Munadarija
Joylardagi predmetlarni mudofaalanishga moslashtirish.
Mazkur o‘quv savol xam avvalgi o‘quv savolini olib borish tartibi singari olib boriladi. Mashg‘ulot rahbari Talabalarga o‘quv savolini mazmunini tushuntirishni quydagilar bilan boshlaydi. Joylardagi premetlarni mudofaalanishga moslashtirish, o‘t ochish sektorini tozalash va okopni niqoblash (ko‘zdan yashirish). Mashg‘ulot rahbari seksiya uchun okop yakka okoplarni birlashtirishdan hosil bo‘lishini aytib tushuntiradi. Natijada front bo‘ylab manevr qilish uchun, askarlar o‘zaro muloqotda bo‘lishlari uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Bu esa jangni borishida askarlarning psixologik holatida ijobiy aksini topadi.Bundan keyin mashg‘ulot rahbari seksiya uchun okopning elementlarini tushuntirishni boshlaydi: old va orqa brustveri bo‘lgan chuqurlik (chuqurligi 110 sm); pulemyotlar va granatomyotlar uchun zaxira maydonchalari va o‘qchilar (avtomatchilar) uchun yacheykalar; BMP (BTR)ga va ort tomonga aloqa yo‘llari; o‘q – dorilar uchun tokchalar.Keyin okopni o‘rab turgan muhit rangiga mos tarzda maskirovka qilish zarurligi aytiladi. Okopni jihozlash paytida askarlar har daqiqada jang uchun tayyor turishlari kerakligi uqtiriladi.Seksiya uchun okoplardan transheya hosil qilinadi.
Transheya egri chiziqli, siniq bo‘lish kerak. Bu zarb to‘lqini va oskolka parchasidan jangchilarni talofatini kamaytirish maqsadida qilinadi. Transheya chuqurligi 150 sm.O‘quv savolini oxirida o‘ralar (shel) haqida tushuncha beriladi. O‘ra chuqurligi 150 sm, tubining eni 60 sm, uzunligi 3 metr kirish qismiga ega bo‘lgan chuqurlikdir. O‘ralar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin, YOpiq o‘ralar ommaviy qirg‘in qurollaridan ham ximoya qila oladi. Mashg‘ulot rahbari qoridagi keltirilgan materiallar bilan cheklanmaydi. U zamonaviy ta’lim texnika vositalaridan foydalanib multimediya namoyish etadi va mshg‘ulotni yanada samaraliroq bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi.
Mudofaaga o‘tishda har bir askar avvalo o‘zi uchun qulay joyda otish uchun joyni tanlaydi va uni jihozlaydi. Bu joy shunday hisob bilan tanlanishi lozimki, bunda o‘zi dushmanni kuzata va unga o‘t ocha olishi mumkin bo‘lsin, lekin, o‘zi dushmanga ko‘rinmaydigan va uning o‘qidan himoyalangan bo‘lsin.
Askar vazifani aniqlab olgach o‘ziga ko‘rsatilgan o‘t ochish marrasiga joylashadi. Agar o‘t ochish marrasi (otish uchun joy) komandir tomonidan ko‘rsatilmasa, askar uni mustaqil ravishda tanlaydi. Otish uchun joyni tanlayotganda chuqurliklar, kanavalar, do‘ngliklar, shuningdek, turli mahalliy predmetlar (daraxtlar, toshlar, to‘nkalar)dan foydalanish zarur.
Agar tanlangan marraning old tomonida baland bo‘yli maysa, ko‘chat va boshqa halaqit beruvchi narsalar bo‘lsa ularni yo‘q qilish kerak yoki o‘t ochish marrasini boshqa joydan tanlash lozim bo‘ladi. Dushman o‘q yog‘dirib turgan paytda o‘t ochish marrasini (otish uchun joyni) jihozlash yotib otish uchun okopni kovlashdan boshlanadi.
Joylardagi predmetlarni mudofaalanishga moslashtirish.
Muallif: Xasanov M