Hinduiylik zamirida yuzaga kelgan oqimlar.

Оглавление/Munadarija

Hinduiylik zamirida yuzaga kelgan oqimlar. 

Xalqaro Krishnanianglash jamiyati Shrila Bxaktivedanta Svami Prabxupada nomi bilan tanilgan asli hindistonlik Аbxay Charan De (1896-1977) tomonidan tashkil etilgan. U 1947 yilda «Veda» falsafasi bilimdoni sifatida «Bxaktivedanta» (sanskr. «sodiqlik»,

«fidokorona xizmat») unvoniga sazovor boʼladi. Sanskrit tilidan ingliz tiliga koʼpgina «Veda» matnlari, jumladan, «Bxagavadgita» («Xudo qoʼshiqlari»)ni sharhlar bilan tarjima qildi. 1959 yilda 63 yoshida dunyodan voz kechishga ahd qiladi va Svami («Аql va hissiyotlar egasi») unvoniga erishadi.

1965 yilda А.Ch.Bxaktivedanta Svami АQShga koʼchib oʼtdi va «Xalqaro Krishnani anglash jamiyati»ga asos soldi. Bu davrda Sharq mistik taʼlimotiga nisbatan katta qiziqish Krishnani anglash falsafasini targʼib qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi va harakat tez rivoj topdi. Maʼlumotlarga koʼra, bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida ularning 150 dan ortiq ibodatxonalari mavjud.

Hinduiylik zamirida yuzaga kelgan oqimlar.  Krishnachilik (vayshnavizm) odam qiyofasidagi xudo Krishna (Vishnu)ga eʼtiqod qilishga asoslangan hinduiylikning ikki asosiy yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Krishnachilikning muqaddas yozuvlariga «Bxagavatgita»dan tashqari boshqa «Veda» matnlari ham kiradi.

Krishnachilik yakkaxudolikka, yaʼni yagona va mutloq xudo – Krishnani tan olishga asoslanadi. U abadiy, yaratilmagan va cheksiz shakllarga kirish qobiliyatiga ega. Krishnachilik taʼlimotiga koʼra, olam ruhiy va moddiy dunyoga boʼlinadi. Insonning ruhi tanasiga nisbatan birlamchidir. Krishnachilar ruhni rivojlantirib ichki komillikka erishish va shu yoʼl bilan xudoga qoʼshilishni oliy maqsad, deb biladilar.

Har bir inson oʼzida Krishnani anglash qobiliyatini rivojlantirishi mumkin. Buning uchun bir qancha harakat shakllarini oʼz ichiga olgan va xudoga muhabbatni rivojlantirish hamda uni butunlay ruhiy anglashga shoʼngʼishga qaratilgan bxakta-yoga mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Аyni paytda, inson oʼzini moddiy ehtiyojlardan xoli qilishi, goʼsht, baliq, tuxum, mast qiluvchi narsalarning barchasi, jumladan, spirtli ichimliklar, tamaki, qahva, choy isteʼmol qilish, nikohsiz jinsiy hayot kechirish va qimor oʼyinlardan voz kechishi zarur, deb hisoblanadi.

Krishnachilikda meditatsiya deb ataluvchi, ibodatxonada oʼtkaziladigan diniy marosimlar har kuni soatlab bajariladi. U maxsus harakatlar, Sankirtana – birgalikda xudo Krishnani «Xare Krishna, Xare Krishna, Krishna Xare, Xare, Xare Rama, Xare Rama, Rama, Rama, Xare, Xare» degan, maxamantra («ozod boʼlishning buyuk qoʼshigʼi»)ni kuylash bilan sharaflash amaliyotini qamrab oladi. Bularning hammasi, ularning taʼbiricha, aqlni tozalash, fikrni tashqi dunyodan xalos etish, butun diqqat-eʼtiborni xudoga nisbatan muhabbatga yoʼnaltirish uchun bajariladi.

«Xalqaro Krishnani anglash jamiyati»da oʼz ergashuvchilarining molmulklarini jamiyat hisobiga xayr-ehson qilishlari hamda ibodatxonada ruhoniylik vazifasiga oʼtishlari ragʼbatlantiriladi. Bu taʼlimotni qabul qilgan har bir kishiga yangi — sanskritcha nom beriladi. Jamoa aʼzolari sari, dxoti va boshqa hind milliy liboslarini kiyadilar.

Krishnachilar tomonidan missionerlik faoliyati oʼtgan asrning 70-yillarida boshlangan. Ular tomonidan amalga oshiriladigan targʼibotchilik harakatining oʼziga xos xususiyatlari qatorida koʼchalarda ibodat kiyimlarida yurib qoʼshiqlar aytish va adabiyotlarini tarqatish, «Hayot uchun ozuqa» deb nomlanadigan, bepul oziq-ovqat tarqatish aktsiyalari oʼtkazilishini koʼrsatish mumkin. Bunday harakatlarning asosiy obʼektlari sifatida odatda talabalar, maktab oʼquvchilari, qariyalar va mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchilar tanlab olinadi.Hinduiylik zamirida yuzaga kelgan oqimlar. 

mavzular

manba