Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va O’zbekistonda unga qarshi qo’llanilayotgan chora tadbirlar.

Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va O’zbekistonda unga qarshi qo’llanilayotgan chora tadbirlar.

Ma’lumki, bugun butun dunyo va insoniyat katta moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yashamoqda. Eng rivojlangan, qudratli davlatlar ham ana shu inqirozning girdobiga tushib qolmoqda. Mav-jud jiddiy muammo insoniyat taraqqiyoti va uning istiqbolini, za-monaviy sivilizatsiya, fan-texnika taraqqiyoti, qolaversa, insonning yashash tarzi bilan bog’liq bo’lgan yaxlit umumplanetar ijtimoiy-ma’naviy vaziyatni yuzaga keltirmoqda. O’zbekiston ham jahon hamjamiyatining teng huquqli, ayni paytda faol, o’z so’zi va hukmi-ga ega bo’lgan davlati sifatida ana shu umumdunyoviy muammodan chetda tura olmaydi. Bu tabiiy hoi. Biroq hamma gap muammoga kim qanday yondashayotganiga, uning yechimini qanday shaklda iz-layotganiga, o’zining ichki imkoniyatlari, tabiiy va ma’naviy resurs-lardan qay darajada foydalanayotganiga bog’liq.

 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning «O`zbek modeli» maqomiga ega bo’lgan mashhur besh tamoyil istiqlolning o’tgan davrida o’zining iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va ama-liy jihatdan asosli ekaniligini ko’rsatdi. Jahon hamjamiyati bugun O’zbekiston taraqqiyotining o’z uslubiga va uzoqni ko’zlagan tamoyillariga ega ekanligini tan olmoqda. Biroq, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o’z imkoniyatlari-mizni, mavjud omillarimizni va resurs-larimizni u ana bir bor jiddiy ravishda ko’rib chiqib, aniq istiqbolni belgilashni taqozo etmoqda. ]

 

Prezident I. Karimov-ning «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» deb nomlangan kon-septual ahamiyatga ega bo’lgan kitobi ayni ana shu muammoning yechimiga bag’ishlangan. Kitobda ko’tarilgan masala va umumdunyoviy muammoning ilmiy, nazariy hamda amaliy tahlili natijasida O’zbekistonda 2009-2012-yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta`minlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda aniq maqsadlarni ko`zlagan rejalarni amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda quyidagi yo`nalishlarda aniq, qat`iy va yuksak ma`suliyat bilan faoliyat yuritish belgilangan:

Jahon moliyaviy inqirozining oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar:

ØO’zbekistonda qabul qilingan o’ziga xos islohot va modernizatsiya modeli, «shok terapiyasi» deb atalgan usuliarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o’zini o’zi tartibga soladi, degan o’ta jo’n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik;

Øma’muriy buyruqbozlik tizimidan boshqaravning bozor tizimiga o’tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanladik;

Ødavlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligini o’zimizga aniq belgilab oldik;

ØO’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgan va zarur resurslar bazasi mayjud.

mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012-yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo’yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash; tarkibiy o’zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni di-versifikatsiyalash, buni birinchi navbatda xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo’lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini moderinizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo’li bilan amalga oshirish;

qishloq turmush darajasi sifati va qiyofasini tubdan yangi-lashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqishga, fer-mer xo’jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan uzoq muddatli, o’zaro chuqur bog’langan choratadbirlar keng kompleksini amalga oshirish; aholi bandligini ta’minlash, uning turmush darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko’rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish; mamlakatni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infra-tuzilmani yanada rivojlantirish; banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo’jalik yuri-tuvchi subyektlarning bo’sh mablag’larini tijorat banklarida depozit-larga jalb qilishni rag’batlantirish.

 

mavzular

manba