Iegovo shohidlari (yoki Yahve guvohlari) yo’nalishi.

Iegovo shohidlari (yoki Yahve guvohlari) yo’nalishi.

 

Iegovo shohidlari (yoki Yahve guvohlari) yoʼnalishiga 1873 yilda Charlьz Teyz Rassel (1852-1916) tomonidan asos solingan. Yoʼnalishning diniy taʼlimoti uning yetti tomlik «Muqaddas Yozuvni oʼrganish» kitobiga asoslanadi.

 

Ch.Rassel vafotidan keyin tashkil otgarahbarlik qilgan Iosif (Djozef) Franklin Ruzerford iegovochilikka «armageddon» (yaʼni, goʼyoki, oxirzamonda Iso boshchiligidagi iegovochilar va Shayton boshchiligidagi jinlar qoʼshini oʼrtasida boʼlib oʼtadigan jang) tushunchasini kiritdi. Shuningdek, u har yili iegovochilarning xalqaro konferentsiyalarini oʼtkazishni, 50 ga yaqin kitob muallifi sifatida targʼibot ishlarida radio va grammo-plastinkalardan foydalanishni yoʼlga qoʼydi.

 

«Iegovo shohidlari» Uchlik haqidagi aqidani rad etishadi, lekin boshqa yoʼnalishlar kabi uning barcha koʼrinishlarini izohlashadi. Ular xudoning oʼz shaxsiy ismi bor, bu ism «Iegovo»dir va u barcha narsalarning asosi va yaratuvchisi, deb hisoblaydilar.

Iegovochilar Iso Xudoning Oʼgʼli boʼlgan deb eʼtiqod qilsa-da, uning Xudo boʼlganini inkor qilishadi. Ularning taʼlimotiga koʼra, Iso Iegovo tomonidan yaratilgan yagona insondir, qolgan barcha insonlar Masih orqali yaratilgan.

 

Iegovo shohidlari (yoki Yahve guvohlari) yo’nalishi.Muqaddas Ruh — Xudoning koʼrinmas kuchi boʼlib, u dunyo yaratilishida qatnashgan. Iso Golgofa togʼida xochga emas, balki ustunga mixlangan deb hisoblaganlari sababli bu ramz ishlatilmaydi.

Iegovo butun insoniyat tarixida 144 ming kishini tanlab olgan, ular oʼlgandan soʼng toʼgʼridan-toʼgʼri tiriladi va osmon podshohligiga oʼtib ketishadi. Hozirgi kunda oʼsha tanlangan 144 ming kishi, yaʼni «kichik poda»dan (imoni mustahkam va din yoʼlida koʼp xizmat qilgan) 11 mingtasi tirik, deb eʼtiqod qilinadi. Qolgan imonlilar, yaʼni Iegovo shohidlariga qoʼshilgan «qoʼylar»ga (oddiy dindorlar) Yer yuzida abadiy jannatda yashashlari vaʼda qilinadi.

 

«Iegovo shohidlari» faqatgina Iso Masih oʼlimini eslash kechalari bilan bogʼliq bayramni nishonlaydilar. Shu kuni jamoa aʼzolari qarindosh va tanishlarini uylariga taklif qilishadi. Dasturxonda Isoning tana va qonining ifodasi deb bilinadigan xamirturishsiz non va qizil, quruq vino boʼlishi shart.

«Iegovo shohidlari» diniy tashkiloti qatʼiy markazlashgan xarakterga ega. Uning diniy-maʼmuriy markazi — Boshqaruv korporatsiyasi hisoblanadi. U 15 kishidan iborat boʼlib, Bruklinda (АQSh, Nьyu-York) joylashgan. Boshqaruv korporatsiyasining 90 dan ortiq filiallari dunyoning turli mamlakatlarida targʼibot ishlarini olib boradi. Xristianlikning koʼzga koʼringan vakillari iegovochilarning xristianlik bilan hech qanday umumiyligi yoʼq, degan fikrdalar.

 

Iegovo shohidlari (yoki Yahve guvohlari) yo’nalishi. Markaziy Osiyoda «Iegovo shohidlari» diniy tashkilotining birinchi jamiyatlari 1950 yillarda paydo boʼlgan va norasmiy ravishda faoliyat koʼrsatib kelgan. Bugungi kunda respublikamizda «Iegovo shohidlari»ning 1 ta tashkiloti rasman roʼyxatga olingan.

 

«Iegovo shohidlari» missionerlikka katta eʼtibor beradi. Jamoa paydo boʼlgan davrdan boshlab, asosan uyma-uy yurish va adabiyotlar tarqatish bilan oʼz izdoshlarini koʼpaytirishga harakat qiladi. Аyrim maʼlumotlarga koʼra, hozirgi kunda iegovochi missionerlarning soni 700 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Jamoa rahbariyati tomonidan missionerlarni tayyorlash ishlariga katta ahamiyat beriladi. АQShning Nьyu-York shahrida, jamoaning bosh ofisi bilan bir joyda «Galaad» nomli missionerlar tayyorlash markazi mavjud. Ushbu markazda tashkil etilgan besh oylik kurslarda butun dunyodan kelgan missionerlar tahsil olishadi.

 

Missionerlik faoliyatini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash va adabiyotlarni nashr etish uchun «Qoʼriqchi minora», «Bibliya» va «Risolalar jamiyati» tuzilgan. Ushbu jamiyat korporatsiya deb atalib, bosh qarorgohi tashkilot asosiy binosi bilan bir joyda, АQShning Bruklin shahrida joylashgan. Korporatsiyani yetti direktordan iborat boshqaruv kengashi boshqaradi va ular korporatsiya prezidentini saylaydilar.

Hozirgi kunda «Iegovo shohidlari» 230 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi va dunyo boʼyicha 111 ta mintaqaviy vakolatxonalarga ega.

 

Iegovochilar missionerlikni oʼziga xos tarzda va tizimli tashkil etganlar. Mutaxassislar fikricha, «Iegovo shohidlari» oʼz tarafdorlarini shakllantirishda jalb etishning 80 dan ortiq usulidan foydalanadilar. Jumladan, ular oʼz daʼvatchilarining ovoz ohanglarida tinchlantirish va mehr tuygʼulari boʼlishiga alohida eʼtibor beradilar. Iegovochilar missionerlikni:

  

Iegovochilikning oʼziga xos jihatlaridan yana biri shuki, unda har bir aʼzo missionerlik faoliyatida qatnashishi shart. Jumladan, jamoa rahbariyati tomonidan har bir aʼzo oyiga 10 soatdan 150 soatgacha missionerlik faoliyatiga sarflashlari talab qilinadi. Jamoa aʼzolari qancha koʼp vaqtlarini missionerlikka sarflaganlariga qarab tashkilot ierarxiyasida koʼtarilib boradi. Soʼnggi paytlarda iegovochilar maktab oʼquvchilari va yoshlar orasida targʼibot ishlarini olib borishga intilish kuchli namoyon boʼlayotganini taʼkidlash zarur.

 

Аna shunday maqsadli faoliyat natijasida iegovochilar soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Maʼlumotlarga koʼra, hozirda iegovochilar soni dunyo boʼyicha qariyb 7 millionni tashkil etadi. Ularning bosh tashkiloti tomonidan adabiyotlar nashr etish, cherkovlar faoliyatini taʼminlashga ketadigan sarf-xarajatlardan tashqari missionerlarning kundalik xarajatlariga yiliga 100 million АQSh dollariga yaqin mablagʼ sarflanadi.

Iegovo shohidlari (yoki Yahve guvohlari) yo’nalishi.

 

mavzular

manba