Joyda burilishlarga o’rgatish. SHaxdam qadam bilan yurishga o‘rgatish.

Joyda burilishlarga o'rgatish. SHaxdam qadam bilan yurishga o‘rgatish.

Joyda burilishlarga o’rgatish. SHaxdam qadam bilan yurishga o‘rgatish.

Seksiya (guruh) komandiri joyda burilishlar yakka tartibdagi harbiy xizmatchilar bilan saf mashg‘ulot-larida, boshliqqa borish va undan qaytishda, hamda safga turishda va bo‘linmalar bilan mashg‘ulotlarda ham saflanish paytida va harakatlanishlarda qo‘lla-nilishini tushuntiradi.

Joyda burilishlarga o‘rgatish safda turish usuli o‘zlashtirilgandan keyingina boshlanadi, faqat uning asosida bu usullarni to‘g‘ri o‘zlashtira olish mumkin. Bunda boshida o‘ngga, chapga (1/4 aylanaga) va aylanaga (1/2 aylanaga), keyin burilishlar yarimburilish o‘ngga va yarimburilish chapga (1/8 aylana) bajariladi.

Joyda burilishlarga o‘rgatish uchun komandir sek-siyani (guruhni) ikki qadam interval bilan bir she-rengaga saflaydi va o‘ngga burilishni butunligicha normal sur’atda ko‘rsatadi. Bundan keyin esa, komandir usulni sekin sur’atda oldindan beriladigan va bajariladigan komandada harakatlanish tartibini yo‘l-yo‘lakay tushuntirib ko‘rsatadi. O‘ngga burilish ikki hisobga bo‘linib o‘rganiladi.

Usulni bo‘lib ko‘rsatib, seksiya (guruh) komandiri «O‘ngga, bo‘lib: bajar — BIR, bajar — IKKI» deb komanda beradi.

Seksiya (guruh) komandiri o‘rganuvchilarni birin-chi hisobda o‘ng poshnada va chap oyoq uchida o‘ng qo‘l to-monga birdan burilishlarida tana holatini safda turgandagidek saqlashini va tizzalarni bukmasligi-ni, tana og‘irligini oldinda turgan oyoqqa tushishini kuzatib turadi (3-a raem).

Orqada turgan oyoq poshnasi va oldda turgan oyoq uchi shunday yoyilgan bo‘lishi kerakki, burilish oxirida oyoq uchlari oyoq kengligida yoyilgan holatda bo‘lishi kerak (Z-b raem). Qo‘llar holati safda turish holati-day bo‘lishi kerak.

«Bir» hisobi berilganda element noto‘g‘ri yoki no-aniq bajarilsa «QAYTARILSIN» komandasi beriladi.

«Bajar — IKKI» hisobida chap oyoq tizzasi bukilmasdan qisqa yo‘l bilan qo‘yiladi.

SHaxdam qadam bilan yurishga o‘rgatish

SHaxdam qadam o‘zlashtirilishi bo‘yicha eng murak-kab va qiyinlardan hisoblanib, uni bajarish o‘rga-nuvchidan fikrjamlikni, batartiblikni, aniklikni, qo‘l va oyoklar harakati kelishilganligini talab qila-di.

SHaxdam qadamni nima uchun qo‘llanilishini gapi-rib berib, komandir seksiya bilan uni o‘rganishga ki-rishadi. SHaxdam qadam bilan yurishga o‘rgatish ham har bir yangi usulni o‘rganishday namunali ko‘rsatish va tushuntirishdan boshlanadi.

SHaxdam qadam bilan harakatlanishni butunligicha ko‘rsatib, seksiya (guruh) komandiri birinchi tayyorlov mashqi qo‘l xarakatini bo‘lib-bo‘lib ko‘rsatadi (4-rasm), keyin esa komanda beradi: «Qo‘l harakati, ba-jar — BIR, bajar — IKKI».

«Bajar BIR» hisobi bo‘yicha harbiy xizmatchilar o‘ng qo‘llarini tirsakda bukadilar, u bilan elkadan tana atrofida shunday harakatni amalga oshiradilar-ki, qo‘l panjasi bel kamar to‘qasidan bir kaft keng-ligida yuqorida va tanadan bir kaft masofasida bo‘lsin; bir paytda chap qo‘l elka bo‘g‘inida oxirigacha yuborilsin.

Qo‘l panjalari yarim bukilgan, o‘ng qo‘l   tirsagi bir oz ko‘tarilgan bo‘lishi kerak.

«Bajar — IKKI» xisobida ular chap qo‘lni oldga harakatlantirishni amalga oshirishlari, o‘ng qo‘lni esa elkadan boshlab oxirigacha harakatlantirishlari kerak.

Komandir    shaxdam         qadam             bilan    harakatlanganda         har       bir        hisobdan           keyin o‘rganuvchilarning qo‘llar holatini ushlab qoladi va xatolarini to‘g‘rilaydi.

Ko‘pchilik harbiy xizmatchilar usulni noto‘g‘ri ba-jarishganda u «Qaytarilsin» komandasini beradi, agar xatoga faqat bir harbiy xizmatchi yo‘l qo‘ysa, ma-salan, «Oddiy askar Rahimov QAYTARILSIN» komandasini beradi.

Qo‘llar uchun tayyorlov mashqini bo‘lib-bo‘lib o‘rga-nib bo‘lgandan keyin komandir komandasi bilan har biy xizmatchilarning o‘zlari hisobi yoki baraban zar-bi ostida o‘rganishga o‘tish mumkin.

SHu mashqni murakkablashtirish uchun keyinchalik unga joyda qadam bosishni bildirish qo‘shiladi.

Harakatda burilishlarga o‘rgatish.Seksiyani burilishlarni harakatda o‘rganishi ko-mandirning ko‘rsatishidan boshlanadi.Harakatda o‘ngga burilishni butunligicha seksiya (guruh) komandiri ko‘rsatgandan keyin burilish ikki hisobga bo‘lib-bo‘lib o‘rganiladi. Komandir «Harakat-da o‘ngga burilish, bo‘lib-bo‘lib: bajar — BIR, bajar — IKKI» komandasini beradi. «Bajar — BIR» hisobi-da chap oyoq bilan olg‘a shaxdam qadam qo‘yiladi, bunda qo‘l ham qadam taktiga moslab harakatlantiriladi va qo‘llar tushirilgan holatda to‘xtaladi; «bajar — IKKI» hisobida chap oyoq uchida o‘ngga birdan buriladi, burilish bilan birgalikda o‘ng oyoq oldga chiqariladi va yangi yo‘nalishda qadam qo‘yiladi.

Keyingi hisob «bajar — BIR», «bajar — IKKI»-da usul boshidan takrorlanadi va hokazo.

Mashg‘ulot uchun komandir seksiyani birinchi va ik-kinchi deb sanatadi, harbiy xizmatchilarni sakkiz qadamda 4 qadam interval bilan bir-biriga qaratib joylashtiradiki, ularning har biri to‘g‘riburchakning ichki chiziqlaridagi kichik kvadratlar qarshisida bo‘l-sin.

Mashq to‘rt hisobga uch qadam olg‘a harakati bilan «To‘rt hisobga harakatda o‘ngga burilish, qadam BOS» komandasi bo‘yicha o‘tkaziladi va «bir, ikki, uch, TO‘RT» deb sanaydi. «Bir, ikki, uch» hisobida harbiy xizmatchilar kvadrat chizig‘i bo‘ylab olg‘a uchta shaxdam qadam tashlashni, qattiq aytilgan «TO‘RT» hisobida esa o‘ngga burilishni bajaradilar. Keyingi «bir, ikki, uch, TO‘RT» sanog‘ida mashq qaytariladi. Harbiy xizmatchilar kvadrat bo‘yicha 4×4 qadamda harakatla-nishni bajaradilar. Boshlanishida harakat sur’ati dakiqasiga 60 qadam, keyin esa baraban zarbi ostida daqiqasiga 110—120 qadamga etkaziladi.

CHapga burilishni o‘rgatishdan oldin seksiya (guruh) komandiri u ham xuddi harakatda o‘ngga burilish kabi bajarilishini ta’kidlab o‘tadi. Faqat bir farqi bilan, chapga burilish to‘rt qadam harakatdan keyin va navbatdagi «bir» hisobi bilan burilish o‘ng oyoq uchida bajariladi. Bajaruvchi komanda chap oyoq erga qo‘yi-lishi bilan bir vaqtda beriladi. Mashqni o‘tkazish uchun komandir seksiyani bir qadam orqaga yurgizib, to‘g‘riburchakning tashqi chizig‘i bo‘ylab joylashtiradi.

Burilishni bajarish «To‘rt hisobga harakatda chapga burilish, qadam BOS» komandasi bo‘yicha bajariladi keyin «BIR, ikki, uch, to‘rt» sanog‘i bilan olib boriladi, keyingi qattiq aytilgan «BIR» hisobida buriladilar va qadam qo‘yadilar. «Ikki, uch, to‘rt» hiso-bida esa harakat davom ettiriladi.

Mashq o‘rganuvchilarning hisobi yoki baraban zarbi ostida tugallanishi mumkin. YAnada yaxshiroq o‘zlashti-rish uchun mashqda o‘ngga va chapga burilishni umumiy qilib o‘tish tavsiya etiladi, buning uchun seksiya harbiy xizmatchilari orasidagi masofa 2—4 qadam bilan harakatlanadi. Harakatda ortga burilishni o‘rganishdan oldin seksiya komandiri mashg‘ulot arafasida shaxsiy tarkib bilan Saf nizomining 40-moddasini o‘rganadi. Komandir harbiy xizmatchilar diqqatini harakatda ortga burilish chapga, o‘ngga burilishlardan o‘zgacha ikki oyoq uchida va buriliщdan keyin harakat chap oyoqsan, oyoklar hali oyoq uchida turganligiga qaratadi. Buriliщdan keyin oyoqni tovonga qo‘yishga ruxsat etilmay-di. Komandir harakatda aylanib burilish uchun baja-riluvchi komanda «Bos» erga o‘ng oyoqni qo‘yishda bir paytda berilishini, keyin esa uch hisobda burilish bajarilishini tushuntiradi.

Harakatda aylanib burilishga o‘rgatish bo‘lib-bo‘lib to‘rt hisobga quyidagi komanda bo‘yicha «Harakatda aylanib burilish, bo‘lib-bo‘lib: bajar — BIR, bajar — IKKI, bajar — UCH, bajar TO‘RT» bajariladi.

«Bajar — BIR» hisobi bo‘yicha aylanib burilish uchun harbiy xizmatchilar chap oyoq bilan olg‘a qadam qo‘yadilar va shu holatda qoladilar (7-a raem), «bajar — IKKI» hisobida o‘ng oyokdarini yarim qadamga oldga va bir oz chapga (7-6 rasm) chiqaradilar va ikka-la oyoqning uchida chap qo‘l tomonga birdan buriladi- lar, shunday holatda qoladilar. «Bajar — UCH» hisobi-da chap oyoq bilan olg‘a qadam bosadi, «bajar — TO‘RT» hisobida esa o‘ng oyoqni qo‘yadilar.

Mashq shu ketma-ketlikda yangi yo‘nalish bo‘yi-cha komandir sanog‘i ostida takrorlanadi, keyin esa mustaqil ravishda o‘rganuvchilar hisobi yoki baraban zarbi ostida davom ettiriladi.

Aylanib burilishni bajarishda asosiy diqqat burilishning bir vaqtdaligiga, hamda qo‘llarning qadam taktiga mosligiga qaratiladi. YA’ni «bajar — IKKI» xisobi bo‘yicha boshida o‘ng oyoq yarim qadamga chiqariladi, u bilan birga chap qo‘lni oldga, o‘nggini esa ortga yuborish kerak. O‘ng oyoq oyoq uchiga tushishi bilan qo‘llar tushgan bo‘lishi lozim. Ikki oyoq uchi bilan aylanish boshlanganda qo‘llar qadam taktiga moslanib harakatlanib pastda bo‘ladi.

«Bajar — UCH» xisobi bo‘yicha o‘ng qo‘l yana oldga qarab, chapi esa orqaga harakatlanadi.

Joyda burilishlarga o’rgatish. SHaxdam qadam bilan yurishga o‘rgatish.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba