Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash.

Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish.Bandlik yoki aholini ish bilan ta’minlash — mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg’ul bo’lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish bo’yicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, o’zini ish bilan mustaqil ta’minlash (o’zicha bandlik)ni, shaxsiy tomorqa xo’jaligidagi ishni, uy xo’jaligida band bo’lish va bolalarni tarbiyalash bilan shug’ullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida kunduzgi o’qishni ham o’z ichiga oladi. O’zbekistonda bandlik siyosati bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida, ya’ni 1990-yillarda shakllangan. Mamlakatda aholini ish bilan ta’minlash, insonni ishli bo’lish huquqlarini ro’yobga chiqarish kafolatlari „Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida“gi qonunida (1992-yil 13-yanvar; 1998-yil 1-mayda yangi tahrirda qabul qilingan) belgilab berilgan.Ijtimoiy sohani rivojlantirish 

O’zbekistonda bandlik muammolari katta e’tiborni talab etadi, chunki respublikada murakkab demografik vaziyat mavjud, aholining tabiiy o’sish sur’atlari yuqori, aholi tarkibida yoshlar ko’pchilikni tashkil etadi, aholining ko’p qismi qishloqlarda yashaydi. 1998-yil O’zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 33,9 % davlat sektori korxona va tashkilotlarida, 66,1 % esa nodavlat sektori obyektlarida, jumladan xususiy xo’jaliklarda (2,7 %) ish bilan band edi.[1] Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mulkchilikning turli shakllari paydo bo’lishi tufayli nodavlat sektorida ishlovchilar soni ortib bordi. Ularning bandligi 1994 — 96 yillarda 12 % ga ortdi. Mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo’lmagan qismi ishsizlarni tashkil etadi.Ijtimoiy sohani rivojlantirish 

Iqtisodiy izlanish markaziga ko’ra, hozirgi kunga kelib O’zbekistonning ish siyosati modeli o’z samarasini yo’qotib bormoqda va mamlakatning mehnat bozorida murakkab vaziyat paydo bo’lgan.[2] Birinchidan, yaratilgan ish o’rinlari soni yetarli emas, yaratilgan ish o’rinlarining aksari bo’lsa barqaror emas. 19912011-yillarda aholining mehnatga layoqatli qismi ulushi 50% dan 61,1% ga o’sdi. Shu vaqtning o’zida mehnatga layoqatlilarning ish bilan band qismi ulushi 81,6% dan 66,9% ga kamaydi. Bundan tashqari, ish o’rinlarning beqarorligi o’sib bormoqda: yaratilgan yangi ish o’rinlarining 30 % yo’qotilmoqda. Urbanizatsiya jarayonining tezlashayotgani sabab shahar mehnat bozorlarida keskinlik o’sib bormoqda.

Ikkinchiddan, nokorporativ sohaning (individual mehnat faoliyati, uydagi mehnat va yuridik shaxs statusiga ega bo’lgan korxonalardan tashqaridagi turli faoliyatlar) keng ko’lamda tarqalganligi noustuvor o’sish xavfini oshirmoqda.[2] Bunga sabab nokorporativ soha davlat byudjetiga tushadigan soliqlarni kamaytirmoqda, pul va valyuta almashinishidagi disbalanslar chuqurlashmoqda hamda mehnat aloqalari rasmiylashtirilmagani uchun mehnat kuchi sifati pasaymoqda.Ijtimoiy sohani rivojlantirish 

Ijtimoiy sohani rivojlantirish Uchinchidan, mamlakat mehnat siyosati mehnat samaradorligini sust rag’batlantirmoqda hamda mehnat resurslarini yangi o’sish nuqtalari bo’la oladigan tarmoqlarga samarasiz yo’naltirmoqda.[2] Ilm va yuqori texnologiyali tarmoqlarda (ma’lumot xizmati, mashinasozlik, mikrobiologiya) ishlayotganlar ish bilan band aholining atigi 1,5% ini tashlik qiladi. Hozirgi bandlik sturkturasi va investitsiya siyosati sharoitida O’zbekistonda mehnat samaradorligini ikki marta oshirish uchun taxminan 15 yil kerak bo’ladi. Bu esa ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlar bilan O’zbekiston orasidagi farqni kamaytirishni yanada mushkullashtiradi.

Aholi bandligini oshirish bo’yicha asosiy tadbirlar ish bilan band bo’lgan aholining tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlarni yangi ilg’or tarmoqdar va sohalarga jalb qilish bo’lib, bu esa o’z navbatida mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning muhim zaxirasi hisoblanadi. O’zbekiston qishloq xo’jaligida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir qismidan ko’prog’i band. Ularning ma’lum qismini bo’shatib olish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga, eng avvalo, sanoatga va xizmat ko’rsatish sohasiga yo’naltirish, noqishloq xo’jaligi ish joylarini yaratish, mehnatni tashkil etishning ilg’or uslublarini qo’llash, o’smirlarni, ko’p bolalik ayollarni, pensionerlarni va nogironlarni iqtisodiy rag’batlantiruvchi ish bilan ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish, mehnat birjalari faoliyatini yaxshilash kabi tadbirlar aholining ish bilan bandligini oshirishga olib keladi.

v  uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

v  uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

v  ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, komp yuter texnikasi va o’quvmetodik qo’llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish;

v  maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini

ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

v  umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;

v  bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug’ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

v  kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash. 

v  ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish;

v  ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiyeksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.

v  aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;

v  aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;

v  odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizasiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo’q qilish bo’yicha zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash;

v  aholiga transport xizmati ko’rsatishni tubdan yaxshilash, yo’lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;

v  yo’l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish, xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash;

v  yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizasiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg’ienergiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

v  teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

v  aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

v  aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirgan holda sog’liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo’g’inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;

v  oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish;

v  xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o’rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;

v  pensionerlar, nogiron, yolg’iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiyijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;

v  farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

v  aholi o’rtasida kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish 

mavzular

manba