Katta yoshli aholining o’lchamlar tipologiyasi va standartlari.

Katta yoshli aholining o'lchamlar tipologiyasi  va standartlari.

Katta yoshli aholining o’lchamlar tipologiyasi va standartlari.

Har qanday qaddi-qomat uchun o’lcham belgilarining o’r-tacha qiymati antropologik standartlar o’lchami deyiladi.

Yillar davomida to’plangan tajribalar natijasida ishlab chiqil-gan birinchi tasnif 1955- yilda ommaviy ishlab chiqarish uchun sanoatga tavsiya etilgan. U ikkita yetakchi o’lcham — bo’y va ko’k-rak aylanasi belgilari bilan xarakterlangan. O’lchamlar 44 dan 60 gacha bo’lib, orasidagi farq 4 sm, bo’y oyoq kiyimda o’lchangan.

Erkaklarning o’rtacha bo’yi — 164 sm, ayollarniki — 158 sm, bo’ylar orasidagi farq — 6 sm. Bu ko’rsatkichlardan tashqari jad-val shaklida qo’shimcha o’lchamlar taqdim etilgan: bel, bo’ksa, belgacha uzunlik ko’rsatkichlari. Bu o’lchamlar bo’yicha tayyor kiyimlar bilan aholining qanoatlanishi juda past bo’lgan.

Keyinchalik antropologiya ilmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan yangi tasnif ishlab chiqilgan. Ushbu tasnifga ko’ra bo’y, ko’krak aylanasi va odamning qaddi-qomati hisobga olingan. Aholi talabini qondirish juda past darajada boigan. Shuning uchun tikuvchilar oldiga aholi ehtiyojini eng ko’p qondiradigan namunaviy qomatlar tasnifini ishlab chiqish qo’yilgan.

O’lchamli tipologiya va o’lchamli standartlarni 1960-yilda MDU qoshidagi antropologiya ilmiy tadqiqot instituti tuzgan. Ularga asos qilib 1956-1960-yillarda o’tkazilgan ko’plab antro-pometrik oichash materiallarining ilmiy tadqiqotlari natijalari olingan. Bunda yoshi, jinsi, millati, tug’ilgan joyi hisobga olin-gan. O’lchamlari olingan har bir kishi uchun maxsus ish qog’ozi yuritilgan va o’lchangan kishining ko’rsatkichlari yozilgan. Aho-lini o’lchash 1960-yilga qadar davom ettirilgan. O’lchash natijalari qayta ishlanib, 1961-yilda tasnif yaratilgan. Buning natijasida aholining tayyor kiyimga bo’lgan ehtiyojini qondirish 85% ga ko’tarilgan. Ushbu tasnif yetakchi o’lcham belgilari: bo’y, ko’krak aylanasi va to’lalik bilan xarakterlangan.

To’lalik — bu bir ko’krak aylanasiga har xil bo’lgan bel va bo’ksa aylanalarining nisbati. 3 xil to’lalik tavofut qilinadi: kichik, o ‘rta va katta. To’lalik orasidagi farq bel aylanasi bo’yicha 4 sm, bo’ksa aylanasi bo’yicha 6 sm bo’ladi.

80-yillar oxirida umumlashgan — yagona o’lchamli tipologiya yaratish yuzasidan yangi o’lchashlar o’tkazish zaruriyati tug’ildi.

Yangi o’lchashlar o’tkazishdan maqsad, ishlab chiqarishning ichki bazasini hamda eksportni tayyor kiyimlar bilan yaxshiroq ta’minlashdan iborat. Bundan tashqari, aylana o’lchamlarining (ayniqsa, ayollarda) va bo’y uzunligining (ayniqsa, katta yosh-dagi aholi guruhlarida) o’rtacha arifmetik qiymatlari o’sishida katta o’zgarishlar yuz bergan.

Antropometrik o’lchashlar hamma davlatlarda (Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Rossiya) umumiy dastur va uslub bo’yicha o’tkazilgan. Har bir davlatdan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan 1,5 mingta erkak va ayol, hammasi boiib katta yoshli aholidan 21 ming kishi o’lchangan. O’tkazilgan o’lchashlarning hamma ma’lumotlariga Moskva universiteti uslubi bo’yicha EHM da matematik ishlov berilgan. Chet el mutaxassislari birgalikda olib borgan ishlari natijasida o’lcham standartlari ishlab chiqilgan: PC313771-TOCT 17-522-72; OCT 17-326-81.

Bu standartlarda erkak va ayollarning aniq o’lcham belgilari berilgan. Aholi yoshi bo’yicha guruhlarga bo’lingan: I guruh -19-29 yosh; II guruh — 30-44 yosh; III guruh — 45 yoshdan yuqori.

Yangi tuzilgan o’lcham tipologiyasi bo’yicha quyidagi yetakchi belgilar qabul qilingan: bo’y; toia ko’krak aylanasi; to’la bo’ksa aylanasi (ayollar uchun); bo’y; to’la ko’krak aylanasi; to’la bel aylanasi (erkaklar uchun).

29- va 30- jadvallarda ayollar va erkaklar turli gavdalarining tasniflanishi ko’rsatilgan.

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba