tanlayotganda chuqurliklar, kanavalar, do‘ngliklar, shuningdek, turli mahalliy predmetlar (daraxtlar, toshlar, to‘nkalar)dan foydalanish zarur.
Agar tanlangan marraning old tomonida baland bo‘yli maysa, ko‘chat va boshqa halaqit beruvchi narsalar bo‘lsa ularni yo‘q qilish kerak yoki o‘t ochish marrasini boshqa joydan tanlash lozim bo‘ladi. Dushman o‘q yog‘dirib turgan paytda o‘t ochish marrasini (otish uchun joyni) jihozlash yotib otish uchun okopni kovlashdan boshlanadi.
Avtomatdan yotib otishga mo‘ljallangan okop piyodalarning kichik kurakchasi bilan amalga oshiriladi.Otish uchun joyni egallagach avtomat o‘ng tomonga bir qo‘l uzoqligida qo‘yiladi, chunki har bir daqiqada avtomatni dushmanga qarata o‘t ochish uchun mumkin bo‘lsin.
CHap yon bilan yonboshlab kurakcha g‘ilofidan olinadi. Kurakchaning sopidan ikkala qo‘l bilan ushlab tuproqning yuqori qatlamini o‘ziga qaratib tortib kesiladi va old g‘amda yon tomonlaridan chegaralar belgilanadi. So‘ng kurakni qarshi yo‘nalishda ushlab, o‘zidan nari tomonga zarba berib chimlar ko‘chiriladi, ularni old yoki yon tomonlarga tashlanadi. Bu tuproqlardan brustver hosil qilinadi. Brustverdagi tuproqlar askarni dushmanning o‘qidan himoya qiladi. Bosh iloji boricha erga yaqin ushlanadi, lekin dushmanni kuzatish har bir soniyada davom ettiriladi. Old tomonga zarur bo‘lgan chuqurlikka erishilgach ort tomonga surilinadi va chuqurni gavda va oyoqlarni berkitadigan uzunlikda kovlashda davom etiladi.
Kovlab tayyorlangan okop o‘rab turgan joyning rangiga mos qilib niqoblanadi. Buning
uchun chim, tuproq, maysalardan, qishda esa qordan foydalaniladi.
O‘t ochish pozitsiyasi joyga bog‘liq xolda tanlab olinadi va u askar tomonidan shunday tanlab olinishi kerakki (yoki komandir ko‘rsatishi), u yerdan oldinda turgan dushman kuzatuv olib borishi mumkin bo‘lgan joy yaxshi ko‘rinsin. Joy o‘qotar qurolning tasirli o‘q uzish uzoqligida ko‘rinib mrishi kerak. Agar oldinda ochiq joyda jangovar harakatlar olib borish turgan bo‘lsa, askar unga ko‘rsatilgan o‘t ochish pozitsiyasi joyini diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerak. O‘t ochish pozitsiyasi dushman olovi ostida egallanishi mumkin.
Dushman olovi ostida yotib otish uchun bir kishilik okop qazish quyidagicha bajariladi: tanlangan joyda askar quralini o‘zidan o‘ngraqqa cho‘zilgan qo‘l uzoqligida stvolni og‘zini dushmanga qaraiib yerga qo‘yadi; chap biqinga yonboshlab, piyodalar ko‘ragini g‘ilofdan chiqaradi; keyin ko‘rakning dasiasidan ikki qo‘llab ushlab, o‘ziga qarab urib chimni kesadi. Simni olib bo‘lib, uni yoniga qo‘yadi, okopni qazib uni brustverni niqoblashga ishlarish mumkin bo‘lishi uchun tuproq boshidan oldinga, keyin esa yon tomonga tashlanadi, u o‘qlar, snaryad yoki parchalaridan saqlanishni taxminlaydi.
Ishlash paytida bosh imkon qadar, yerga yaqinroqda ushlanishi kerak dushmanni uzluksiz kuzatib turisli mumkin bo‘lsin, okopning old qismini 20 sm.cha qazib, askar ozgina orqaga siljiydi va qolgan qismini qazishni davom ettiradi. Okop kengligi 60 sm. uzunligi esa 170 sm bo‘lishi kerak. Ish oxirida brustver joyning muxiti rangiga moslab niqoblanadi.
Agar dushman faollik ko‘rsatmasa, okopni jixozlash ishlari davom ettirilaveradi, u tizzalab otish uchun M60 sm.ga cbuqurlashtiriladi va chuqurlashtiriladi (37-rasm), keyin esa 110 sm.gacha turib otish uchun chuqurlashtiriladi.
Askar mudofaada seksiya tarkibida harakat qiladi. U seksiya komandiridan jangovar topshiriqni olgach, quyidagilarni aniqlaydi: orientirlar; dushman to‘g‘risida ma’lumot; o‘z guruhining, seksiyasi va o‘zining vazifasi – o‘t ochish marrasi, kuzatish tartibi, erdagi va havodagi dushmanga o‘t ochish tartibi; o‘z seksiyasining markazlashgan o‘t ochish joyi; aloqa signallari; mudofaaga tayyor bo‘lish vaqti.
Muallif: Xasanov M