Jangovor va mehnat shuxrati joylariga safarlar tashkil qilish va o’tkazish.

Jangovor va mehnat shuxrati joylariga safarlar tashkil qilish va o’tkazish.

Jangovor va mehnat shuxrati joylariga safarlar tashkil qilish va o'tkazish.

Jangovor  safarlar tashkil qilish

Jangovor  safarlar tashkil qilish Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarda Vatanni ishonchli himoya qilish uchun zarur yuqori ma’naviy – siyosiy sifatlarni shakllantirish bo‘yicha maqsadga muvofiq o‘zluksiz jarayon bo‘lib, darsdan tashqari vaqtda ham davom ettiriladi. Bunday muhim masalani ham etish bu jarayonda o‘quv yurti pedogogik jamoalaridan tashqari «Vatanparvar” MSJ tashkilotlari, mudofaa ishlari bo‘yicha tuman va shahar bo‘limlari, barcha manfaatdor tashkilotlar hamda o‘quvchilar ota–onalari faol ishtirok etishlarini talab etadi. Mamlakatimiz o‘quv yurtlarida O‘zbekiston xalqlari mehnat va jangovar shon-shuhrati joylari, Respublika yoshlari safarlarida rivojlanib boradi. Bu yosh avlodni tarbiyalash umumiy (kompleks) shaklidir.

Xotira navbatchiligi, jangovar va mehnat shon-shuhrati haftaligi, yoshlarni xalqimiz qahramonliklari an’analarida tarbiyalash bo‘yicha ishlarni faollashtirishga yordam beradi va katta tarbiyaviy  ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘qish jarayonini o‘ziga xos davomi bo‘lib qolgan o‘quvchi yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yaxshi natijalar beruvchi qidiruv ishlari, harbiy qism va bo‘limlar tarixiy solnomasini yaratish, mehnat va urush faxriylarini otaliqqa olish va boshqa tadbirlar ahamiyatiga qayta baho berish qiyindir.

O‘zbekiston xalqlari jangovar va mehnat shon – shuhrat joylari bo‘ylab Respublika safar qoidalari 1981 yil 15 yilda qabul qilingan.

Qoidalar shulardan iboratdir: 1.Umumiy qoidalar 3 bo‘limdan tashkil topgan. 1 — bo‘limsafarlar maqsadi va shakllari; 2 — bo‘lim-safar ishtirokchilarini aniqlaydi, 3 — bo‘lim-safarlarni tashkil etish va boshqarish.

O‘zbekiston xalqlari jangovar va mehnat shon-shuhrati joylari bo‘ylab yoshlar Respublika safari – bu O‘zbekiston xalqi, Qurolli Kuchlari jangovar va shon-shuxratini chuqur o‘rganishga qaratilgan o‘quvchi – yoshlar, yigit – qizlar ommaviy vatanparvarlik harakati bo‘lib, bu harakat yoshlarni g‘oyaviy ishonch ruhida, ularning ijtimoiy va mehnat faolligini ko‘tarish, Vatan himoyasiga tayyor turish ruhida tarbiyalaydi.

Respublika safari yoshlarni qahramonlik an’analariga yoshlarni (qo‘shish) jalb etish kompleks shakli bo‘lib, unga quyidagilar kiradi:

O‘zbekiston xalqlari tarixiy tajribalarini, xalqlarning Vatan mustaqilligi va o‘z ozodligi uchun ko‘p asrlik kurashi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qahramonlik an’analarini o‘rganish, Vatan ozodligini himoya qilish uchun zarur sifatlar — mardlik, matonat yoshlarda jangovar ishlarga tayyor bo‘lishni tarbiyalash.

O‘zbekiston xalqlari shonli mehnat an’analarini o‘rganish, yigit –qizlarning xalq xo‘jaligi masalalarini hal etishda faol ishtiroki, mamlakat mudofaa va iqtisodiy imkoniyatlarni mustahkamlashga intilish va o‘z hissasini qo‘sha bilish.

Birinchi bo‘limda o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik tarbiyasi ba’zi shakllaridan foydalanish bo‘yicha qoida, tavsiyalar berilgan.

Qoidalarning ikkinchi bo‘limida Respublika safari ishtirokchilari aniqlanadi. Unda ishtirok etuvchilar: O‘zbekiston xalqlari jangovar va mehnat an’analarini, Qurolli Kuchlar, mamlakat tarixini o‘rganuvchi, o‘z bilimi va mehnati, ijtimoiy ishlari bilan bu an’nalarni hayotga tadbiq etayotgan yigit -qizlar, o‘quvchi yoshlar.

Uchinchi bo‘limda safar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika, viloyat, tuman va maxalliy shtablar masalalari belgilanadi.

Shunday qilib, jangovar va mehnat shon – shuhrati joylari bo‘ylab yoshlar Respublika safari – bu qandaydir alohida safar yoki ekskursiya emas, balki yoshlar ommaviy harakatidir. 

Bu ommaviy harakatning maqsadi xalqimiz jangovar an’analarini o‘rganish, saqlash va o‘zlashtirish bo‘lib, ularni rivojlantirish va o‘qish, mehnat va harbiy xizmatda davom ettirishdan iborat.

Shu kunlarda Respublika safari doirasida o‘tkazilayotgan turli tadbirlarda yo’z minglab yoshlar ishtirok etmoqda, ulardan ko‘p qismi o‘quvchi yoshlarni tashkil etadi.

O‘z ustozlari – o‘qituvchilar, urush va mehnat faxriylari rahbarligi ostida ular qidiruv ishlarini olib borib, noma’lum askar qabrlarini o‘rganib, minglab jangchilar nomlarini tiklayaptilar, nogironlar, faxriylar, halok bo‘lgan jangchilar oilalarini otaliqqa olayaptilar.

«Tarix aloqachilari” harakatlari bilan, izquvarlarni shunday ataydilar, minglab shon – shuhrat muzey, xona va burchaklari tashkil etilgan, yuzlab yodgorliklar, xotira toshlari barpo qilingan. Sobiq  Ittifoqi tarqalib ketishdan so‘ng ba’zi yoshlar orasida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi shakli va uslublari eskib qolmadimikan, O‘zbekiston hududida urush harakatlari olib borilmagan bo‘lsa, bu safar, ekskursiyalar kerakmi degan fikr paydo bo‘ldi, yo‘q eskirib qolmagan, ular hozir ham albatta kerak. Biz Turon, Movaraunnaxr, Turkiston, O‘zbekiston tarixini yaxshi bilmaymiz.

Ko‘pgina shahar va qishloklar ko‘p asrlik tarix davomida nafaqat o‘z nomlarini, balki manzillarini ham o‘zgartirib yuborganlar.

Buyuk ipak yo‘lini o‘rganish, davlatimiz tarixiy va madaniy yodgorliklarini o‘rganish – bular qidiruv ishlari va safarlar vazifasiga kirmaydimi?.

O‘zbekiston Respubikasi Qurolli Kuchlari 1992 yil 14 yanvarda tashkil topdi. Bu shu bilan uning tarixi cheklanib qoladi, bu davr ichida harbiy jangovar an’analar shakllanmagan, ularni o‘rganish lozim emas degani deb tushunish noto‘g‘ri.

O‘tgan asrlar yutuqlarini e’tiboriz qoldirish mumkin emas, biz ko‘p asrlar davomida Sharq va G‘arb davlatlari uchun namuna bo‘lgan bizning ajdodimiz Amir Temur lashkarboshchilik va harbiy mahorati qobiliyatini hech kachon esdan chiqarmasligimiz kerak”. Ikkinchi jahon urushida fishizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqi qo‘shgan hissasi bebahodir. 1 432 220 kishi, ya’ni O‘zbekiston aholisining 22% foizi qatnashda, (o‘sha davrda O‘zbekiston aholisi 6.5 million kishini tashkil etgan) 2 630 05 kishi halok bo‘lgan, 132670 kishi bedarak yo‘qolgan ,

60452 kishi nogiron  bo‘lib qoldi. 

Urush frontida ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun O‘zbekistonlik 170 ming jangchilar orden va medallar bilan mukofotlandi, 53 shon – shuhrat ordeni to‘la kavaleri, 228 ta O‘zbekistonliklar esa Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini oldilar (ulardan 69 tasi o‘zbek).

Urushning birinchi oylaridayoq Respublikada 14 ta diviziya va 12 ta o‘qchi brigadalar tashkil etilib, frontga yuborildi, ular orasida qahramonliklar ko‘rsatgan qismlar bor.

-395 — o‘qchi diviziya, keyinchalik 37 — gvardiya nomini olgan bo‘lib, unga general Sobir Raximov qo‘mondonlik qilgan.

-316 — Panfilov diviziyasi, Toshkent piyoda askarlar bilim yurtining 180 kursanti uning asosini tashkil etgan. Moskva ostonasi, Volga uchun va SHimoliy Kavkaz shtablarida 44 — kavaleriya diviziyasi, 90 — va 94 — alohida o‘zbek o‘qchi brigadasi jasorat ko‘rsatdilar. 94 — brigada Samarqandda to‘zilgan.

G‘alabaga front orti mehnatkashlari katta hissa qo‘shdilar. Urush yillarida O‘zbekiston frontga 2090 ta samolyot, 17 ming aviamotor, 2 million 300 mingta aviabomba, 4.8 million tonna paxta tolasi, 1 million 28 ming tonna bug‘doy etkazib berdi.

Aholi tomonidan yig‘ib berilgan mablag‘larga «O‘zbekiston kolxozchilari”, «Sovet O‘zbekistoniga 20 yil” tank kolonnalari, sanitar-aviatsiya polki va boshqalar qurib berildi.

1 milliondan ortiq qochoqlar, shu jumladan 22 ming bola O‘zbekistonda boshpana topdi. O‘zbekiston xalqining urush yillaridagi qahramonliklari, urush ishtirokchilari xotiralarini yozib olib bizdan keyingi avlodlar uchun xotira qilib qoldirish, urush yillari esdalik yodgorliklarini topib muzey va davlat arxivlariga topshirish, xalok bo‘lgan jangchilarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish 1981 yili sentyabrida boshlangan Respublika yoshlar qidiruv ekspeditsiyasining asosiy vazifasidir.  

Ekspeditsiya O‘zbekiston xalqlari inqilib, jangovar va mehnat shon-shuhrati joylari bo‘yicha yoshlar Respublika safari doirasida o‘tkaziladi.

1965 yildan boshlab Respublika safari ishtirokchilari tashabbusiga ko‘ra front va front orti qahramonlari xotiralari, barcha yodgorliklari yozib olinardi va shu asosda jangovar shon – shuhrat muzey va burchaklari tashkil qilinardi.

Hozirda askardan tortib front orti zahmatkashi, marshaldan tortib ulug‘ kurashga o‘z o‘g‘illarini yuborgan onagacha bo‘lgan har bir urush qatnashchisining G‘alabaga qo‘shgan bebaho hissasini har bir yosh o‘z yuragi bilan his etishi uchun «Yilnoma”lar olib borishni butun xalq ishiga aylantirish vazifasi turibdi. Urush qiyinchiliklari, g‘alabalar quvonchi va judolik dog‘ini boshidan kechirganlarni vaqt shavqat qilmayapti, shuning uchun xalq jasorati izquvarlari  veteranlar xotiralarini yozib olishga o’rinishlari kerak, «Ulug‘ Vatan urushi yilnomasi uchun ma’lumotlar yig‘ish har bir yoshning muqaddas burchi, hayotiy ehtiyoji bo‘lib qolmoqda”.

Urush faxriylari, «Vatanparvar”MSJ xodimlari, yoshlar tashabbusiga ko‘ra Respublikada urushda halok bulgan, dom-daraksiz yo‘qolgan O‘zbekistonliklar yozilgan 32 tomdan iborat xotira kitobi nashr etilgan.

«Muqaddas majburiyatimiz, muqaddas burchimiz – kurash maydonlarida halok bo‘lgan qahramonlar haqida doimo xotira saqlash, oramizda yashayotgan veteranlarni hurmat qilish va g‘amxo‘rlik qilishdadir” – deb ta’kidladi I.A.Karimov II jahon urushi G‘alabasining 50 yilligiga bag‘ishlangan nutqida.

Yana «Ikkinchi jahon urushini qaysi nuqtan nazardan qaramaylik, qaysi  mafkura bilan olib bormaylik, biz har doim ozodlik uchun kurashgan, o‘z Vatani porloq kelajagi uchun jang maydonlarida jonlarini qurbon qilganlarni xotiramizdada saqlashimiz kerak”.  Safarlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi. Safarda havfsizlik choralari.

Bugungi kunda mamlakatimizning ko‘pgina o‘rta ta’lim bilim yurtlarida faqatgina qidiruv ishlari olib borilyapti. Ularni tashkil etishga urush va mehnat faxriylari, o‘qituvchilar, harbiy xizmatdan qaytgan harbiylar jalb qilinmoqda.

Ishlar safar kengashida ishlab chiqilgan va uning ishtirokchilari umumiy yig‘ilishida tasdiklangan reja bo‘yicha tashkil etiladi.

Odatda qidiruv birlashmalari faoliyati rejasi turli ish shakllaridan tashkil topadi: safarlar o‘tkazish, ona-diyor tarixini o‘rganish, muzey tashkil etish, noma’lum qahramonlar nomlarini tiklash va boshqalar.

Qidiruv materiallari yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston xalqi va Qurolli Kuchlari jangovar va

mehnat jasoratlari va qahramonliklarini tashviqot qilishda xizmat qiladi.

Shu bilan birga joylardagi bu ishlar bilan tanishish qidiruv guruh, otryad va birlashmalari faoliyatiga ko‘p holda o‘z holiga tashlab qo‘yilganini ularga ustoz, rahbarlar har doim ham aniq amaliy yordam bermayoganini ko‘rsatadi. Buning natijasida qidiruv ishlarini o‘tkazish tarqoq, kelishilmagan holda, alohida guruxlarning bir – birlarini qaytarishlari, turli tashkilotlar bilan kerak bo‘lmagan ko‘plab xatlar yozishlar, o‘zoq safarlarga haddan tashqari berilib ketish sodir bo‘ladi.

Tajribalar ko‘rsatishcha safarlar yaxshi tarbiyaviy samara berishi uchun ularga izchillik bilan tayyorlanish, uning ishtirokchilari adabiyotlarni o‘rganishlari, o‘zlarini ijtimoiy va ma’naviy tayyorlashlari kerak. Tadbirning samarali o‘tishi safar maqsadini aniqlash va rahbar tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Safar rahbari etib odatda o‘qituvchilar, «CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchilari tayinlanadi.

Har doim ham rahbar va uning yordamchisi o‘quv yurti direktori tomonidan tayinlanishi kerak. Pedagogik kengashda safar rahbari axborot beradi: direktor safar rejasi, marshrut va (smeta) harajatlarini tasdiqlaydi, ishtirokchilar tayyorgarligini tekshiradi va ularga yo‘riqnomalar beradi.

Safar qatnashchilari jipslashuvi va intizomliligi haqida alohida g‘amxo‘rlik qilish kerak. Safarda intizom — xafsizlikning eng birinchi shartidir. Barcha qatnashchilar yo‘llar, ko‘chalar, aholi turar joylari bo‘ylab harakat qoidalarini yaxshi bilishi va ularni qat’iy  bajarishi kerak.

Safarlar qanday borishidan qat’iy nazar: piyodami, avtomobilda, temir yo‘l, paraxod, velosiped yoki mototsiklda bo‘lsin, rahbar va hamma ishtirokchilar doim javobgarlikni, ma’suliyatni his etishlari, xafsizlikni ta’minlash uchun qoidalarga rioya qilishlari shart. Ular hamjixat bir jamoa bo‘lib, intizomni saqlashlari kerak.

Dam olish uchun to‘xtash joylarida olov bilan muomalada bo‘lish qoidalarini saqlash, faqatgina ruxsat etilgan joylarda gulxan yoqish kerak. Ayniqsa, havo yomon bo‘lgan kunlarda sovuq oldirib qo‘ymaslikka katta e’tiborni qaratish zarur.

Safar qatnashchilari Ulug‘ Vatan urushi janglari joylarida qolib ketgan turli qurol – aslahalar yig‘ilib qolishiga aslo yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Bu qoidaga rioya qilmaslik portlashlar, odamlarning og‘ir jarohat olishi va halok bo‘lishiga olib keladi.

Safar davrida ishtirokchilar hujjatlar, qo‘lyozmalar, front gazetalari, varaqalar, plakat, ko‘krak nishonlari, faxriylarning shaxsiy buyumlarini yig‘adilar, suhbatlar o‘tkazib, kundaliklariga yozib boradilar.

Yig‘ilgan materiallar o‘quv yurti jamoasi yutug‘i bo‘lib qolishi, ular haqida devoriy gazeta sahifalarida gapirilishi juda muhim. Bu maqsadda safar qatnashchilari o‘quvchilar umumiy yig‘ilishi, mavzuviy kechalarda bajarilgan ish haqida hisobot beradilar, stend, ko‘rgazmalar tayyorlaydillar; eng e’tiborga loyiq materiallar o‘quv muassasa muzeyidan o‘rin oladi.

O‘rta Osiyoda «Buyuk ipak yo‘li” bo‘ylab safar tashkil etsak bo‘lmaydiimi. Eramizdan avvlgi II-I asrlar davrida Sharqiy Xitoydan O‘rta Osiyo va G‘arbiy Osiyo buylab «Buyuk ipak yuli» nomi bilan atalgan dunyo mikyosidagi savdo yo‘li o‘tgan.

Buyuk ipak yo‘lining yo’z yilliklar davomida O‘rta Osiyoda iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlanib kelishida katta rol o‘ynaginligi haqida 600 dan ortiq tarixiy yodgorliklar dalolat beradi.

Olimlar fikricha, eramizdan avvalgi IV asr davriga 1000 dan kam bo‘lmagan qal’a va shaharlar qoldiklariga ega tepalik — cho‘qqilar kiradi.

Hozirgi kunga kelib faqatgina 30 ga yakin yodgorliklar o‘rganilgan, olingan hujjatlarning esa bir qismigina e’lon qilingan.

Farg‘ona vodiysidagi Buyuk Ipak yo‘li 2 shu’baga bo‘linadi: birinchisi- shimoliy – Oxsiya orqali O‘zgandan o‘tadi, qamchiq dovonidan (faqat yozgi vaqtda) Iloq va Toshkentga; ikkinchisi- janubiy – Quva, Marg‘ilon, Qoqon orqali. O‘zgan va Osh shahridan o‘tadi, so‘ng Xojand, Samarkand va Buxoroga yo‘nalgan.

Buyuk Ipak Yo‘li yana boshqa nomlarga ega: Oltin yo‘l va kumush yo‘l.

Qurama va Oloy tog‘lari, hamda Zarafshon daryolarining bitmas boyliklari «oltin yo‘l” deb nomlanishga sabab bo‘lgan.

Tarixchilar yana bir muhim voqeani isbot qilgan; «Shonga” koni va mashhur Ko‘xi-sim (kumush tog‘) aynan Kurama tizmasida joylashgan ekan. Bu erdagi kumush Samoniy davlati tangalarini zarb qilish uchun ishlatilgan. Rossiya, Germaniya, Boltiq dengizida topilgan kumush dirhamlarga ko‘ra kumush tangalar faqat pul o‘rnida emas, balki mol sifatida ham chetga chikarilgan.

Shunday qilib yana «Kumush yo‘l”, ya’ni shu metall etishmaydigan Kiev Rusi va Evropa mamlakatlariga Xohar, Bulg‘or Kaganatlardan o‘tadigan O‘rta Osiyo kumush yo‘li bor edi. Bu yo‘l qisman Buyuk Ipak Yo‘lining shimoliy tarmog‘i bo‘lib, bizning ertamizgacha VI asrdan boshlab IX-X asrlargacha ayniqsa faol ishlagan. Hech bo‘lmaganda bitta tepalikni topish, Buyuk Ipak Yo‘li yo‘nalishi joylaridan yurish, qal’a, aholi turar joylari tarixini o‘rganib chiqish – «Vatanim — O‘zbekiston” safarining maqsadimasmi.

Ekspeditsiyalarning boshqa qidiruv yo‘nalishlari: shahar tarixi, dongdor mehnakashlar tarjimai holini o‘rganish.

Tajriba ko‘rsatadiki, izquvarlar ishi maxalliy tarix bilan birga yashayotgan insonlar manfaatlari, takdiriga asoslanganida ko‘p taraflama va to‘la bo‘ladi.

Shunindek «Ona shon-shuhrati” safari ham juda qiziqarli. Safar maqsadi – II jahon urushida Vatanini himoya kilgan, Afgonistonda o‘z baynalminal  burchini bajargan insonlarni tarbiyalagan, urush qatnashchilari va front orti mehnatkashlari bo‘lmish ota – onalarni qidirish va jasoratini abadiylashtirish. Bu ishni o‘z oilasiga 14 ta turli millatdagi bolani qabul qilgan va tarbiyalagan

Bahri Shomaxmudova taqdiri bilan bog‘langan qidiruv ishidan boshlash mumkin.

Qidiruv guruhi a’zolari qanday moddiy ta’minotga ega bo‘lishi kerak? 

Bu safar maqsadi, vazifalari, vaqti va usuliga bog‘liq. Lekin barcha hollarda ham tegishli kiyim, yuk xaltalari, qo‘shimcha kilim — kechaklar, shaxsiy aptechka, oziq-ovqat zaxirasi, suv, bloknot, ruchka, fotoapparat bo‘lishi kerak.

 

Toshkent.

 

Toshkent – O‘zbekiston poytaxti, O‘rta Osiyoning iqtisodiy va madaniy markazi, eng qadimgi shaharlardan biridir. Toshkentda 2.5 mln dan ortiq odam yashaydi. Bu erdan temir va havo yo‘llari kesishib o‘tadi. Toshkent go‘zal Chirchiq vodiysida joylashgan.

Toshkentda katta korxonalar joylashgan. Bu erda 30 dan ortiq ilmiy tashkilotlarni birlashtiruvchi Respublika Akademiyasi joylashgan, shaharda 20 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari, o‘nlab mahsus kasb – hunar kollejlari, yuzlab maktab, litsey, teatr, muzey, konsert zallari bor.

Toshkentning go‘zalligiga chiroy qo‘shgan yangi zamonaviy binolar, mehmonxonalar, sport saroylari barpo etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Maxkamasi binolari, turli mehmonxonalar, konservatoriya va shunga uxshash noyob bino va inshootlar poytaxtning kurkiga kurk kushib toshkentliklarning faxri hisoblanadi.

Shaharda bog‘lar, favvoralar, dam olish maskanlari juda ko‘p.

Kadimgi Toshkent arxitektura yodgorliklari avaylab saqlanmokda, ta’mirlash ishlariga katta e’tibor berilmokda. Bular Ko‘kaldosh madrasisi, O‘rta asr me’morchilik yodgorligi – Barokxon madrasasi, Yunusxoji movzaleyi va boshqalar.

Toshkentni mardlik shahri deb ataydilar. 1966 yili 26 aprel erta tongida Toshkentda qattiq zilzila sodir bo‘ldi. O‘shanda 78 ming oila boshpanasiz qolib, shahar 2 mln kv. metrdan oshiq turar joy maydoni yo‘qotdi.

Birodar xalqlar O‘zbekistonga yordamga keldi. Xalqlar do‘stligi tabiiy oftni engdi. Qisqa vaqt ichida Chilonzor, Sirg‘ali, Qoraqamish, Yunusobod  kabi turar joy mavzelari qad ko‘tardi.

1977 yili  metropolitenning birinchi navbati qurildi, so‘ng ikkinchisi, hozirda uchinchisi ham qurilib bitirildi. Toshkent yil o‘tgan sari go‘zal va obod bo‘lib kelmoqda.

Samarqand. O‘zbek xalqining qadimgi madaniyati va san’ati rivojlanishi haqli ravishda Samarqanddan boshlangan deb hisoblanadi. Bu qadimgi shahar 2.5 ming yil oldin tashkil topgan.

Vavillon, Rim va Afina tengdoshi – Samarqand ko‘chalaridan yurib borar ekansiz shaharning boy tarixini varaqlayotgandek bo‘lasiz. Samarqand o‘zining ajoyib ma’morchilik yodgorliklari bilan jahonga mashhur. Ulardan eng qadimgi, eng mashhurlari Registon maydoni, shaharda joylashgan Bibixonim, Go‘riamir maqbarasi, Shoxi – Zinda obidalari.

Hozirgi Samarqandda 10 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bor, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasi rivojlangan shahar.

Buxoro.

Zarafshon vodiysida yana bir muzey – shahar joylashgan. Buxoro bu sharqdagi qadimgi shaharlar kabi o‘zining qadimgi ajoyib me’morchilik yodgorliklari bilan jahonga mashhur. Bu shaharda Sharq me’morchiligi durdonasi – Ismoil Samoniy maqbarasi saqlanib qolgan. U IX- asrda barpo etilgan. U sariq g‘ishtlardan o‘ziga xos mahorat bilan qurilgan. Bu shaharda, Minorai Kalon, Labixovo‘z, Sitorai Moxi Xosa, Miri Arab madrasasi kabi mashhur tarixiy yodgorliklar qad ko‘targan, zamonaviy Buxoro qorako‘l, zardo‘zi buyumlari, misga o‘yma naqshkorligi bilan mashhur.

Xiva.

O‘zbekistonning Shimoliy G‘arbida Xorazm vohasida Xiva shahri joylashgan. Bu tarixiy va qadimiy shahar bo‘lib, unda barpo etilgan minora, madrasa, maqbaralar qadimgi madaniyat taraqqiyotini ko‘rsatib turadi.

Tarixiy yodgorliklardan eng mashhurgari bu Xiva qal’asi, Kuna-Ark, Tash-Xauli saroyi.

Xiva o‘zining paxta tozalash, tikuvchilik va gilam to‘qish korxonalari bilan mashhur. Farg‘ona.

O‘zbekiston durdonasi Farg‘ona vodiysidir. Uning markazi Farg‘ona shahri. Farg‘ona vodiysida joylashgan ko‘hna Marg‘ilon shahari 2007 yil rasmiy ravishda o‘zining 2000 yilligini nishonlaydi. 

Farg‘ona – bog‘lar shahri. Uni xalq – gullar shahri deb ham ataydi. 

Farg‘ona vodiysi mevalari dovrug‘i o‘zoq-o‘zoqlarga taqalgan. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari – paxtachilik, g‘allachilik, pillachilik, bog‘dorchilik va chorvachilik hisoblanadi. 

Namangan, Andijon, Qo‘qon. Bu shaharlar Farg‘ona vodiysining mevali bog‘lari va yashil xiyobonlariga burkangan. O‘z tarixiga ega bo‘lgan bu shaharlar keyingi yillarda yirik ishlab chiqarish va madaniyat markazlariga aylandi.

Xotira haqida gapirganimizda, avvalam bor, o‘tmish, ajdodlarimizni ardoqlashni tushunamiz va biz, yangi avlod ular ishlarining davomchilari sifatida uni qabul qildik. Davlatimiz yo‘lboshchisi bu so‘zlarida xalqimiz asosiy yutuqlaridan biri bo‘lgan – o‘z ajdodlari, o‘z tarixini asrlar osha xotiralash haqida ta’kidlagan.Jangovor  safarlar tashkil qilish 

Xalq jangovar va mehnat shon – shuhrati joylariga Respublika safari O‘zbekiston xalqlari qahramonona tarixini o‘rganish, an’analarni o‘zlashtirish va ularni mehnat va o‘quv jamoalari kundalik faoliyatida tadbiq qilishga yoshlarni jalb qilish vazifasiga ega. «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi safarni o‘tkazish shakl va uslublarini ijodiy rivojlantirish va takomillashtirish, serunum mehnat va O‘zbekiston suverenitetini himoya qilishga yoshlarni tayyorlash uchun uning tarbiyaviy ahamiyatidan foydalanish lozim.Jangovor  safarlar tashkil qilish

   Eramizdan avvlgi II-I asrlar davrida Sharqiy Xitoydan O‘rta Osiyo va G‘arbiy Osiyo buylab «Buyuk ipak yuli» nomi bilan atalgan dunyo mikyosidagi savdo yo‘li o‘tgan.

Buyuk ipak yo‘lining yo’z yilliklar davomida O‘rta Osiyoda iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlanib kelishida katta rol o‘ynagin. 

Farg‘ona vodiysidagi Buyuk Ipak yo‘li 2 shu’baga (yo‘nalish) bo‘linadi: birinchisi- shimoliy – Oxsiya orqali O‘zgandan o‘tadi, qamchiq dovonidan (faqat yozgi vaqtda) Iloq va Toshkentga; ikkinchisi- janubiy – Quva, Marg‘ilon, Qoqon orqali. O‘zgan va Osh shahridan o‘tadi, so‘ng Xojand, Samarkand va Buxoroga yo‘nalgan.Jangovor  safarlar tashkil qilish 

Buyuk Ipak Yo‘li yana boshqa nomlarga ega: Oltin yo‘l va kumush yo‘l. Qurama va Oloy tog‘lari, hamda Zarafshon daryolarining bitmas boyliklari «oltin yo‘l” deb nomlanishga sabab bo‘lgan.

Tarixchilar yana bir muhim voqeani isbot qilgan; «Shonga” koni va mashhur Ko‘xi-sim (kumush tog‘) aynan Kurama tizmasida joylashgan ekan. Bu erdagi kumush Samoniy davlati tangalarini zarb qilish uchun ishlatilgan. Rossiya, Germaniya, Boltiq dengizida topilgan kumush dirhamlarga ko‘ra kumush tangalar faqat pul o‘rnida emas, balki mol sifatida ham chetga chikarilgan.Jangovor  safarlar tashkil qilish 

Shunday qilib yana «Kumush yo‘l”, ya’ni shu metall etishmaydigan Kiev Rusi va Evropa mamlakatlariga Xohar, Bulg‘or Kaganatlardan o‘tadigan O‘rta Osiyo kumush yo‘li bor edi. Bu yo‘l qisman Buyuk Ipak Yo‘lining shimoliy tarmog‘i bo‘lib, bizning ertamizgacha VI asrdan boshlab IX-X asrlargacha ayniqsa faol ishlagan. Hech bo‘lmaganda bitta tepalikni topish, Buyuk Ipak Yo‘li yo‘nalishi joylaridan yurish, qal’a, aholi turar joylari tarixini o‘rganib chiqish – «Vatanim — O‘zbekiston” safarining maqsadimasmi.Jangovor  safarlar tashkil qilish 

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba