Munadarija
Harbiy rahbar, chaqiruvga qadar tayyorgarlik o’qituvchisining mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi.
YOshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv jarayonining asosiy shakli o‘quv dastur va xaftalik rejaga muvofiq nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida o‘tiladigan «dars» xisoblanadi. Mazmuni va tuzilishiga ko‘ra dars o‘quv jarayonini yakunlangan qismini bildirishi, didaktik va tarbiyaviy maqsadlar xamda harbiy ta’lim talablariga to‘g‘ri kelishi lozim. Har bir harbiy rahbar, CHQBTO‘ barcha chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘limlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni uslubiy to‘g‘ri olib borishni bilishga majbur. Uslubiy maxorat asosida ularning pedagogik va harbiy bilimlari, yaxshi amaliy tayyorgarligi va ta’lim-tarbiya tamoyillarini, uslublarini va uslubiy yo‘llarini ijodiy tatbiq qilish qobiliyati yotadi.
Nazariy mashg‘ulotlarda talabalar nizom va harbiy ish bshqaruvini qoida va talablarini, shuningdek, egallagan bilimlarini xaqiqiy harbiy xizmatni o‘tash vaqtida qanday foydalanishlari to‘g‘risida maslahat va tavsiyalarni o‘rganadilar.
Harbiy rahbar (CHQBTO‘) odatga ko‘ra nazariy mashg‘ulotlarni ta’lim texnika vositalaridan va didaktik materiallardan foydalanib bayon etish va suhbat shaklida olib boradi. Talabalar amaliy mashg‘ulotlarda mashqlar, usullar, harakatlar va me’yorlarni bajarish texnikasini o‘rganishlari va mustaxkamlashlari xamda jixozlangan maydonchalardan va mashg‘ulot joylaridan, shuningdek, priborlardan kuroldan, individual himoya vositalaridan, muxandislik qurilmalaridan, sport-snaryadlari va jixozlaridan foydalanib o‘t otish va boshqa vazifalarni echishni o‘rganishlari kerak.
Amaliy mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish va o‘tkazishda harbiy rahbar CHQBTO‘ning shaxsiy namunasi va darsga munosabati shug‘ullanuvchilar uchun ta’siri muhim axamiyatga ega.
Ijobiy shaxsiy namuna rahbarning yuqori darajadagi amaliy tayyorgarligi mashg‘ulotni to‘g‘ri o‘tkazishining uddalay olishi, mashqni to‘g‘ri va chiroyli ko‘rsatish (usul,harakat), ularni qisqa va tushunarli qilib tushuntirish va shu bilan birga ta’lim oluvchilarni qiziqtira olish bilan ifodalanadi.
Raxbar dars vaqtini tejamli ishlatishni, uning natijasini unumli bo‘lishidagi shartlarga rioya qilishni xamda xar bir mashg‘ulotga kerakli mashq, usul va harakatlarni to‘g‘ri tanlay olishni, ularning bajarilish tezligini aniqlashni, ya’ni boshqa so‘zlar bilan aytganda, dars jarayonida dars xajmini to‘g‘ri qismlarga bo‘lishni bilishi shart.
Tajribali rahbar ta’limni elemetlarga bo‘lib emas, balki, murakkab bo‘lmagan mashqlar bilan to‘laligicha olib boradi va imkon boricha tezroq mashq qilishga o‘tadi. Ta’limni berishda batafsil tushuntirishlar va qayta ko‘rsatib berishlarga bir daqiqani xam bekor ketgazmasdan g‘ayrat va ildamlik bilan olib borish muximdir.
Amaliy mashg‘ulotni to‘liq o‘tkazish uchun rahbar talabalarni kurol-yarog‘larni,
jangovor texnikani, kurol-aslaxalarni o‘rganishlariida xavfsizlik choralariga rioya qilishlariga majbur qilishi shart, bundan tashqari rahbar yordam berishni va xavfsizlikni amalga oshirishni bilishi, jaroxat etishi va baxtsiz hodisalarni oldini olish choralarini ko‘rishi kerak.
Rahbar darsga ongli, vijdonan yondashishi lozim. Ishonchli va aniq buyruqlar berish, ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabatda bo‘lish darsni qiziqarli olib borishga yordam beradi. Xaddan ziyod xovliqish, baqiroqlik va shug‘ullanuvchilar bilan ko‘pol munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Raxbar nafaqat eng muxim malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish xaqida o‘ylashi, balki ularni harbiy qasamyod va umumharbiy nizom talablari ruhida tarbiyalashi, barcha imkoniyatlarni ishga solib, yuqori intizomiylikni va ishchanlikni oshirishga erishishi lozim.
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tishda rahbar saf nizomi talablarini buzishga yo‘l qo‘ymasligi, bunda asosiy e’tiborni amaliy harakatlarni to‘g‘ri bajarishga qaratish, turli shartlarni va mashqlarni bajarishda bor kuch bilan harakat qilinishini ta’minlashi kerak.
Darsda yuqori tashkiliylikni ushlab turish uchun rahbarning o‘zini tutishi katta axamiyatga ega. Uning toza va ixcham ko‘rinishi, kaddining rostligi, talabalarga nisbatan yuqori talabchanligi mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli o‘tishiga yordam beradi.
Intizomni mustaxkamlash va mashg‘ulotlarga talabalarni qiziqtirish maqsadida rahbar eng harakatchan intizomli va epchil talabalarni rag‘batlantirishi, beparvolarini esa qattiq talab qilib, ularda o‘zlarining harbiy va jismoniy tayyorgarliklari uchun mas’uliyat hissini uyg‘otishga intilishi lozim.
Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda harbiy rahbar uchun ularning asosiy tamoyil va qoidalarini bilish etarli emas. YAna ularni amaliyotda moxirona tatbiq qilish, xar bir mashg‘ulotda mashq, usul va harakatlarni mashq qilishi katta foyda beradigan shart- sharoitlarni yaratishni bilish muxim. SHunday qilib mashg‘ulotlar rahbariga quyidagi turli talablar qo‘yiladi:
-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi harbiy rahbar (CHQBTO‘) mashg‘ulotlarni yaxshi
sifatli o‘tkazilishini ta’minlashga majbur.
-muntazamlik bilan vazifa murakkabligini va xajmini oshirish;
-bir vaqtda barcha talabalar bilan shug‘ullanish va har biriga.
ndividual yondashish;
– mashg‘ulotlar yuqori zichligiga va shug‘ullanuvchilarni faolligiga intilish; – talabalarda jasurlik va qat’iyliqni tarbiyalash.
Bunday moxirlikka xar bir mashg‘ulotni mulohaza bilan o‘ylab, o‘tkazish orqali yaratiladi. Bunday munosabat etarli tajriba orttirish, kerakli tashkiliy va uslubiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yordam beradi.
YOshlarning chaqiriruvga qadar tayyorgarlik darsining sifati va samaradorligi harbiy rahbarni unga tayyorgarlik darajasining sifatiga bog‘liq. Mashg‘ulotga tayyorlanishda harbiy rahbar, CHQBTO‘ga quyidagilar tavsiya etiladi:
— o‘quv savollari bo‘yicha o‘quv materialini, mavzu mazmuni va xajmini, mashg‘ulotning tuzilishi, o‘quv maqsadlari va tarbiyaviy yo‘nalishini, aniqlash;
— YOCHQBT va boshqa fanlar bo‘yicha o‘tgan mashg‘ulotlarda talabalarning qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklarini aniqlash;
— bo‘ladigan mashg‘ulotda bu bilim va ko‘nikmalardan qanday foydalanish mumkinligini o‘ylab chiqish;
— mashg‘ulotlarni o‘tkazish uslubi va tartibini aniqlab olish;
— mashg‘ulotda qanday texnik vositalarni, o‘quv kurollarini, harbiy buyum va
qurol – yarog‘larini ishlatishni aniqlab chiqish;
— kerakli nizom va ko‘rsatmalar darslik va uslubiy qo‘llanmalarni bo‘limlarini, mazkur mavzu bo‘yicha boshqa adabiyotlarning bandlarini o‘rganib chiqish;
— mavzuni yanada chuqurroq o‘rganib chiqish uchun talabalarga tavsiya qilish mumkin bo‘lgan adabiyotlarnini tanlash;
— usul va harakatlarni bajarishni mashq qilib qo‘yish; — talabalarga mustaqil ish uchun vazifa aniqlab qo‘yish.
Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda muvofiq keladigan ko‘rgazmali qurollarni (plakatlar, sxemalar, maketlar, priborlar diafilmlar) saralash maqsadga muvofiq bo‘ladi, ular mavjud bo‘lmasa talabalar yordamida tayyorlash tavsiya etiladi.
Taktik, o‘t ochish va otish tayyorgarligi va harbiy tapografiya bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish yuqori darajasini ta’minlash shartlari belgilangan joy, o‘quv maydonchasini oldindan o‘rganish va tayyorlash, taktik tayyorgarlik bo‘yicha esa bundan tashqari taktik vaziyat va dushman harakatlarini belgilash tartibini aniqlashdan iborat.
Mashg‘ulotga tayyorlanish odatda mashg‘ulot rejasini (reja – konspekt) tuzish bilan yakunlanadi, bunda mashg‘ulot rejasi shaklining elementlari bo‘lishi talab etiladi, rejakonspektini yozilishi esa ixtiyoriy bo‘lishi mumkin – bu harbiy rahbar (CHQBTO‘) ning shaxsiy tayyorgarligi va pedagogik tajribasiga bog‘liq.
Odatda konspekt rejasida mashg‘ulot dasturning qaysi bo‘limi bo‘yicha va nechanchi sinf (kurs) talabalari bilan olib borilishi kerakligi, o‘quv-tarbiyaviy maqsadlar, mavzu nomi, mashg‘ulot tartib raqami, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt, uslub, joy, moddiy ta’minot, qo‘llanmalar, mashg‘ulot borishi (shu bilan birga harbiy va ta’lim oluvchilar harakatlari),mashg‘ulotda beriladigan buyruqlar, taktik tayyorgarlik bo‘yicha esa bundan tashqari, xar bir ishlab chiqiladigan savol bo‘yicha taktik vaziyat mazmuni, uy vazifasi ko‘rsatiladi.
Mashg‘ulot rejasini mashg‘ulotgacha 6-7 kun oldin ta’lim muassasasi direktoriga ko‘rib chiqishga berish tavsiya etiladi. Bu unga mazkur mavzu bo‘yicha dastur talablari, dars rejasi va o‘tkazish uslubini birma-bir o‘rganib chiqishga va mashg‘ulotni o‘tkazishda harbiy rahbarga amaliy yordam ko‘rsatishga imkon beradi.
Muallif: Xasanov M