Jang haqida tushuncha. Umumqo’shin janginig tavsifi, uning maqsadi.

Jang haqida tushuncha. Umumqo'shin janginig tavsifi, uning maqsadi.

Jang haqida tushuncha. Umumqo’shin janginig tavsifi, uning maqsadi.

Jang — qisqa vaqt ichida chegaralangan  rayonda dushmanni yo‘q qilish (tor-mor etish) uning zarbalarini qaytarish va boshqa taktik vazifalarni bajarish, maqsad bo‘yicha kelishilgan va rejalashtirilgan, qarama-qarshi jang olib boruvchi tomonlardagi qismlar va bo‘linmalarning tashkillashtirilgan kurolli to‘knashuvi.

Jang maqsadi — dushmanning jonli kuchini jangovar texnikasi va qurol-aslahalarini yo‘q qilish va qo‘lga kiritish asirga olish, hamda dushmanning qarshilik qilish qobilyatini so‘ndirishdir.

Bunga barcha turdagi qurollar bilan harbiy kism va bo‘linmalarning qatiy va faol harakati qo‘rqmasdan o‘tkazilgan manyovri bilan erishiladi.Jang haqida tushuncha. Umumqo’shin janginig tavsifi, uning maqsadi.

Zamonaviy umumqo‘shin janggi unda qatnashayotgan qo‘shinlarning birlashgan kuchlari, tanklar, piyodaning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar), artilleriya, havo hujumidan mudofaa vositalari, samolyotlar, vertolyotlar hamda boshqa texnika va kurolaslahalarni qo‘llash bilan olib boriladi.

Jang — bu g‘alabaga erishish uchun birdan-bir vosita xisoblanadi.

Askarning jangdagi roli va joyi, uning shtatdagi lavozimi va bajarilayotgan jangovar vazifaning xarakteriga bog‘liq.

Jangda joyning xarakteriga, vaziyat shart-sharoitlari va dushman olovining ta’siriga ko‘ra, askar yayov harakatlanayotganda tez-tez qadam tashlab yoki yugurib (tik turgan yoki enkaygan holda) yugurib-to‘xtab va o‘rmalab (emaklab) harakatlanishi mumkin.

Xarbiy sanat ilmiy nazariya sifatida uchta tarkibiy kismga bulinadi — strategiyaga, tezkorlik (operativ) sanatiga va taktikaga.

Strategiya — xarbiy sanatning tarkibiy kismi va yukori kulami bulib, mamlakat va kurolli Kuchlarni urushga tayyorlash nazariyasi va amaliyotini, urush va strategiya tadbirlarini rejalashtirish va olib borishni uz ichiga oladi.

Tezkorlik sanati — xarbiy sanatning tarkibiy kismi bulib, kurolli kuchlar turlari birlashmalarining nazariy va amaliy tayyorgarligi kurinishlarini xamda ularning xamkorlikda va mustakil tarzda operatsiyalar (jangovar xarakatlar) olib borishini uz ichiga oladi.

Taktika — xarbiy sanatning tarkibiy kismi bulib, kurolli Kuchlarning turli kurinishlari, kushinlar turi (kuchlari) va maxsus kushinlar bulinmalari va birlashmalarining nazariy va amaliy tayyorgarligini va jang olib borishini uz ichiga oladi. U umumiy taktikaga va kurolli kuchlar turi, kushinlar va maxsus kushinlar turi taktikasiga bulinadi.

Taktika nazariyasi — jangning konun-koidalarini, xususiyatlarini va mazmunini urganadi, uni tayyorlash va olib borish usullarini ishlab chikadi, bulinma va birlashmalarning jangovar xususiyatlari va imkoniyatlarini xam aniklaydi.

Taktika amaliyoti — komandirlar, shtablar va kushinlarning jangga xozirlik kurish va uni olib borish mobaynidagi faoliyatini uz ichiga oladi.

Uning tarkibiga:

  • vaziyat xakida malumotlarni muntazam ravishda aniklash;

-karorlarni kabul kilish va buysunuvchilarga jangovar topshiriklarni yetkazish;

  • jangovar xarakatlarni rejalashtirish, olib borish; — bulinma va birlashmalar boshkariluvi; — jangovar xarakatlarning taminoti kiradi.

Ayni paytda taktika;

  • umumiy taktikaga,
  • kurolli Kuchlar turi taktikasiga,
  • kushinlar turi va maxsus kushinlar taktikasiga bulinadi. kuruklikdagi kushinlar taktikasi umumiy taktikaning asosini tashkil etadi.

Taktikaning vazifalari. Taktika umumkushin jangini xozirlash va olib borish usullarini urganadi va ishlab chikadi. U uz ichiga umumkushin birlashmalari va bulinmalari taktikasini, shuningdek, kurolli Kuchlar turlari va kurukdikdagi kushinlar tarkibiga kiruvchi kushinlar turi va maxsus kushinlar taktikasini oladi. U jangovar xarakatlar kurinishining mazmunini, ut ochuvchi va boshka turdagi talofat yetkazuvchi vositalar kullanilishining moxiyatini urganadi. kushinlar manyovri, yurishlar, jang oldi va jangdagi tartiblar shaklini ishlab chikadi, xarbiy kushin turi va maxsus kushinlar birlashma va bulinmalarining umumkushin jangidagi urni va bajaradigan rolini va ularning vazifasini, shuningdek, ularni birgalikda jangovar kullash xamda ular orasidagi uzaro xamkorlik xarakatlari usullarini belgilaydi.

Zamonaviy umumqo‘shin jangi tushunchasining ma’nosi deganda o‘tmishda bo‘lib o‘tgan qurolli hodisa va to‘qnashuvlardan, avvalambor, o‘tgan urushlardan farqi tushuniladi. Jang tushunchasining mazmuni deganda uning ichki ma’nosi to‘plamlari, tarkibiy qismlari va elementlarining mujassamlangan bayoni yotadi. O‘qotar qurol paydo bo‘lgunga qadar qadim zamonlardan buyon jang tushunchasi sovuq qurol bilan qurollangan jangchilarning qo‘l janggi bilan cheklanib kelingan edi.

O‘qotar qurolning rivojlanishi, takomillashib borishi bilan jang qilayotgan tomonlarning bevosita to‘qnashuvga kirmay (lekin bu holni to‘la istisno qilmay) masofadan turib kurash olib borish imkonini yaratgan o‘t ochish jangning asosiy elementiga aylanib bormokda va shu bilan harbiy ishning sezilarli rivoji bo‘lgan jangning harakat ko‘lami kengaymokda.

Jang maydonidagi muvaffaqiyatga qo‘shinlarning ommaviy raviщda artilleriya to‘plari, pulemyotlar bilan ta’minlanishi, tanklar va aviatsiyaning qo‘llanilishi, unda ishtirok etayotgan barcha qo‘shinlar turi bo‘linma va birlashmalarining kelishilgan harakatlari bilan erishilmokda. Jang umumqo‘shin jangi shakli ko‘rinishiga tobora o‘xshab bormokda, harakat ko‘lami esa yanada kengaymoqda.

Zamonaviy jangning kuchlari va vositalari — bu, avvalambor, shaxsiy tarkib bo‘linma va birlashmalarning jang yuritish va uni ta’minlashga mo‘ljallangan qurol -aslahasidir, chunki jang xususiyati va uni yuritish usullari asosan uning moddiy negiziga, ya’ni qurol-aslaha, jangovar texnika va odamlarga bog‘likdir.

Jangovar harakatlarning usullariga, qurolli kurash olib borish vositalari ko‘proq progressiv ta’sir ko‘rsatadi, lekin jang vositalarining ulkan quvvati va imkoniyatiga qaramay, inson birlamchi omil bo‘lib, uning ishtirokisiz har qanday  texnika, har qanday  talofat keltiruvchi vositalar befoyda bo‘ladi, qurolli kurashni esa tasavvur etib bo‘lmaydi.

Zamonaviy umumqo‘shin jangining o‘ziga xos xususiyatlari — bu jangga tegishli bo‘lgan holatlar va xususiyatlarning umumlashgan belgilaridir. Jangning xususiyatlari (belgilari) uning material jihatdan ta’minlanishiga qarab o‘zgaradi. Birinchi jahon urushi davrida kurash vositalarining nisbatan sekin rivojlanishi janglar qamrovining chegaralanganligi, sur’ati va jur’ati pastligini ko‘rsatdi. Ikkinchi jahon urushi davrida esa aksincha, jang olib borish vositalari sifatining keskin ko‘tarilishi, miqdor jihatdan ortishi, jangga yangi ma’no kashf etib, jangning yuqori manyovrchanligini va o‘zgarib boruvchi shiddatligini yuzaga keltirdi. Qo‘shinlarda zamonaviy qurollar va yangi texnika turlarining qo‘llanishi va ta’minlanishi, jangovar faoliyat olib borishga katta o‘zgarishlar kiritdi va jang olib borish tavsiflari va usullarini o‘zgartirdi.

Jang haqida tushuncha. Umumqo’shin janginig tavsifi, uning maqsadi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba