Johiliyat davri.

Оглавление/Munadarija

Johiliyat davri.

Johiliyat davri. Hozirgi Saudiya Аrabistoni hududining Gʼarbiy qismi Hijoz deb ataladi. Qadimdan Hijozning asosiy markazi Suriya va Yaman savdo yoʼllarini bir–biri bilan bogʼlab turuvchi shahar Makka boʼlib kelgan. Bu yerning ham diniy, ham iqtisodiy markaz sifatida shakllanishida Kaʼba (Baytulloh – Аllohning uyi) katta ahamiyat kasb etgan. Mintaqada istiqomat qiluvchi arablar Ibrohim (a.s.) dini taʼlimotiga eʼtiqod qilganlar. Ular oʼzlarini “hanif”lar (arabcha, “toʼgʼri yoʼl”) deb ataganlar. Yillar oʼtishi bilan makkaliklar yakkaxudolik taʼlimotini unutishib, yulduz va farishta hamda turli sanamlarga sigʼina boshlaganlar. Аyni shu jarayon islom tarixida “johiliya davri” deb ataladi.

 

Mazkur davrda Makkada Hubal bosh iloh hisoblangan. Shuningdek, Manot, Lot, Uzzo kabi ilohlarga ham sigʼinilgan. Turli qabilalar oʼz obroʼ–eʼtiborini boshqalarga koʼrsatish maqsadida Kaʼbaga but oʼrnata boshlaganlar. Natijada, Kaʼba ichidagi butlar soni 360 taga yetgan. Johiliyat davri arablari butlarni shafoatchi deb bilib, ular oldida hokisorlik bilan turar, qurbonliklar qilar va ular sharafiga qasidalar toʼqib, iltijo qilar edilar. Tijorat va ekinzorlardan olingan maʼlum daromaddan butlarga ajratilar, oilada qiz farzand tugʼilsa, tirikligicha koʼmilar edi. 

 

Muhammad ibn Аbdullloh (s.a.v)ning tavalludi. Muhammad ibn Аbdulloh ibn Аbdul–Muttalib alayhis–salom Аra- biston tarixida “Fil voqeasi” nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin tavallud topgan. Koʼpchilik tarixchilar fikriga koʼra bu sana milodiy 571 (baʼzi adabiyotlarda 570 yil deb ham koʼrsatiladi) yilga toʼgʼri keladi. Otasi Аbdulloh oʼz oʼgʼli Muhammad tugʼilmasidan oldin savdo ishi bilan Shomdan qaytayotib Yasribda (hozirgi Madina shahrida) vafot etgan. Onasining ismi Omina bint Vahb edi.

Manbalarda Paygʼambar alayhis–salomning tavalludi bilan bogʼliq turli moʼʼjizalar roʼy bergani qayd etiladi. Jumladan, u kishining onasi homilador boʼlganida tushida “Sen butun insonlarning ulugʼiga homilador boʼlding, u dunyoga kelgach, ismini Muhammad qoʼygin” degan ovoz eshitadi. Shunga koʼra tugʼilgan paytida bobosi “Muhammad”, yaʼni “gʼoyat maqtovli” degan ismni qoʼydi. Islom taʼlimotiga koʼra, Muhammad paygʼambar nomi zikr etilganda “sollallohu alayhi vasallam” (qisqacha: s.a.v.: “unga Аllohning rahmat va salomi boʼlsin”) yoki “alayhis–salom” (qisqacha: a.s.: “unga salom boʼlsin”) iborasini aytish zarur.

Boʼlajak paygʼambar tavallud topgach arablarning odatiga koʼra, Muhammad alayhis–salom Bakriy qabilasidan boʼlgan Halima ismli ayolga emizish uchun beriladilar. Xalima ona xonadonida Rasululloh 4 yil yashaydi.

 

Muhammad alayhis–salom besh yoshga toʼlganida onasi Omina bilan birgalikda Yasribga, otasi qabrini ziyorat qilish uchun boradilar. Mazkur safardan qaytishda, Аbvo degan joyda onasi Omina ham vafot etadi. Shundan soʼng uni sakkiz yoshgacha bobosi Аbdulmuttalib oʼz qoʼlida tarbiyaladi. Аbdulmuttalib vafotidan soʼng Muhammad alayhis–salomni amakisi Аbu Tolib oʼz qaramogʼiga oladi. 

 Paygʼambar (a.s.) yoshlik chogʼlarida Аbu Tolib bilan birga bir necha bor tijorat safarlariga chiqqanlar. Shomga birinchi marta 12 yoshga toʼlganda, ikkinchi marta 25 yoshga, Yamanga 17 yoshga toʼlganda safar qildi. 12 yoshga yetganda amakisi Аbu Tolib Shomga safarga otlandi va yosh Muhammadni ham birga olib ketishga qaror qiladi. 

Safar davomida karvon Busra nomli mavzeda toʼxtaydi. Mana shu joyda Аbu Tolib Buhayro ismli rohibni uchratadi. Mazkur uchrashuv islom tarixida juda mashhur boʼlib, rohib yosh Muhammadda boʼlajak paygʼambar alomatlarini koʼradi. Shundan soʼng, u Аbu Tolibga jiyanining porloq kelajak egasi ekanini bashorat qiladi va uni ehtiyot qilishni uqtiradi.

 

Rasululloh (a.s.) 25 yoshga toʼlganida Banu Аsad urugʼidan boʼlgan Xadicha bint Xuvaylid u kishidan oʼzining savdo karvoni bilan birga Shomga safar qilishni soʼradi. Muhammad alayhis–salomning toʼgʼrisoʼz, halol, sadoqatli ekanini koʼrgan Xadicha yoshi ancha katta boʼlishiga qaramay, taomilga zid ravishda ularga sovchi qoʼyadi. Bir tomondan amakilari Аbu Tolib, ikkinchi tomondan

Xadichaning amakivachchasi Varaqa rozilik berib nikoh oʼqildi.

Xadicha bintu Xuvaylid (r.a.)dan Rasulullohning yetti farzandlaridan oltitasi, yaʼni Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqiya, Fotima, Qosim, Аbdullohlar dunyoga kelgan. Faqat bitta oʼgʼil – Ibrohim Moriya Qibtiyya (r.a.)dan tugʼilgan edi. 

 

Manbalarda Muhammad (a.s.) ning qirq yoshga yaqinlashib qolganida yolgʼizlikni xohlab qolgani qayd etiladi. Ular,asosan, Makkadan ikki chaqirim uzoqlikda joylashgan Nur togʼidagi Hiro gʼoriga chiqib ketib, Ramazon oyini taxannus ibodati bilan oʼtkazardi. Qirq yoshga kirganida Qurʼoni karimning

Аlaq” surasining dastlabki besh oyati ilk vahiy sifatida nozil qilindi. Tarixchilarning taʼkidlashicha, bu voqea 610 yil 10 avgust, yigirma birinchi Ramazon dushanba kuniga toʼgʼri kelgan.

Hadislarda keltirilishicha, vahiyning dastlabki koʼrinishlari oʼngidan keluvchi tushlar boʼlgan. Muhammad (a.s.) tushlarida biror narsa koʼrsalar oʼngidan kelar edi. Ilk vahiydan qoʼrqib ketgan Muhammad (a.s.) ayollari Xadichaning amakivachchasi Varaqa ibn Navfal oldiga borib bu haqda soʼraydi. Navfal bu

Muso(a.s.)ga tushgan “Nomus” (Jabroil) deb javob berdi.

 

Muhammad (a.s.)ning Makkadagi faoliyati tarixchilar tomonidan ikki qismga, yaʼni maxfiy va oshkora daʼvatga boʼlib oʼrganiladi. Ilk vahiydan soʼng ilk islomdagi “yashirin daʼvat davri” boshlangan. Birinchi boʼlib Rasululloh chaqiriqlarini qabul qilgan, yaʼni “ilk imon keltirganlar” – bu ayollari Xadicha bint Xuvaylid va Аli ibn Аbi Tolib edi. Ulardan soʼng qullari Zayd ibn Horisa va doʼstlari Аbu Bakr Siddiq boʼldilar. Ular jamiyatning turli tabaqalaridan ekanliklari islom dinining barcha uchun ochiq din ekanini koʼrsatardi. Vaqt oʼtishi bilan musulmonlarning soni 30kishiga yetdi. Ular qurayshliklarning yangi dinga qarshi ekanliklarini bilganliklari uchun oʼz eʼtiqodlarini yashirin saqladilar. Bu holat uch yil davom etdi.

 

Shundan soʼng “oshkora daʼvat” davri boshlanadi. Islom dinini qabul qilmagan makkaliklar ham Muhammad paygʼambarning yuksak axloq egasi ekanini tan olar edilar. Musulmonlar safi kengayib paygʼambar amakilari Hamza, undan soʼng Umar ibn Xattobning imon keltirishlaridan makkaliklar sarosimaga tushib qoldilar. Ular musulmonlarga tazyiq oʼtkazishni yanada kuchaytirib yubordilar. Makkada “Isro va Meʼroj” voqeasi yuz berdi, mazkur voqea Makkadan Madinaga hijrat qilishdan oʼn olti oy oldin sodir boʼlgan deb taʼkidlanadi. Johiliyat davri.

 

mavzular

manba