Harbiycha salomlashish, harbiy xushmuomalalik va murojat qilish qoidalari. Buyruq berish va uni bajarish tartibi.

Harbiycha salomlashish, harbiy xushmuomalalik va murojat qilish qoidalari. Buyruq berish va uni bajarish tartibi.

Harbiycha salomlashish, harbiy xushmuomalalik va murojat qilish qoidalari. Buyruq berish va uni bajarish tartibi.

Harbiycha salomlashish harbiy xizmatchilarning birodarlarcha jipsligining ifodasi, o‘zaro xurmat va mushtarak madaniyatni namoyon bo‘lishi belgisi sanaladi.

Barcha harbiy xizmatchilar bir biriga duch kelganda (etib utib ketganda) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf Nizomi bilan belgilangan qoidalarga katiy rioya qilgan xolda bir biriga salom berishga majburdir.

Harbiy unvoniga ko‘ra, bo‘ysunuvchilar va kichiklar birinchi bo‘lib salom beradi. Makomlar teng bo‘lgan paytda esa kim o‘zini kuprok, xushmuomala, tarbiya kurgan deb xisoblasa, u birinchi bo‘lib salom beradi.

 

YAkkaboshchilik — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qurulishining, unga rahbarlik qilishning va harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi uzaro munosabatlarning prinsiplaridan biri sanaladi. U komandirga (boshliqla) bo‘ysunuvchilarga nisbatan idora qilish hokimiyatining butun tulaligicha berilishida va harbiy qism, bo‘linma va har bir harbiy xizmatchining hayoti va faoliyatining hamma jihatlari uchun davlat oldida shaxsiy javobgarlik uning zimmasiga yuklanishida uz ifodasini topadi.

YAkkaboshchilik komandirning (boshliqning) vaziyatni har tomonlama baholashdan kelib chikkan xolda yolgiz uzi qaror qabul qilish, qonun va harbiy nizomlarning talablariga qat’iy muvofiq ravishda buyruqlar berish va ularning bajarilishini talab qilish xukukida mujassamlashgandir.

Buyruqlarning muhokama etilishiga yul quyilmaydi, buysunmaslik yoxud buyruqni boshqacha ijro etmaslik harbiy jinoyat sanaladi.

  1. Uz xizmat makomi va harbiy unvoniga ko‘ra ayrim harbiy xizmatchilar boshqalarga nisbatan boshliq, yoxud buysunuvchi bo‘lishi mumkin. Boshliq bo‘ysunuvchiga buyruqlar berish va ularning ijrosini talab qilish xukuqiga ega.

Boshliq, bo‘ysunuvchi uchun xushmuomalalik va bosiklik namunasi bo‘lishi va takallufsizlikka ham, noxolislikka ham yul kuymasligi lozim. Bo‘ysunuvchining insoniy qadrkimmatini poymol etuvchi harakatlari uchun boshliq javobgar bo‘ladi.

Bo‘ysunuvchi boshliqning buyruqdarini suzsiz bajarishga majburdir. Agar u uziga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bulingan deb hisoblasa, buyruqni bajarib, shikoyat qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining noharbiy xodimlaridan bo‘lgan shaxs egallagan lavozimiga muvofiq bo‘ysunuvchilar uchun boshliq xisoblanadi.

32.Harbiy xizmatchilar, xizmat yuzasidan, xatto vaqtincha bo‘lsa ham, buysundirilgan boshliqlar bevosita boshliqlar xisoblanadi. Bo‘ysunuvchiga yaqinroq bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri boshlik, bevosita boshliq deb ataladi.

  1. Harbiy xizmatda bo‘lganlar uz harbiy unvonlariga ko‘ra boshliqlar xisoblanadi:

— O‘zbekiston Respublikasi marshallari va armiya generallari — katta va kichik ofitserlar, praporshiklar, michmanlar, serjantlar, askar va matroslar uchun;

— generallar, polkovniklar va 1 — darajali kapitanlar — kichik ofitserlar,    serjantlar, starshinalar, askarlar va matroslar uchun;

— podpolkovnik, 2 darajali kapitan, mayor, 3 — darajali kapitan harbiy unvonidagi katta

ofitserlar, serjantlar, starshinalar, askarlar va matroslar uchun;

— kichik ofitserlar serjantlar, starshinalar, askarlar va matroslar uchun;

—   harbiy qismda birga bo‘lgan serjantlar, askarlar va matroslar uchun;

— serjantlar— harbiy qismda birga bo‘lgan askarlar va matroslar uchun.

  1. O‘z xizmat maqomi va harbiy unvoniga ko‘ra boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan ularning boshlig‘i yoxud buysunuvchisi sanalmagan harbiy xizmatchilar katta yoxud kichik bo‘lishlari mumkin.

Kattalik harbiy xizmatchilarning harbiy unvoniga qarab belgilanadi. Harbiy unvoni bo‘yicha kattalar, kichiklar harbiy intizomni, jamoat tartibini, axlok, harbiy kiyim kechakni kiyish va askarchasiga salomlashishni bajarish qoidalarini buzgan xollarda, ulardan bu buzishlarni bartaraf etishlarini talab qilishlari lozim. Unvoni bo‘yicha kichiklar kattalarning bunday talablarini so‘zsiz bajarishga majburdirlar.

  1. Bir-biriga bo‘ysunuvchi bo‘lmagan harbiy xizmatchilar majburiyatlarni birgalikda bajaradigan xollarda, ularning o‘zaro xizmat munosabatlari komandir (boshliq) tomonidan belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, ulardan lavozimiga ko‘ra kattasi, teng mansablarda esa harbiy unvoni bo‘yicha kattasi boshliq sanaladi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba