Erkaklar tana tuzilishining turlari.

Оглавление/Munadarija

Erkaklar tana tuzilishining turlari.

Erkaklar tana tuzilishining turlari.

Tana tuzilishi turlarining turli xil sxemalari ishlab chiqilgan. Bulardan biri erkaklar tana shakllari uchun qo’llanilsa, boshqa-lari — ayollar va uchinchisi bolalar tana shakllari uchun qoilani-ladi.

V.V. Bunak erkaklarning tana tuzilishlarini yettita turga ajratadi. Bulardan uchtasi asosiy: ko’krakdor tur, mushakdor tur va qorindor tur hisoblanadi.

Ko’krakdor tur unchalik semiz bo’lmagan, mushaklari ozgina rivojlangan, ko’krak qafasi yassi, qorni tortilgan, bukchaygan gavdali bo’ladi.

Mushakdor tur terisida yog’ qatlami o’rtacha, mushaklari o’rtacha yoki juda rivojlangan, ko’krak qafasi silindrik shaklda va normal, orqa shakli to’g’ri.

Qorindor tur terisida yog’ qatlamining ko’pligi bilan xarakterlanadi, mushaklari o’rtacha yoki kam rivojlangan, ko’krak qafasi konussimon, qorin do’ppayib chiqqan, orqa shakli bukchaygan.

Erkaklar tana tuzilishining turlarini V.V.Bunak sxemasi bo’yicha sportchilar tana tuzilishi misolida tasawur qilish mumkin. Ayrim sport turlarida sportchilar tana tuzilishlari quyida gicha xarakterlanadi: basketbolchilar — ko’krakdor va ko’krakdor-mushakli tur; gimnastikachilar — mushakli va mushakli-ko’krakdor tur; og’ir atletikachilar — qorindor, qorindor-mushakli va mushakli-qorindor turlar bo’lishi mumkin.

Yog’ to’planishining rivojlanish darajasi. Teri osti yog’ qava-tining rivojlanganlik darajasi tananing yettita sohasida — qo’lning tirsakdan yelkagacha bo’lgan qismining ichki tomonida, bilakda, sonda, boldirda, kurak ostida, ko’krakda (o’ninchi qovurg’a sathida), qorinda (kindik nuqtasi sathida) aniqlanadi. Yog’ qatlamining rivojlanish darajasi kuchsiz, o’rtacha va kuchli bo’lishi mumkin.

Agar suyak relyefi yelka kamarida (kurak, o’mrov suyaklarida hamda bilakuzuk birikmalari relyefida, tizzada va tovonda aniq ko’rinsa, bu kuchsiz yog’ qatlami hisoblanadi.

O’rtacha yog’ qatlamida suyak relyefi aniq ko’rinmaydi. Kuchli yog’ qatlamida yelka kamari suyak relyefi va qo’l-oyoq birikmalari silliqlangan hamda tananing hamma konturlari yumaloqlashgan bo’ladi.

Ayollarda teri osti yog’ qatlamining yo’g’onligi erkaklarnikiga qaraganda 2 marta ko’p, ya’ni ayollarda 24 mm, erkaklarda 12 mm bo’ladi. Yog’ qatlamining taqsimlanishi va rivojlanishi odamlar yoshiga, jinsiga va hayot tarziga bog’liq bo’ladi. Katta yoshli odamlarda o’rtacha yog’ qatlamining qiymati 3 kg dan 24—29 kg gacha o’zgaradi. Ayollar yog’ qatlamlari asosan ko’krak atrofida, sonning yuqori qismlarida, dumbada va yelkalarda joylashadi. Erkaklarda esa yog’ qatlami odatda qorin tepasida, uning ustki qismida to’planadi. Kiyimni loyihalash jarayonida bu yog’ qatlamlarining joylashishi hisobiga gavda shakli o’zgarishla-rini e’tiborga olish kerak.

Yog’ qatlami va mushaklarning o’zgarishi tana bichimining o’zgarishiga olib keladi, ya’ni ko’krak qafasi, qorin sohasi, gavdaning orqaoldi shakllarining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan, yog’ qatlamining ko’payib ketishi natijasida ko’krak qismi konus shaklini oladi, qorin qismi yumaloqlashib, yumaloq do’ppayib turgan shaklni hosil qiladi. Yog’ qatlami va mushaklarning kuchsiz rivojlanganligi hisobiga ko’krak qismi zichlashib qoladi, qorin qismi ichiga kirib ketgan yuzani hosil qiladi.

Ko ‘krak sohasining shakli. Ko’krak sohasining shakli asosan ko’krak qafasining shakli bilan ifodalanadi. Yassi, silindrik va konussimon shaklli ko’krak qafaslari farqlanadi.

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba