Grammatik ko’nikmalarni shakllantirish usullari va yo’llari.

Grammatik ko’nikmalarni shakllantirish usullari va yo’llari. 

Grammatik ko’nikmalarni shakllantirish usullari va yo’llari.  Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to‘g’riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi, aniq va to‘g’ri so‘zlashga intilish bilan bog’liq. To‘g’ri so‘zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari – morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini o‘zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so‘z hosil qilishda, (non uchun – nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda (og’zaki nutq qurilmasini yengib o‘tish va bog’lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g’ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. Nutqning grammatik to‘g’riligiga intilish ko‘proq yetti yoshli bolalarga xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda grammatik jihatdan to‘g’ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.

 

Grammatika sohasidagi kamchiliklar shundan iboratki, bunda bolalar so‘zlarni rodda noto‘g’ri moslashtirdilar (vstretilsya kolobok lisu), gap bo‘laklari ham noto‘g’ri joylashtirilgan (inversiya): — A doktora tam ne bыlo, a volk tolko bыl; I navstrechu yemu vstretilsya zayas va boshq. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini tadqiq etish natijalarini sifat jihatdan tahlil etish shuni ko‘rsatdiki, eng ko‘p fikr bildirishlar hajmi sevimli ertaklarni aytib berish hissasiga, eng kami esa, o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, hikoya tuzish hissasiga to‘g’ri keldi. Fikr bildirish hajmi va nutqning tezkorligi nafaqat bolaning faol lug’at zahirasini, balki uning «o‘ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan tashqari, fikr bildirish hajmi uning ob’ekt bilan tanishlik darajasidan dalolat bermoqda. Bolalarning biron-bir narsa, hodisa haqidagi bilimlari qanchalik chuqur va xilma-xil bo‘lsa, ularning fikr bildirishlari ham shunchalik keng bo‘ladi.

 

Bolalarning nutqida oddiy gaplar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ba’zan «esa», «va» kabi bog’lovchilar ishtirokida tuzilgan va ba’zan esa ularsiz bog’langan qo‘shma gaplar ham uchrab turadi. Bildirish xususiyatiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardir, nutq bir xil ohangda jaranglaydi, ko‘pincha so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik bog’liqlik, ya’ni: gapdagi so‘zlar tartibi, inversiya buzilishiga oid xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Hikoya qilib berishda so‘z birikmalarini tuzishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi kuzatildi.

 

eganing kesim bilan noto‘g’ri bog’lanishi: keldi quyon;

 

aniqlovchining aniqlanuvchi so‘z bilan noto‘g’ri bog’lanishi: uchradi ayiq, uchradi tulki;

 

kelishikda va kelishik-gap boshqaruvidagi xatoliklar: sayrga ayiq bilan chiqdik.

 

Bolalar fikrlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ular nutqida aniq ma’noli otlar ustunlik qiladi. Nutqni otlar bilan boyitish quyidagi sharoitlar ta’sirida ro‘y beradi: bola o‘zi uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarninggina nomlarini o‘zlashtirib olmoqda; unga tanish narsalar va shaxslar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Mashg’ulot:

 

Mavzu:«Tulki bolalari bilan» surati bo‘yicha hikoya qilish.

 

Maqsad: Surat bo‘yicha hikoya qilish malakalarini mustahkamlash.Vazifalar:

 

Tegishli sifatlarni hosil qilishga o‘rgatish.Jumlani grammatik tahlil qilish.

 

Fe’llarning murakkab grammatik shakllaridan foydalanishni mashq qilish. Kutilayotgan natijalar:

 

Surat bo‘yicha hikoya qilish malakalari mustahkamlanadi.

 

Hikoya to‘qishga qiziqish uyg’onadi.

 

Tegishli sifatlarni hosil qilishga o‘rganadilar. Kerakli jihozlar:

 

«Tulki bolalari bilan» surati.

 

Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga suratni ko‘rsatadi. Tulki haqida topishmoqni eslashlarini so‘raydi.

 

Surat bo‘yicha tarbiyachining savollari.

 

1.Suratda tulki qanday tasvirlangan? (malla, chaqqon, ayyor).

 

2.Tulki nima qilishni biladi? (ovlaydi, ayyorlik qiladi). 3. Tulki haqida o‘zingiz topishmoq to‘qiy olasizmi? Mallagina momiqqina-bu nima? (tulki).

 

Bolalar, suratga qarab hikoya to‘qing. Avval tulki bolalari bilan qayerda, qachon o‘ynashganini o‘ylab toping. Keyin suratda nima tasvirlanganiga qarab hikoya o‘ylab toping.

 

Hikoyangiz yakunlangan bo‘lishi kerak.

 

2-3 bolalar hikoyalari tinglanadi, rag’batlantiriladi.

 

Tetiklashtiruvchi mashq

 

O‘yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Tarbiyachi bolalarga koptokni otib, turli savollar bilan murojaat qiladi: biror yovvoyi hayvonning otini ayt. Nima uchun yovvoyi hayvon? Deyiladi. Tulkining po‘sti qanday? Quyonning po‘sti qanday? bo‘rining po‘sti qanday? Bo‘ri bilan tulki o‘txo‘rmi yoki yirtqichmi?

 

O‘yin shu tarzda davom etadi.Izoh: Tarbiyachi o‘yin davomida koptok har bir bolaga borishiga va javoblar qaytarilmasligiga, bolalar nutqining grammatik to‘g’ri tuzilishiga ahamiyat berishi kerak.

 

Tarbiyachi suratni olib qo‘yadi. O‘yinchoq tulkini ko‘rsatadi. Bolalar, tulki bizga mehmonga keldi. U siz bilan birga o‘ynamoqchi. Tulki sizni barcha topshirig’ingizni bajaradi. Faqat siz undan to‘g’ri iltimos qilsangiz bas. Nodir, sen tulkidan nimani so‘ramoqchisan? «Tulki qo‘shiq aytib ber!». Sen-chi Mahmud? «Tulki o‘ynab ber!» Barakalla bolalar topshiriqni to‘g’ri berdinglar. Tulki sizni hamma topshirig’ingizni bajardi. Sayrda u bilan o‘ynashni davom etasiz.

 

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

 

1.Tulki qanday hayvon?

 

2.            Suratda tulki qanday tasvirlangan?  3. Tulki haqida o‘zingiz topishmoq to‘qiy olasizmi?

Grammatik ko’nikmalarni shakllantirish usullari va yo’llari.  

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

manba