Оглавление/Munadarija
Joylarda xaritasiz chamalash (mo‘ljal olish).
Chamalash (mo‘ljal olish)ning mohiyati. Mashg‘ulot rahbari ushbu mashg‘ulotga tayyorgarlik jarayonida uni o‘tkazish joyini, kerak o‘quv vositalarini avvaldan xozirlab qo‘yadi. Mashg‘ulotni boshlashda dastlab chamalash(mo‘ljal olish) va uning mohiyati to‘g‘risida tushunchasi beriladi. CHamalash(mo‘ljal olish) deb ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan va atrofdagi boshqa predmetlardan aloxida ajralib turuvchi mahalliy predmetlar yoki relef elementlariga aytiladi.
SHundan keyin mashg‘ulot rahbari avvldan tayyorlagan barcha o‘quv vositalardan foydalanib ko‘rsatib tushuntirishni boshlaydi. CHamalash (mo‘ljal olish)larga nisbatan nishonlarning holati aniqlanadi. CHamalash(mo‘ljal olish) olish gorizont tomonlari, relef va mahalliy predmetlarga nisbatan o‘zining holatini va turli ob’ektlarining holatini aniqlash demakdir.
Avvalo gorizont tomonlariga bo‘lgan yo‘nalishlar aniqlanadi va chamalash(mo‘ljal olish) lar bilan belgilab ko‘yiladi hamda ko‘z bilan chamalab chamalash(mo‘ljal olish) gacha bo‘lgan masofa aniqlanadi. Mashg‘ulot raxbariga gorizont tomoniga bo‘lgan yo‘nalishni yuzi bilan o‘sha tomonga qaragan holda o‘ng qo‘lni cho‘zib ko‘rsatish va chamalangan narsani aytish tavsiya etiladi.
O‘quv materiali mazmuni o‘rganilib bo‘lingandan keyin Talabalarga savollar beriladi va o‘qituvchi ko‘rsatgan amaliy xarakatni mustaqil bajarish buyuriladi.
Harbiy topografiya joylarni o‘rganish usullari, unda orientir (mo‘ljal) olish va harbiy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa savollarni o‘rganadi, jangovar topshiriqlarni bajarishda topografik xarita va aerosuratlardan foydalanishni o‘rgatadi.
Harbiy topografiya tomomnidan o‘rganiladigan savollar shaxsiy tarkibning turli jangovar topshiriqlarni bajarishdagi amaliy faoliyatiga bevosita aloqador bo‘ladi. Harbiy topografiya bo‘yicha egallangan bilim va ko‘nikmalar holatni yaxshi baholashga, eng maoqul qarorni qabul qilishga, kuzatishni, o‘t ochish tizimini va jangda bo‘linmalarni boshqarishni yaxshi tashkil etishga, jangni muvaffaqiyatli olib borish maqsadida joyning taktik va himoyaviy xususiyatlaridan to‘la foydalanishga imkon beradi.
Harbiy topografiyani o‘rganish shaxsiy tarkibda kuzatuvchanlik, aniqlik, kuzatish natijalarini tahlil qila olish va joyni jangovar topshiriqni bajarishga ta’siri to‘g‘risida xulosa qila olish kabi sifatlarni rivojlantira oladi.
Joyda orientir (mo‘ljal) olish — bu o‘zining turgan joyini gorizont tomonlariga va alohida ajralib turgan mahalliy predmetlarga (orientirlarga) nisbatan aniqlash va ko‘rsatilgan yoki tanlangan harakat yo‘nalishini aniq ushlashdir. Jangovar holatda joyda orientir olish o‘zining turgan joyini o‘z qo‘shinlariga va dushman qo‘shinlariga nisbatan aniqlashni ham o‘z ichiga oladi.
Joyda topografik xarita yordamida yoki xaritasiz orientir olish mumkin. Joyda xaritasiz orientir olinganda gorizont tomonlarini aniqlab olish kerak bo‘ladi.Joylarda xaritasiz chamalash (mo‘ljal olish).
Muallif: Xasanov M