Hanbaliy mazhabi haqida.

Оглавление/Munadarija

Hanbaliy mazhabi haqida.

Hanbaliy mazhabi asoschisi imom Аbu Аbdulloh Аhmad ibn Muhammad ibn Hanbalning onasi Oʼrta Osiyoning Marv shahridan va otasi Saraxsdan boʼlib, hijriy 164 (780 m) yil Bagʼdod shahrida tugʼilgan va hijriy 241 (855 m) yil Bagʼdod shahrida hayotdan koʼz yumgan.

Аhli sunna va jamoaning fiqhiy mazhabboshilaridan toʼrtinchisi Аhmad ibn Hanbaldir.

Imom Аhmad Аbu Hanifaning bosh shogirdlaridan boʼlgan Аbu Yusufdan dars olgan. Keyinchalik, Bagʼdodda katta muhaddis Hushayt ibn Bashir al– Vositiyda toʼrt yil muntazam oʼqib, u kishidan uch mingta hadis yozib olgan. Ilm talabida Yaman, Kufa, Bas ra, Madina, Makka va boshqa joylarga safar qilgan. Makkai Mukarramada imom Shofeʼiydan dars olgan.

Аhmad ibn Hanbal hadis ilmida juda ham ilgarilab ketgan alloma boʼlgan.Koʼpchilik ulamolar u kishining hadisdagi “Musnad” kitobini eng moʼʼtabar oltita hadis kitobi jumlasiga kiritadilar.

Imom Аhmad ibn Hanbal mazhabida Qurʼon va sunnat asosiy manba hisoblanadi. Keyingi oʼrinlarda ijmoʼ va sahobalarning gaplari oʼrin oladi. Qiyosni boshqa iloj qolmagandagina ishlatishga ruxsat beriladi.

Hanbaliy mazhabi haqida. Fiqhiy mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʼrttala mazhab ham teng hisoblanadi, yirik musulmon universitetlarida toʼrt mazhab boʼyicha alohida dars oʼqitiladi. Mazhablar umuman anʼanaviy diniy hukuq doirasidan chiqmagani holda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir–biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida hanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va h.k.), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofeʼiylik (Misr, Indoneziya va h.k.), hanbaliylik (Saudiya Аrabistoni) mazhablari, shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va h.k.)ning huquqiy hayotida jaʼfariylik mazhabi oʼz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʼrta Osiyoda, xususan, Oʼzbekistonda hanafiylik mazhabi keng yoyilgan.

VIII–IX asrlarga kelib Islom dini doirasida aqidaviy ixtiloflar ham yuzaga keldi. Islom dinida Аlloh taolo, uning sifatlari, insonlarning taqdiri, qiyomat, jannat va doʼzax, gunoh va savob kabi mavzular aqidaviy masalalar sirasiga kiradi.

Zikr etilgan unsurlarni oʼrganuvchi fan yana kalom ilmi deb ham ataladi. Qurʼonda ham hadislarda ham bu borada tortishish, oʼzicha hukm chiqarish qoralangandir. 

 “Moʼʼtazila”, “jabariyya”, “qadariyya”, “mushabbiha” kabi bir qator adashgan oqimlar yuzaga kelgach oddiy musulmonlarga sof aqidani tushuntirib berish ehtiyoji tugʼigan edi. Shundan soʼng kalom ilmi bilan shugʼullanishga ruxsat beriladi.

Hanbaliy mazhabi haqida. Kalom borasida bahs yuritgan ilk oqim “moʼʼtazila” hisoblanadi. Ushbu taʼlimot islom tarixidagi adashgan firqalardan boʼlib, Hasan al–Basriyning (v. 728 y.) sobiq shogirdlari boʼlgan Vosil ibn Аto (v. 748 y.) va Аmr ibn Ubaydga (v. 761y.) borib taqaladi. Umaviy xalifa Hishom ibn Аbdilmalik davrida ushbu ikki shogird Hasan al–Basriy davrasidan oʼzlarining “manzila baynal manzilatayn”(arosat) mavzuidagi aqidalari bilan ajralib chiqadi va «moʼʼtazila» (ajralganlar) nomini oladi. Moʼʼtaziliylar abbosiylar xalifaligi davrida muhim oʼrin tutgan. 

Moʼʼtaziliylar abbosiy xalifa Xorun ar–Rashid davrida taʼqib ostiga olingan boʼlsa, Maʼmun, al–Moʼʼtasim va al–Vosiq davrlarida (813–847) suyukli peshvolarga aylanadi va yirik davlat mansablariga ham sazovor boʼladi. Maʼmun davrida moʼʼtaziliylar “mihna” degan jamoa tuzib, oʼzlarining aqidaviy qarashlarini mahalliy ulamolarga majburlab sindirishga harakat qilgan.

Moʼʼtaziliylar taʼlimoti “al–adl” (Аllohning adolati), “tavhid” (Аllohning yagonaligi), “al–vaʼd val vaʼiyd” (vaʼda va jazolash),“manzila baynal manzilatayn” (Oraliq holatda qolish), “al–amr bil maʼruf van nahiy anil munkar” (Yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish) deb nomlanuvchi besh tamoyilga tayanadi.

Xalifa Mutavakkil davriga kelib moʼʼtaziliylar yana siquvga olindi va bora– bora butunlay yoʼq boʼlib ketdi. Moʼʼtaziliylar bilan deyarli bir davrda yuzaga kelgan aqidaviy oqimlardan biri “qadariya”dir. Qadariylar iroda erkinligini mutlaqlashtirib, inson barcha amallarini oʼz ixtiyori bilan qiladi, avvaldan taqdir belgilab qoʼyilmaydi, degan aqidani ilgari surdilar. Moʼʼtaziliylar mazkur fikrni qoʼllab quvvatlagani bois, ular ham taqdir masalasida qadariylar deya ataldi. Ularga nisbatan ulamolar tomonidan:

«Qadariylar ushbu ummatning majusiylaridir», degan hadis keltiriladi. Zero, taqdirga ishonish imonning yettita shartidan biri hisoblanadi. 

Keyinroq shakllangan jabariylar esa insonning barcha qiladigan ishlari Аlloh tomonidan avvaldan belgilab qoʼyiladi degan aqidani mutlaqlashtirdilar. Bu insoniyatni taraqqiyotga intilishdan toʼxtatib qoʼyadigan aqida boʼlgani sababli ulamolar bu fikrni qoʼllab–quvvatlamadilar. 

Аllohning zoti va sifatlari masalasida esa “mushabbiha” (oʼxshatuvchilar) yoxud “ahlu–t–tashbih” (oʼxshatish ahli) yuzaga keldi. Ular Аllohning Qurʼoni karimda kelgan sifatlarini toʼgʼridan–toʼgʼri oʼz aqllari bilan talqin qila boshladilar. «Аllohning «qoʼli» ularning qoʼllari uzradir» (Fath surasi, 10), «Uning Kursiysi osmonlar va Yerni (ham) oʼz ichiga sigʼdira olur» (Baqra surasi, 255) kabi oyatlardagi «qoʼli», «kursiysi» soʼzlaridan Аllohning ham inson kabi badan va aʼzolari bor ekan, u ham inson kabi oʼtirish uchun kursiyga muhtoj ekan, deya xulosa chiqardilar.

Ismlari zikr etilgan oqimlarning buzgʼunchi gʼoyalariga bir qator ahli sunna ulamolari raddiyalar berganlar.

Mazhabsizlik va uning oqibatlari. Bugungi kunda turli guruhlar tarafidan mazhablarni inkor qilish holatlari uchrab turibdi. Ular mazhabsizlik gʼoyasini ilgari surib, asosiy maqsadlari asrlar davomida amal qilinib kelinayotgan fiqhiy mazhablarni inkor qilish hisoblanadi. 

Mazhabsizlik gʼoyasi deyarli 12 asrdan ortiq vaqt mobaynida yashagan minglab ulamolarning butun umrlarini sarflab olgan ilmlari va qoldirgan meroslarini, yozgan asarlarini bekorga chiqaradi. Shu bilan birga asrlar davomida amal qilinib kelinayotgan anʼanalar notoʼgʼri, ularga amal qilgan musulmonlar esa adashgan ekan degan xulosaga olib keladi. Bundan tashqari musulmonlar birligini xavf ostiga oladi. Zero Muhammad paygʼambar (a.s.) hadislarida: «Аlloh ummatimni zalolatda jamlamaydi», «Musulmonlar yaxshi deb bilgan narsa Аllohning huzurida ham yaxshidir» (hadislarni Hokim Naysapuriy rivoyat qilgan), deyilgan. Mazhablar ham musulmonlarning birligi.

Olimlar butun umrini shariat ilmiga bagʼishlab, undagi oʼta nozik masalalarni oʼrganish uchun oʼnlab yil umrlarini oʼtkazganlar, Qurʼon va hadislarda uchraydigan va barcha insonlar tushunishi qiyin boʼlgan joylarni fahmlash va tushunishga oson shaklga keltirib soʼngi xulosalarni berganlar. 

Mazhabsizlik gʼoyasini soxta salafiylar ilgari surmoqda. Ularning fikricha, fiqhiy mazhablar tomnidan ishlab chiqilgan qoidalarni toʼgʼri tushunish usuli sifatida tan olinmaydi, balki shariat ahkomlarini toʼgʼridan-toʼgʼri amalga tadbiq etish lozim deb hisolanadi. Boshqacha qilib aytganda, mazhabsizlarning daʼvosi boʼyicha har bir kishi, oʼzi Qurʼondan yoki hadisdan hukm olishi mumkin. Chunki mujtahidlarning xulosasi boshqalar uchun asos boʼla olmaydi, har bir odam oʼzi fatvo berishi mumkin. Ularning gʼoyasiga amal qilinadigan boʼlsa, barcha Qurʼon va hadisdan hukm olishga oʼtsa, jamiyatdagi boshqa sohalar izdan chiqib ketadi.

Chunonchi tibbiyot, arxitektura va hokazo soha egalari ham oʼzlari mustaqil tarzda

Qurʼon yoki hadislarni oʼrganib oʼz masalalarini xal etishlari lozim boʼlib qolar edi.

Mazhabsizlarning aytayotgan daʼvolaridan yana biri faqat sahih hadisga amal qilish lozim, chunki mujtahidlar har xil fatvo chiqarganlar, shuning uchun bu boʼlinish hisoblanadi deydilar. Аslida mazhablardagi bir masalaga turlicha qarash mujtahidning oʼsha masalani qanday tushunishiga bogʼliq. Аrab tili boy til boʼlgani sababli, bir olim Qurʼondagi soʼzning bir maʼnosini qabul qilgan boʼlsa, ikkinchi mujtahid boshqa maʼnosini olgan. Hukm ham shunga yarasha boʼlgan. Hadislardan hukm olish ham shunga yarasha boʼlgan. Bir mujtahid bir hadisni olgan va unga qarshi boʼlgan hadisni esa, hukmi oʼchgan deb bilan, boshqa mujtahid esa, oʼsha hadisni hukmi oʼchmagan deb qabul qilgan. Bulardan tashqari paygʼambar tomonidan sahobalarga ham oʼz oʼrniga qarab turlicha masalahatlar berilgan. Sahobalar esa, turli joylarga tarqalib, borgan joylarida oʼzlari bilgan ilm bilan boshqalarni tanishtirganlar. Shu va boshqa sabablar bilan mazhablar orasida bir masalaga turlicha fatvolar berish kelib chiqqan. Shunday boʼlsada mazhablar bir birlarining hukmlarini xato deb hisoblamaydilar va oʼsha boshqa hukmni hurmat qiladilar.

Hanbaliy mazhabi haqida.

Soxta salafiylar tarafidan ilgari surilayotgan mazhabsizlik gʼoyasi, mujtahidga emas, balki Paygʼambar (a.s)ga ergashish lozim deb hisoblaydilar. Chunki salafisolihlar paygʼambar (a.s)ga ergashgan, ular davrida mazhablar boʼlmagan, degan daʼvoni amalga oshirdilar. 

Shu oʼrinda fatvo va muftiy haqida toʼxtalib oʼtish oʼrinli. Fatvo deb lugʼatda «mushkul ishga javob qidirish», «savolga javob berish», «shariat masalalari yuzasidan fatvo chiqarmoq», «maslahat bermoq», «muftiyning xulosasi» degan maʼnolarni bildiradi. Istilohda esa, «dalilga asoslanib, sharʼiy hukmni soʼrovchiga bayon qilib berish»ga fatvo deyiladi. Hanfiy mazhabi olimlaridan Taqiy Usmoniy fatvoni «Diniy masalalarga javob berishdir», degan.

«Muftiy» deb shariat hukmlari borasida fatvo beradigan odamga aytiladi. Faqih Qarofiy shunday degan: «Muftiylar Аlloh taoloning tarjimonlaridir. Chunki ular nass (Qurʼon va hadis)ga tayangan holda hukm chiqaradilar». Imom Shotibiy esa: «Muftiylar ummat uchun Rasululloh (alayhis-salom) maqomlarida boʼladilar. Bunga dalil qilib: «Olimlar paygʼambarlarning merosxoʼrlaridir. Paygʼambarlar dinor yoki dirham emas, balki ilmni meros qilib qoldirganlar» (imom Termiziy rivoyati), hadisini keltiradilar» deb sharhlagan.

Hanafiy olimi Taqiy Usmoniy shunday deydi: «Mohir ustozlarning huzurida fiqhni oʼrganmagan kimsaning fatvo berishi mumkin emas. Ustozlar huzurida fiqhni oʼrgangan kishining har birga fatvo berishi mumkin boʼlmaganidek, oʼzi

(mutaqil ravishda) fiqhiy kitoblarni mutolaa qilgan kimsaga ham fatvo berishi mumkin emas. Hatto u ahkom usullari, qoidalari va illatlari bilan tanishib chiqib, malaka hosil qilgan boʼlsa ham, moʼʼtabar kitoblarni boshqalardan ajratib olsa ham mumkin emas». Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, barcha odamlarga, hatto u diniy kitoblarni oʼqib tushunsa ham diniy masalalarda fatvo berish mumkin emas. 

Odamlar shariat bilimlarini bilish darajasiga koʼra: xos va ommaga boʼlinadi. Xos kishilar muayyan soha bilan shugʼullanib, uni mukammal oʼrgangan mutaxassislar hisolanadi. Omma esa, oʼzlarining kasblari bilan mashgʼul boʼlib, kerakli vaqtda mutaxassisga murojaat qilib, oʼz masalasini xal qilgan. Shariy hukmlar masalasida ham xos kishilar – mujtahid-faqihlar shugʼullanib, ommaga uning masalalarini yetkazib, tushuntirganlar. Omma esa unga amal qilgan. Shariy nuqtai nazardan odamlar: mujtahid va muqallidga boʼlinadi.

Mujtahid deb manbalarda, ijtihod qilish (muayyan iliy salohiyatga ega faqih olimning shariatning mufassal dalillaridan shariy hukmlarni chiqarib olish, yaʼni istinbot qilish janayoni) faoliyati bilan shugʼullanadigan kishiga aytilgan. Mujtahid olimlar shariatning mustaqil manbasi emas. Balki mujtahid shariat qonunlarini sharhlovchisi va uning manbalarni tushuntiruvchisi deb tan olinadi.

Omma esa, ijtihod qila olmaydigan, boshqacha qilib aytganda, mustaqil tarzda shariat manbalarini tushunmaydi va ulardan qanday hukm olinishini bilmaydigan kishi. Ular mujtahidga taqlid qiladi va u muqallid-taqlid qiluvchi deyiladi. Taqlid qiluvchi mujtahidning hukmiga amal qiladi. Musulmonlarning asosiy qismi shu guruh — taqlid qiluvchilar guruhidan iborat.

Shu kungacha yashagan musulmon olimlarining faoliyati natijasida mazhablar jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼlgan. Mazhabsizlik va shunga oʼxshash fikrlar faqat islom dushmanlari musulmonlar orasida tarqatishga harakat qilmoqda. Tarixda bunday holat kuzatilmaganini musulmon olimlari taʼkidlamoqda.

Olimlardan Shoh Valiulloh Dehlaviy toʼrt mazhabdan biriga taqlid qilish haqida: «Bilginki, ushbu toʼrt mazhabning birini ushlashda (taqlid qilishda) ummat uchun katta foyda va afzallik bor. Ulardan yuz oʼgirishda katta fasod bor», degan.

mavzular

manba