Kashta tikish texnologiyasi.

Оглавление/Munadarija

Kashta tikish texnologiyasi.

Kashta tikish texnologiyasi.

Kashta turli rangdagi ipak, mulina, zar ip bilan igna, ilmoqli bigizda har xil matoga mashinada gul tikishdar. Kashta har xil kiyimlarga, ro‘zg‘or buyumlariga tikiladi. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, karton, zig‘ir, jun, sun’iy iplar, zar iplar, mayin sim, xom charmdan tayyorlangan tasmalar, munchoq, marjon, qimmatbaxo tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan tayyorlangan munchoqlar va boshqa materiallar ishlatiladi. Kashtachilikda o‘ziga xos ish qurollari mavjud bo‘lib, ular o‘ziga hos vazifani bajaradi. Kashtachilikda ignalar, ilmokli va ilmoqsiz bigizlar, to‘g‘nag‘ich, angishvona qaychi hamda chambaraklar ishlatiladi.

Chambarak asosan yog‘ochdan yasaladi, u doira, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. Kichik kashtalarga doira chambarak ishlatiladi, chunki u qulaydir. Hamma kashtalarga ham chambarak ishlatilavermaydi. Ip va igna kashta tikiladigan matolar qalinligiga mos qilib tanlanadi. Kashtachilikda yog‘och dastali ikki xil, ya’ni ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Ayrim materiallarga‚ masalan, charm va kartonga qiynalmasdan tikish uchun ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Naqshlar uchun o‘tkir uchli 10-12sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Tikish qulay bo‘lishi uchun qatim 50-60sm dan uzun bo‘lmasligi lozim, kashta chambarakda tikilsa angishvona qo‘llanilmaydi. Naqsh nusxasi turli materiallarga har xil yo‘llar bilan tushiriladi. Masalan, nusxa ko‘chiriladigan qog‘ozlar taxta, yorug‘lik yordamida material ustidan buklab chiqiladi‚ keyin bu qog‘ozlar yirtib olinadi. Kashtaga iplar rangini moslab tanlash kashtado‘zdan katta maxorat hamda did talab qiladi. To‘g‘ri tanlangan ip kashtaning jozibador chiqishiga sabab bo‘ladi.

Qo‘lda kashta tikishning ikki turi mavjud: birinchisi matoning arqon hamda o‘rim iplarini sanab kashta tikish, ikkinchisi‚ matoga gul tasviri tarhini chizib, erkin kashta tikish. Arqon o‘rim iplari kesishtirilib‚ polotno yoki bo‘z shaklida to‘qilgan matolarga tikiladi. Buning sababi kashta tikishda mato iplarini sanab tikishga qulaydir. Sanama kashta turi O‘zbekistonda keng tarqalgan. Erkin kashta mato tanlamaydi, tushirilgan tasvir chiziqlari asosida tikiladi. O‘zbek kashtachiligida yo‘rma, ilma, iroqi, bosma, xomdo‘zi, chamak, chipta xayol, baxya choklar keng tarqalgan. Badiiy kashtalarda turli joydan turli choklar ishlatiladi. Chunonchi

Shahrisabzda yo‘rma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda ko‘prok bosma choki, Buxoro, Nurota, Samarqandda yo‘rma choki bilan tikiladi.

Chamak choki – kashta tikish choklaridan biri bo‘lib, chapdan o‘ngga ikki parallel chiziq bo‘ylab tikiladi va o‘tkazilgan igna ungdan sanchiladi. So‘ng yuqoriga chapga tomon qiya qilib chiqariladi va pastki chiziqqa parallel ravishda to‘g‘ri qadaladi hamda pasti ham qiya qilib chiqariladi. Chamak choki qo‘shimcha naqshlarni ramkaga olishda yoki do‘ppi kizaklariga badiiy bezak berishda ishlatiladi. Qaychining kichik o‘tkir uchlisi ishlatiladi. Chamak choki rus kashtado‘zlari orasida « kozlik » deyiladi.

Bahya choki – kashta chetlarini mustaxkamlashga xizmat qilib, matoga xuddi buklagandek, lekin bir tekis chok hamda masofa xisobga olinib tikiladi. Shundan so‘ng mato o‘girilib yana tikib chiqiladi, natijada tekis ip chiziq hosil qilinadi. Bu chok juda qadimdan qo‘lda, keyinchalik mashinada tikiladigan bo‘lgan.

Ko‘rpa choki turli yo‘nalishda, ya’ni chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga sidirg‘a tikib hosil qilinadi. Yonma-yon tikiladigan choklar bir tekis yoki gul shakliga qarab kichikdan kattalashib, kattadankichiklashib boradi. Bu chok (ikki tomonlama) sanama, piltado‘zi nomlar bilan yuritiladi. Do‘ppido‘zlikda va kashtalarda juda keng foydalaniladi.

Chindi hayol – duruya choki, matoga igna qadalib bir me’yorda tikib chiqiladi, teskari o‘girib yana tikib chikqiladi. Shu tarika matoning oldi va orqa tomonida bir xil gul hosil qilinadi. Bu chok ikki tomoni ham ko‘zga tashlanadigan buyumlar, ya’ni sochiq, ro‘mol va boshqalarni bezashda ishlatiladi.

Yo‘rma choki yo‘rmaki, ilmoqli bichiq yoki igna bilan matoning o‘ng tomonida xalqalar zanjiri hosil qilib tikilib, bigizga o‘tkazilgan ipak matoning sirtida chap qo‘l bilan ushlab turiladi. Yo‘rma choklari bilan yirik kashtalarning xoshiyalari, gul va barglari asosiy shoxga ulaydigan band va boshqalar qadimdan shunday usulda tikilgan. Yo‘rma chokdan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo kashtado‘zlari ko‘p foydalanadilar.Kashta tikish texnologiyasi.

Muallif:  Xasanova Sh.T.

mavzular

manba