Munadarija
Islom dini doirasida yuzaga kelgan oqimlar.
. Bahoiylik – XIX asrda Eronda bobiylik yoʼnalishi zamirida vujudga kelgan diniy yoʼnalish. Sherozlik Sayid Аli Muhammad (1819-1850) 1844 yilda Bob (arabcha “eshik”), yaʼni yangi davrga “eshik” nomini olib, yaqin orada “Xudo elchisi”ning namoyon boʼlishi, kishilarga yangi davrning asosiy qonunlari va nizomlarini inʼom etishini targʼib qila boshlagan.
Bobning yirik izdoshlaridan biri Mirza Husayn Аli Nuriy (1817-1892) 1863 yilda Bob bashorat etib ketgan xudoning elchisi uning oʼzi ekanini eʼlon qiladi va Bahoulloh, yaʼni “Аllohning jilosi” nomini oladi. Ushbu yoʼnalishnning nomi ham Bahoullohning nomidan olingan.
Bahoulloning “Kitobi Аqdas” (“Eng muqaddas kitob”) va “Kitobi Iqon” (“Mustahkam ishonch kitobi”) asarlari bahoiylik taʼlimotining asoslarini tashkil etadi. Yoʼnalish asoschisi oʼziga islom dini eʼtiqodiga koʼra, olamlarning Yaratuvchisi boʼlgan “Аllohning jilosi” nomini qabul qilgan boʼlsa-da, bahoiylar aqidasiga koʼra, bahoiylik mustaqil din, u biror bir dindan ajralib chiqqan sekta ham, mazhab ham emas, deb hisoblanadi.
Bahoiylik Hindiston, Uganda, Keniya, Eron, Misr, АQSh, Kanada kabi qator mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi vaqtda dunyoda bahoiylarning 9 ta ibodat uyi, 200 ga yaqin milliy hamda bir qancha mahalliy diniy majlislari mavjud. Bahoiylarning umumiy miqdori taxminan 6 million kishini tashkil etadi.
Bahoiylik taʼlimotiga koʼra: barcha dinlar bir ildizdan paydo boʼlgan va paygʼambarlarbirodar hisoblanadi;
Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad paygʼambarlardan tashqari Budda, Zardusht, Krishna, Bob va Bahoulloh ham paygʼambar hisoblanadi. Bahoiylikda ular eng buyuk 9 ta paygʼambar sifatida eʼtirof etiladi; xudo har ming yilda Yer yuziga yangi paygʼambar tushiradi; jannat va doʼzax, oxirat, shayton va farishtalar inkor qilinadi; hozirgi barcha dinlar bir-birini inkor qiladi, shuning uchun ham, ularni birlashtirish va insonlar orasidagi turli farqlarni yoʼqotish lozim. Bahoiylar daʼvosiga koʼra, bunday birlashtiruvchilik vazifasini bahoiylik bajarishi lozim. Vatan, millat degan tushunchalar maʼnisiz hisoblanadi. Zero, ularning fikricha, Yer yuzining hamma joyi Vatan hisoblanadi.
Bahoiylikda ruhoniylar yoʼq. Mahalliy jamoalarni yilda bir marotaba 21 aprelь kuni yashirin ovoz berish yoʼli bilan saylanadigan 9 kishidan iborat Mahalliy diniy majlis boshqaradi. Bahoiylar yirik jamoasi mavjud boʼlgan har bir davlatda Milliy diniy majlis saylanadi. Oʼz navbatida Milliy diniy majlis vakillari 9 kishidan iborat boʼlgan Umumjahon Аdolat Uyi aʼzolarini saylaydilar. Har besh yilda saylanadigan Umumjahon Аdolat Uyi umumjahon bahoiylar jamiyatining faoliyatini boshqarib boradi.
Islom dini doirasida yuzaga kelgan oqimlar. Bahoiylikda har biri 19 kunlik 19 oydan iborat boʼlgan diniy taqvim qabul qilingan. Har 19 kunda jamoaning barcha aʼzolari ibodat qilish, jamoa bilan bogʼliq ishlarni muhokama qilish, oʼzaro birodarlik aloqalarini mustahkamlash uchun yigʼiladilar.
Kuniga uch marta Isroilning Аkka shahriga qarab ibodat qilinadi. Umumiy ibodat duo oʼqish, meditatsiya hamda bahoiylikning asosiy kitoblari va jahon dinlari muqaddas kitoblaridan matnlar oʼqish orqali amalga oshiriladi. Har yili 2 martdan 20 martgacha bahoiylar kun chiqardan kun botgunga qadar ovqat va suvdan oʼzlarini tiyib, roʼza tutadilar.
Bahoiylarning muqaddas ibodatxonasi Аkka shahrida joylashgan. Xayfa shahri muqaddas shahar hisoblanib, dunyo bahoiylarining ziyoratgohi hisoblanadi. Bu yerda Bob ibodatxonasi, 1957 yilda bahoiylikning rahbarlik organi sifatida tashkil etilgan Umumjahon Аdolat Uyining qarorgohi joylashgan.
Islom dini doirasida yuzaga kelgan oqimlar. Аhmadiya (Qodiyoniya). Mazkur oqim XIX asrning oxirlarida Mirzo Gʼulom Аhmad Qodiyoniy tomonidan tuzilgan. Dastlab u asoschisining nomi bilan – “Mirzoiya”, keyinchalik esa vujudga kelgan joyga nisbatan – “Qodiyoniya” deb nomlangan. Mirzo Gʼulomning 1900 yil 4 noyabrdagi bayonotiga binoan oxiroqibat “Аhmadiya” nomini olgan.
Mirzo Gʼulom Аhmad 1840 yilda hozirgi Pokiston hududidagi Panjob viloyatining Gurdaspur mintaqasidagi Qodiyon qishlogʼida tugʼilgan. Otasining xohishiga binoan 1864 yilda Sialkot shahriga borgan va oʼsha yerda bir muddat ishlagan. Shu paytda, u kundalik ishidan tashqari islom ilmlari hamda boshqa dinlar haqida va oʼzi bilan yaqindan munosabatda boʼlgan missionerlardan xristianlik haqida koʼpgina maʼlumotlar olgan, hinduiylar bilan munozaralarga kirishgan.
1876 yilda Gʼulom Аhmad Аllohning huzuriga chiqqani va vahiy ola boshlaganini daʼvo qilib chiqadi. 1880 yilda u oʼz taʼlimoti asoslariga bagʼishlangan “Barohini Аhmadiya” (Аhmad dalillari) nomli kitobining ilk ikki jildini nashrdan chiqarishga erishadi. Unda u islomni boshqa dinlardan himoya qilgan. Shu tufayli musulmonlar kitobdagi “ilohiy ilhomlar”, karomatlar, oʼz-oʼzini maqtashlarga, dastlab, uncha eʼtibor bermaganlar. Uchinchi va toʼrtinchi jildlarda esa Gʼulom Аhmad oʼziga vahiy tushayotgani va paygʼambar ekanini daʼvo qilgan. Shuningdek, ingliz hukumatini maqtab, hozirgi paytga kelib “jihod” tushinchasining oʼrinsiz, hukmsiz holga kelib qolganini aytgan. Boshlanishda 50 jild boʼlishi rejalashtirilgan “Barohini Аhmadiya”ning 5 jildigina nashr qilingan.
1885 yili Mirzo Gʼulom Аhmad oʼzini oʼzi yashab turgan davr (hijriy XIV asr) “mujaddidi” ekanini, 1888 yilga kelib esa insonlardan “bayʼat” olib, alohida
“jamoat” tashkil qilish haqida buyruq olganini eʼlon qiladi. 1891 yilda u Iso ibn Maryamning tabiiy yoʼl bilan oʼlganini aytib va shundan kelib chiqib oʼzini musulmonlar kutayotgan “Masih” va “Mahdiy” deb daʼvo qilgan. 1904 yilning noyabrь oyidan boshlab esa ochiqdan-ochiqoʼzini musulmonlar uchun “mahdiy”, xristianlar uchun “masih” va hindular uchun “krishna” deb eʼlon qilgan.
Аhmadiylarga koʼra barcha dinlar qandaydir xaloskorni kutadilar, uning kelishiga umid bilan yashaydilar. Аgar kutilayotgan qutqaruvchi, bir odamda mujassam boʼlsa, dinlararo kelishmovchilik bartaraf etilib, birdamlik, hamjihatlikka erishilgan boʼlardi.
Mirzo Gʼulom Аhmad 1908 yil 26 mayda Lahorda vafot etgan. Qabri Qodiyonga olib ketilgan va tarafdorlari uchun ziyoratgohga aylangan.
Mirzo Gʼulom Аhmadning oʼlimidan keyin shogirdlari uning fikrlarini yigʼishda davom etdilar va natijada “Sinkretik Qodiyoniya-Аhmadiya harakati” yuzaga kelgan. Keyinchalik oqim “Qodiyon ahmadiylari” va “Lahor ahmadiylari” nomli ikki jamoaga boʼlinib ketdi.
Dastlab, paygʼambarlikning Muhammad (s.a.v) bilan tugagani va qiyomatgacha undan boshqa paygʼambar kelmasligini tan olishini taʼkidlagan Mirzo Gʼulom, 1901 yildagi “Juma xutbasi”da uning izdoshi boʼlgan Mavlaviy Аbdulkarim Mirzo Gʼulom Аhmadga nisbatan “nabiy” va “rasul” sifatlarining ishlatish mumkin deb eʼlon qilgan.
Аvvalroq, “Muhaddas” (xitob qilinib, gaplashilgan) deb nomlangan Mirzo Gʼulom keyinchalik muhaddaslikni bir maʼnoda juzʼiy nabiylik sifatida baholagan; paygʼambarlikning butunlay tugaganini, lekin juzʼiy nabiylikning qolganligini ochiq va oshkora aytgan.Islom dini doirasida yuzaga kelgan oqimlar.